Tajriba sinov ishlarini tashkil qilish




Download 0.51 Mb.
bet35/38
Sana13.06.2021
Hajmi0.51 Mb.
#14990
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
3.1. Tajriba sinov ishlarini tashkil qilish

Tajriba-sinov bosqichlari. Boshlang’ich sinflarda matematika ta’limida kompyuterli ijodiy topshiriklardan foydalanish muammosi bo’yicha tadqiqotimizni 2014-2016 yillar mobaynida 3 bosqichda o’tkazdik. Birinchi - izlanish bosqichi (2014-2015 yillar) da tadqiqot maqsadi, mazmuni, masalalari ishlab chiqildi. Muammoning maktablar tajribasidagi holati o’rganildi.

Tajriba masalalarini tavsiflash, ularni yechish vositalarini tanlash uchun tajriba va nazorat sinflarida (tajribaning 2-bosqichida) o’quvchilar o’zlashtirish darajalari to’g’risidagi ma’lumotga ega bo’lish zarur edi. Shu bois muammo borasida kerakli ma’lumotlarni aniqlash bo’yicha tadqiqotlar olib borildi.

Tashkil etilgan tajriba to’rt yillik boshlang’ich ta’limga mo’ljallangan edi (2014-2016 yillar). Unda 3–4-sinf o’quvchilari ishtirok etdi. Tajribadagi bu bosqichning asosiy maqsadi: a) matematikadan o’quv-biluv faoliyatiga nisbatan o’quvchilarning qiziqishini uyg’otish, ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish to’g’risida tasavvurni shakllantirish, ularni bajarishdagi ahamiyatni ko’rsatish; b) boshlang’ich sinf o’qituvchilarini matematika darslarida ijodiy topshiriklarni bajarishda axborot texnologilaridan foydalanish usuliyoti bilan tanishtirishdan iborat edi.

Bu davr uchun boshlang’ich sinf o’quvchilariga atab o’quv materiallari va o’qituvchilar uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. Tavsiya etilayotgan tizim bo’yicha mashg’ulot o’tkazish uslubi bilan o’qituvchilarni tanishtirish maqsadida ular bilan suhbatlar o’tkazildi. Bu davrda biz tayyorlagan kompyuterli ijodiy topshiriqlar tizimidan matematika darslarida foydalanildi. Tuzilgan topshiriqlar tizimi qayta ko’rilib, takomillashtirildi.

Tajribaning uchinchi bosqichi (2015-2016 yillar), ya’ni eksperimental ta’lim tajriba materiallarining ma’qulligi va samarasini tekshirish maqsadida o’tkazildi.



Download 0.51 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Download 0.51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tajriba sinov ishlarini tashkil qilish

Download 0.51 Mb.