Buxoro davlat universiteti




Download 0.51 Mb.
bet37/38
Sana13.06.2021
Hajmi0.51 Mb.
#14990
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
3.2. Tajriba sinov natijasi

Tajriba-sinov ishlariga jalb qilingan o’quvchilarning matematika faniga tayyorgarligi «qoniqarli» deb topildi. Bu o’quvchilarning jamoada o’qiy olishi, berilgan topshiriqlarni bajarishga qatnashuvi, kompyuterli ijodiy mazmundagi topshiriqlarga nisbatan qiziqishi mavjudligini inobatga olib, tajriba-sinov ishlari uchun qamrab olingan sinflarning jamoalari eksperimental ta’limni tashkil etish va o’tkazishga yaroqli ekanligi qayd etildi. Demak, ajratilgan sinf jamoalari bilan matematika darslarida kompyuterli ijodiy topshiriklarni tadbik etish muammosi yuzasidan tajriba-sinov ishlarini o’tkazish mumkin degan xulosaga kelindi.

Yuqoridagi shartlarga binoan tajriba-sinov ishlarida ishtirok etuvchi o’quvchilarning o’quv malakalariga baho berish «qoniqarli» (+) hamda «qoniqarsiz» (-) belgilar bilan qayd qilindi. Nazorat natijalari 3.2.1-jadvalda keltirilgan.

3.2.1-jadval.

Uchinchi sinfda o’quvchilarning tajriba-sinov ishlariga tayyorgarlik darajasi

Tajriba-sinov ishlarini o’tkazish uchun tayyorgar-likka ega bo’lgan o’quvchilar miqdori

O’quv malakalari

Ifodalarni taqqoslay oladi

Narsalarning fazoda joylashuvini biladi

Sonlarni sanay oladi

Geometrik tasavvurga ega

Geometrik shakllar yordamida naqshlar tuzadi

Rasmga qarab «syujetli» murakkb masala tuzadi oladi

Masala kiska shartini tuzib uni mustakil yecha oladi

1000 ichida to’g’ri sanaydi

1000 ichida to’g’ri va teskari sanaydi

Kup xonali sonlarni sinflar buyicha ajratadi oladi

368

317

312

286

198

82

304

182

42

136

Tajriba va nazorat sinflari o’quvchilarining matematikadan o’zlashtirish darajasini aniqlash uchun nazorat ishlarini tayyorlashda quyidagi tamoyillarni asos qilib oldik: a) nazorat ishlari mazmuniga o’quvchilarning o’quv-biluv faoliyati shakllanganligining turli darajasini talab etuvchi masalalarni kiritish; b) murakkablik darajasi o’quvchilarning rivojlanish, o’quv-biluv faoliyatiga mos keluvchi masalalarnigina tanlash; v) o’quvchilar tomonidan murakkabligi u yoki bu darajada bo’lgan masalalarni tanlashda tasodifiy holning bo’lmasligi.

3 sinfning I yarim yilligida matematikadan tajriba va nazorat sinflari o’quvchilarining o’quv materialini o’zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida nazorat ishlari olib borildi. Nazorat ishida 1000 ichida sonlarni raqamlashga oid, geometrik shakllardan yangi shakllar tuzish, matnli masalalar tuzish, masalalarni turli usullarda yechishga doir topshiriqlar berildi. Bunday topshiriqlarni nazorat va tajriba sinflarida o’quvchilar qanday bajarishgani quyidagi 3.2.2-jadvalda berildi:

3.2.2-jadval.

I nazorat ishlari natijalari


Topshiriqlar

Sinflar


1000 ichida sonlarni rakamlash to’g’ri va teskari sanash

Geometrik shakllardan yangi shakllar tuzish

Masalalarni turli usullarda yechish

Rasmga ko’ra masala tuzish

YOrdam so’raganlar

Tajriba

184


O’quvchi soni

133

118

104

112

22

%

72,3

64,1

56,5

60,8




Nazorat

184


O’quvchi soni

127

102

94

97

46

%

69

55,4

51

52,7



2014-2015 o’quv yilida 3-sinfda 184 o’quvchi 6 ta nazorat, 184 o’quvchi 6 ta tajriba sinflarida o’qitildi.

3-sinf oxirida o’quvchilarning matematikadan olgan bilim, malaka va ko’nikmalariga qo’yilgan talablarga binoan, o’quvchilarda 1000 ichida sonlarni raqamlash, 100 ichida ikki xonali sonlarni o’nlikdan o’tib qo’shish va ayirish, uch xonali sonlar ustida amallar (qo’shish va ayirish), uch xonali sonlarni bir xonali songa ko’paytirish va bo’lish, jadvaldan tashqari ko’paytirish va bo’lish, noma’lum amal hadlarini topish, ifodalarni taqqoslash, amallar tartibini to’g’ri aniqlash kabi ko’nikmalar tarkib topmog’i darkor.

O’quvchilarning dastur materiallari yuzasidan o’zlashtirishlarini aniqlash va ularda o’quv-biluv hamda ijodiy faoliyatlar qay darajada shakllanganligini aniqlash maqsadida o’quv yili oxirida quyidagi topshiriqlardan tuzilgan variantlar asosida nazorat o’tkazildi.

1-topshiriq: 7, 5, 28, 4, 8 sonlari, «∙» va «:» amal ishoralaridan foydalanib, sonli tenglikka doir uchta va sonli tengsizlikka doir uchta misol tuzing.

2-topshiriq: Masalani to’ldiring va uni yeching. «Mashina birinchi kuni … kilometr, ikkinchi kuni esa birinchi kunga qaraganda … kilometr ortiq yo’l yurdi. Uchinchi kuni bo’lsa, birinchi va ikkinchi kuni qancha yo’l yurgan bo’lsa shuncha yo’l yurdi. Mashina uchinchi kuni qancha yo’l yurgan?»

3-topshiriq: To’g’ri to’rtburchak perimetri 32 sm ga teng. Perimetri shundan 2 marta kichik bo’lgan to’g’ri to’rtburchak chizing.

4-topshiriq: Sonlar qatorida qaysi sonlar tushirib qoldirilgan:

a) 1, 2, 3, 5, 8, …, 21, 34, …, 89 b) 320, 430, …, 650, 760, …, 980

5-topshiriq: Eng katta uch xonali son eng katta bir xonali sondan nechta ortiq? Eng katta ikki xonali son eng katta uch xonali sondan nechta kam? Eng katta ikki xonali son eng katta bir xonali sondan necha marta katta? yechimlarni misol tariqasida yozing.

Ushbu nazorat natijalari 3.2.3-javalda o’z ifodasini topgan.

3.2.3-jadval.



3-sinf o’quvchilarining o’zlashtirish natijalari (foiz hisobida)

Topshiriq nomeri

O’quvchi-lar soni

To’g’ri bajarganlar

Ayrim xatolarga yo’l qo’yganlar

Qisman bajarganlar

Bajarmaganlar

Nazorat

Tajriba

Nazorat

Tajriba

Nazorat

Tajriba

Nazorat

Tajriba

Nazorat

Tajriba

3.1

184

184

12,3

23,7

29,7

36,3

43,9

35,8

25,1

4,2

3.2

11,1

21,2

27,1

34,8

45,4

36,8

16,4

7,2

3.3

9,9

20,3

25,7

33,9

46,3

37,2

18,1

8,6

3.4

13,3

25,3

30,1

38,1

42,2

31,4

14,4

5,2

3.5

10,6

22,6

27,7

35,2

44,8

36,1

16,9

6,1

1-topshiriqni bajarishda o’quvchilar o’zlarining jadval ichidagi ko’paytirish va bo’lish hamda jadvaldan tashqari ko’paytirish va bo’lishni bajara olish ko’nikmasiga hamda sonli tenglik va sonli tengsizliklarni tuzish layoqatlariga asoslanishdi. Ushbu ijodiy topshiriqni bajargan o’quvchilar nazorat sinflarida 42% ni, tajriba sinflarida 60% ni tashkil qildi.

Masalani to’ldirish va uni yechishga qaratilgan 2-topshiriqni bajarishda o’quvchi masala matnidagi son ma’lumotlarni to’g’ri tanlay bilishi va ikki amalli masalani to’g’ri yechishi lozim. Bu topshiriqni to’g’ri bajargan o’quvchilar salmog’i tajriba guruhlarida nazorat guruhlariga qaraganda 17,2 % ga ko’p. Buni shunday sharhlash mumkin. Nazorat guruhidagi o’quvchilar bilan shartida ortiqcha va shartida yetishmaydigan son ma’lumotlar ishtirok etgan masalalar qarab chiqilmagan. Tajriba sinflarida bunday turdagi topshiriqlar batafsil o’rganilgan.

Geometrik mazmundagi ijodiy topshiriq turiga mansub 3-topshiriq o’quvchidan to’g’ri to’rtburchak perimetriga doir bilimlarni esga tushirish bilan birga to’g’ri to’rtburchaklarni chizish amaliy ko’nikmasini tatbiq qilishni ham talab qiladi.

4-topshiriqni bajarishda o’quvchidan quyidagi bilim, ko’nikma va malaka talab qilinadi: a) 1000 ichida sonlar ketma-ketligini bilish; b) sonlar qatoridagi qonuniyatni sezish ko’nikmasi; v) qonuniyatga mos keluvchi tushirib qolgan sonni topa olish.

5-topshiriqni bajarishda o’quvchi eng katta bir xonali, ikki xonali, uch xonali sonlarni va ular orasidagi munosabatlarni bilishi inobatga olinadi.

Shunday qilib, 3-sinf nazorat guruhlaridagi o’quvchilarning 53,7 % i topshiriqlarni to’g’ri bajarishdi. Bu ko’rsatkich tajriba sinflarida qariyb 75,9 %ni tashkil etdi.

2015-2016 o’quv yilida IV nazorat sinflarida 184 nafar o’quvchi, IV tajriba sinflarida 184 nafar o’quvchi o’qitildi.

DTS va boshlang’ich sinf matematika o’quv dasturi hamda IV sinfni bitiruvchi o’quvchi bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yilgan talablarga rioya qilgan holda nazorat va tajriba guruhlari o’quvchilarining matematikadan o’zlashtirishlari, shuningdek, ularda o’quv-biluv, ijodiy faoliyatlarining shakllanganligini aniqlash maqsadida o’quv yili oxirida 5 topshiriqdan iborat 4 xil variantda topshiriqlar tuzildi. Variantlar o’xshash bo’lgani sababli, shulardan bittasini keltiramiz:

1-topshiriq: Son, amal ishorasi va qavslarni shunday qo’yingki, tengliklar to’g’ri bo’lsin. a) 320…10…22=10 b) ……2-20=5

2-topshiriq: To’g’ri chiziqda to’rtta nuqtani belgilang. Bu nuqtalardan tashkil topgan barcha kesmalarni yozing.

3-topshiriq: Jadval ma’lumotlaridan foydalanib masala tuzing va uni yeching.



Tezlik

Vaqt

Masofa

60 kmqsoat

Bir vaqtda

180 km

Jami ? km

24 kmqsoat

?

4-topshiriq: Perimetri 240 m bo’lgan to’g’ri to’rtburchakli maydonning eni 30 m. Bu maydonning yuzini toping. Perimetri shu to’g’ri to’rtburchak perimetriga teng bo’lgan kvadrat yuzini toping.

5-topshiriq: 724340911 son yozuvidan

a) eng kichik to’rt xonali sonni; b) raqamlar yig’indisi 9 ga teng bo’lgan ikki xonali sonlarni; v) uch xonali juft sonlarni; g) eng katta besh xonali sonni ajratib yozing.

Bu nazorat natijalari 3.2.4-jadvalda keltirildi.

3.2.4-jadval.

4-sinf o’quvchilarining o’zlashtirish natijalari



 

Topshiriq nomeri

O’quvchi-lar soni

To’g’ri bajarganlar

Ayrim xatolarga yo’l qo’yganlar

Qisman bajargan-lar

Bajarma-ganlar

Nazorat

Tajriba

Nazorat

Tajriba

Nazorat

Tajriba

Nazorat

Tajriba

Nazorat

Tajriba

 

4.1

184

184

12,6

32,1

22,5

39,9

51,1

22,9

13,8

5,1

 

4.2

10,1

31,3

20,4

38,4

53,3

24,1

16,2

6,2




4.3

14,7

34,6

21,9

40,1

50,8

21,4

12,6

3,9

 

4.4

9,3

30,9

19,9

37,4

54,6

25,7

16,2

6,0

 

4.5

11,1

31,9

20,1

39,1

53,6

24,2

15,2

4,8

1-topshiriqni bajarishda o’quvchidan tenglik to’g’ri bo’lishi uchun son, amal ishorasi va qavslarni to’g’ri tanlab qo’yish ko’nikmasini talab qiladi. Shu bilan birga o’quvchi ko’p yechimli topshiriqning mumkin bo’lgan barcha variantlarini topishga harakat qilishi kerak.

2-topshiriq yuzasidan o’quvchining to’g’ri chiziqni chizish, unda nuqtalarni belgilash kabi amaliy ko’nikmalari, belgilangan nuqtalardan tashkil topgan kesmalarni yozish malakasi talab qilinadi. Ushbu topshiriqni IVB nazorat sinfi o’quvchilaridan 10,1 % i, IVB tajriba sinfi o’quvchilaridan 31,3 % i to’g’ri bajarishgan.

Jadval ma’lumotlaridan foydalanib masalalar tuzish va uni yechishga doir 3-topshiriqni bajarishda nazorat guruhidagi ko’pchilik o’quvchilar masalani yechishga harakat qilib, masala tuzishga qiynalishgan.

Geometrik mazmundagi topshiriqni IV nazorat sinfi o’quvchilaridan 9,3 foiz, IV tajriba sinfidagi 30,9 foiz o’quvchi to’g’ri bajarishgan. Bu ko’rsatkich tajriba sinflarida ancha yuqoriroq ekanligi kuzatildi.

Shunday qilib, IV nazorat sinfida o’quvchilarning matematikadan “5” va “4” baholarda o’zlashtirishi 32,4 % ni, IV tajriba sinfida esa bu ko’rsatkich 71,1 % ni tashkil etganligi aniqlandi.

IV tajriba guruhlarida o’quvchilarning matematikadan o’zlashtirishi IV nazorat guruhlariga qaraganda qariyb 9% ga yuqori ekanligini tajriba isbotladi.

Tajriba-sinovdan olingan natijalar matematik statistika metodlari yordamida qayta ishlandi. Buning uchun o’quvchilarning o’quv materialini o’zlashtirish darajasi bo’yicha samaradorlik mezonining ko’rsatkichlari sifatida o’zlashtirish bahosining o’rta arifmetik qiymati X = (xi.mj)/N (bu yerda: xi - baho qiymati, mj - mos baholar soni, N - tajribada ishtirok etayotgan o’quvchilar soni) va samaradorlik koeffitsienti  = x*t*x*n (bu yerda: x*t - tajriba sinfida o’zlashtirish baholarining o’rta arifmetik qiymati, x*n - nazorat sinfida o’zlashtirish baholarining o’rta arifmetik qiymati) dan foydalanildi.

O’quvchilarning bahosi, ya’ni o’zlashtirish darajasi besh ballik tizimda baholandi.

Tajribadan olingan natijalarning ishonchliligini baholash uchun pedagogik tajribada tasodifiy miqdor matematik kutilmasining nazariy qiymati uchun ishonchlilik oralig’i ham aniqlandi. Tajriba-sinov ishidagi bu oraliq miqdor o’zlashtirish baholari o’rta arifmetik qiymatini ifodalovchi x* dir.  ishonchlilik ehtimoli oralig’i

*

 = tg,m ------

N-1 formula asosida aniqlanadi (bu yerda tg,m — erkinlik darajasi (M=N-1) qiymatiga hamda qiymati «X» parametrining ishonchlilik oralig’iga tegishli bo’lmasligi rost qiymatining ehtimollik foizi va jadval bilan aniqlanuvchi g miqdorga bog’liq bo’lgan koeffitsient; * — o’rtacha kvadratik chetlanish bo’lib, * = D* va D*dispersiyaning empirik qiymati; N — tajribada ishtirok etayotgan o’quvchilar soni).

Tajribadan olingan statistik parametrlarning qayta ishlanish jarayoni jadvallarda ifodalandi. Ular tahlilining natijalari sinflar bo’yicha va ishonchlilik ehtimoli =0,9 da nazorat baholarining empirik o’rta qiymati uchun ishonchlilik oralig’ini hisoblashga doir natijalar kuyidagi jadvallarda uz ifodasini topadi.

3.2.5-jadval.

3-sinf bo’yicha nazorat ishlari tahlilining natijasi








Download 0.51 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Download 0.51 Mb.