Kompyuterli ijodiy o’quv topshiriqlarining o’quv materiali mazmuniga tengligi




Download 0.51 Mb.
bet27/38
Sana13.06.2021
Hajmi0.51 Mb.
#14990
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38
1. Kompyuterli ijodiy o’quv topshiriqlarining o’quv materiali mazmuniga tengligi. O’quvchilar birinchi sinfdan boshlab sonlarni raqamlashga oid amaliy va intellektual (aqliy) topshiriqlarni bajaradilar. Bajariladigan o’quv topshirig’i sonlarni raqamlash mazmuniga qancha yaqin bo’lsa, u shuncha samarali hisoblanadi. Sonlar qatorini bir, ikki, uch birlikka orttirish yoki berilgan sonlarni 10, 100, 1000 (yuqori sinflarda)ga orttirish, shuningdek, kamaytirish yo’li bilan o’quvchilar raqamlash hodisasini ham o’zlashtirishadi. Masalan, shunday topshiriqlar berilgan bo’lsin: a) sonlar qatoridan (1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9) ikkitadan ortib boruvchi sonlarni ajratib yozing; b) sonlar qatoridan uchtadan ortib boradigan sonlarni tanlab yozing.

O’quvchilar 2, 4, 6, 8 (a-topshiriq), 3, 6, 9 (b-topshiriq) raqamlarini yozib, o’quv vazifasini bajaradi. Yuqoridagiga o’xshab, 2 tadan, 3 tadan kamayib boruvchi sonlarni topish ham o’quv topshirig’i sifatida shakllantirilishi lozim. Shunday qilib, o’qituvchi o’quv topshirig’ining o’quv materiali mazmuniga tengligi talabidan kelib chiqib, o’quvchilar faoliyatini boshqaradi. Bu tamoyil o’quv materiali mazmunini to’liq o’zlashtirish mantig’iga rioya qilish yo’li bilan amalga oshiriladi.





Download 0.51 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38




Download 0.51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuterli ijodiy o’quv topshiriqlarining o’quv materiali mazmuniga tengligi

Download 0.51 Mb.