Boshlang’ich sinf matematika ta’limida kompyuterli ijodiy topshiriqlarni tadbiq etish metodikasi




Download 0.51 Mb.
bet33/38
Sana13.06.2021
Hajmi0.51 Mb.
#14990
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
2.3. Boshlang’ich sinf matematika ta’limida kompyuterli ijodiy topshiriqlarni tadbiq etish metodikasi

To’rtinchi sinf matematika darsligi (mualliflar: N.U.Bikboyeva, K.M.Girfonova, E.Yangiboyeva) ni tahlil qilganimizda biluv topshiriqlarining salmog’i nihoyatta oz ekanini guvohi bo’ldik. Darslikda jami 1059 ta o’quv topshiriqlari bo’lib, shulardan biluv topshiriqlari 115 ni tashkil etadi. Bu 10,8% ni tashkil etadi. Bunday olib qaraganda darslikda o’quvchilar tomonidan misol va masalalar tuzish, tenglama, ifoda, tengsizlik tuzishga oid, geometrik mazmundagi masala-topshiriqlar boshqa ko’rinishdagi biluv topshiriqlari ichida nisbatan darslikda ko’proq keltirilgan. Ammo nostandart yechim yo’liga ega bo’lgan topshiriqlar, muammoli masala topshiriqlar, shartida yetishmovchi va ortiqcha bo’lgan masala-topshiriqlar salohiyati nihoyatda oz. Bunday ko’rinishdagi topshiriqlarda bitta yoki ikkita topiladi xolos.

Darslikda keltirilgan, shuningdek 4-sinf o’quvchilari bilan yechiladigan ayrim biluv topshiriqlari ustida ishlash metodikasini keltiramiz.

1-topshiriq. Rasmda keltirilgan shakllarni nomini ayting.



Bu shaklda nechta uchburchak va nechta to’rtburchak bor?

O’quvchilar bu topshiriqni bajara turib, dastlab geometrik figuralarni eslashadi, uchburchak, to’rtburchaklarni ajrata bilishlari, to’g’ri shakllar ichidan ularni ajrata bilishlari, ularni harflar yordamida belgilab olishlari, o’quv bilimlariga ega bo’lishlari kerak.

2-topshiriq. 1) 3,0,8 raqamlaridan foydalanib quyidagi sonlarni tuzing?



  1. 3 ta bir xonali son

  2. 4 ta ikki xonali son

  3. 4 ta to’rt xonali son

2. Bu sonning har birida 3 raqami nimani bildiradi?

Ushbu topshiriq kombinatorik ko’rinishidagi masala bo’lib o’quvchidan berilgan sonlardan turli xonali, turlicha sonlarni tuzish talab qiladi. Shu topshiriqqa o’xshash. 3,7,8 raqamlaridan 6 ta uch xonali son tuzish (sonlarni tuzishda raqamlar takrorlanmasin) tuzilgan sonlardan eng katta va eng kichik sonlarni ayirmasini toping. Eng katta sonda 8 raqami nimani bildiradi? Eng kichik sonda-chi? 3 raqami 3 o’nlikni bildiradigan hamma sonlarni tagiga chizing.

Bu topshiriq tarkibida bir necha topshiriqlar mujassamlangan. Dastlab o’quvchi berilgan raqamlardan foydalanib 6 ta uch xonali sonni tuzadi. Bular: 378, 387, 873, 837, 783, 738. Sonda shular ichidan eng kattasi 873 ni hamda eng kichik son 378 sonlarini ajratadi. Keyin bu sonlar ayirmasini topadi. Bu albatta biluv topshirig’i o’quvchi tafakkuriga yo’naltirilgan topshiriqdir. Undan o’quvchi eng katta sonda (873) 8 soni yuzlar xonasidagi raqam ekanini o’quvchining uch xonali sonning yuzlar, o’nlar, birlar xonali bilishlariga doir bilimlari takrorlanadi. 3 raqami o’nlikni bildiradigan 837 hamda 738 sonlari bo’lib, bu yerda ham o’quvchini o’nlar xonasini bilishda oid bilimlarini esga olgan holda yozadi.

4-topshiriq nuqtalar o’rniga amal belgilari + - * : ni shunday qo’yingki, tengliklar to’g’ri bo’lsin.

350⎕7=700⎕650

370⎕80=9⎕50

66⎕6=3⎕8

60⎕8=900⎕420

Ushbu biluv topshiriqlarini bajarish orqali o’quvchida mantiqiy fikr yuritish, mustaqil fikrlash qobilyatini rivjlantiradi.Bu topshiriqni bajarishda o’quvchini tarbiyaga yo’naltirish va o’qishga oid avtomatizmga aylangan ko’nikmalar, 2-3-xonali sonlar ustida arifmetik amllarni bajarish yuzasidan egallagan bilim va malakalari kerak bo’ladi.Misol tariqasida shu topshiriqning 3-sini bajarish bo’yicha o’quvchi fikr yuritishini izohlaylik. “Tenglikni chap tomonida turgan 66 va 6 sonlari orasida qanday amalni qo’ysagina tenglikni o’ng tamonida turuvchi 3 va 8 orasida qo’yilgan aml natijasini bersa”. 66 ni va 6 ga bo’lingan natija 3 va 8 sonlar orasida qo’shish amalini qo’shish natijasida sonlar qiymati teng bo’ladi. Demak,

66:6=3+8 tenglik hosil bo’ladi.

Berilgan masalani turli usullarda yechishga doir topshiriqlar ham biluv xarakteridagi topshiriqlardir. Quyidagi masalani turli yechim variantlarini keltirib sharhlaymiz.

5-topshiriq (masala). Reja bo’yicha fabrika 350 ta paltoni 10 kunda tikishi kerak edi. Fabrika ishchilari kuniga rejadagidan 2ta ortiq palto tikish bilan reja topshiriqlarini ortig’i bilan bajardilar. 10 kunda fabrika nechta palto tikkan?

O’quvchilar masalaning qisqa shartini quyidagicha tuzushlari mumkin

1- variant(jadval ko’rinishida)






1kunda

Kunlar soni

Paltolar soni

Tikish kerak

?

10

350

Tikildi

?,2ta ortiq

10

?

2-variant(qisqa yozuv ko’rinishida)

Tikish kerak - 10 kunda 350 ta palto

Tikildi - 10 kunda, kuniga 2tadan ortiq,? ta palto

Masalani muhokama qilib o’quvchilar yechimini turli ko’rinishlarini keltirishlari mumkin.

1-variant yechish usuli.

1)350:10=35 (ta palto) – 1kunda normada tikilgan paltolar soni

2)35+2=37 (ta palto ) – 1 kunda normadan tashqari tikilgan paltolar soni

3)37*10=370(ta palto) - 10 kunda tikilgan paltolar soni

Javob :370ta palto

To’rtinchi sinf o’quvchilari bilan yechiladigan quyidagi masala ham turli yechim variantlarini topishga qaratilgan.

6-topshiriq. Masala. Mototsiklchi 4soatda 240 kmmasofani bosib o’tdi.Agar mototsiklchi tezligi 8km(soatiga orttirilsa,u shu vaqt ichida qancha masofani bosib o’tadi? Moyotsiklchi shu vaqat ichida nacha kilometr ortiq yo’lni bosib o’tadi.

Ushbu masala harakatga doir masala bo’lib, o’quvchilar uning qisqa shartini chizma yoki jadvalda berishni bilishadi.Masala qisqa sharti jadvalda berilsa uning muhokamasi shuncha xos, chizmada berilsa, shuncha mos o’tkaziladi.

Masalaning qisqa shartini jadval orqali ifodalaymiz








Tezlik

Vaqt

Masofa

Dastlabki

?

4 soat

240 km

Keyingi

?, 8km (soat otiq)

4 soat

?, ortiq

Ushbu shartga ko’ra masala muhokamasini quyidagi tarrtibda o’tkazish mumkin

- Mototsiklchi 4 soatda 240 km masofani o’tgan bo’lsa,uning tezligini topsa bo’ladimi?(ha)

- Qanday qilib?(240ni 4ga bo’lish)

- Mototsiklchi tezligi 8km ̸ soatga oshganini bilgan holda uning qaytish tezligini topsa bo’ladimi? (ha)

- Qanday qilib ? ((240:4)ga 8ni qo’shib )

- Endi masala savoliga javob bersa bo’ladimi?(ha )

- Qanday qilib? (mototsiklchining qaytish tezligini 4ga ko’paytirib)

- Mototsiklchining shu vaqt ichida qancha ortiqcha yo’l yurganini topsa bo’ladimi?(ha)

- Qanday qilib?(mototsiklchining qaytish tezligi bilan 4 soatda bosib o’tgan yo’lidan 240km ni ayirib)

- Demak masalalarni oxirgi javobiga kelguncha qaysi amallar bilan masalani yechar ekanmiz (1-ish bo’lish, 2-ish qo’shish, 3-ish ko’paytirish, 4-ish ayirish)

Masala yechimi quyidagicha bo’ladi:

1) 240:4=60(km/soat) – mototsiklchining dastlabki tezligi

2) 60+8=68(km/soat) – mototsiklchining qaytish tezligi

3)68*4=272(km) – mototsiklchining qaytish tezlik bilan 4soatda o’tish yo’li

4)272-240=32(km) – mototsiklchining ortiga yurgan yo’li

Javob:272 km, 32 km

Endi shu masalani 4-sinf o’quvchilariga mustaqil fikrlab, mototsiklchining shu vaqt ichida qancha ortiqcha yo’ yirganligini boshqa usul bilan toppish so’ralsa, sinf o’quvchilari orasida uning ratsional yechimi yo’qligini yopadigan o’quvchi chiqib qoladi.

Buning uchun masala qisqa shartini grafik usulda berib yechimini izlash yaxshi samara beradi.

Masalani ushbu yechimi yuzasidan quyidagicha mulohaza yuritiladi. Agar mototsiklchi har soatiga 8km ortiqcha yurgan bo’lsa, u 4soatda (8*4) km ortiqcha yo’l yurgan bo’ladi. Demak masalaning oxirgi savoliga

8*4=32(km) deb 1 ish bilan javob topiladi.

Bu albatta ratsional yechim usulidir.

Masalaning “Mototsiklchining keying tezligi bilan bo’lib o’tgan masofani topish”ga oid savoliga esa 240 kmga 32 km ni qo’shib topamiz:

240+32=272(km)

Shunday qilib 2-usulda masala muhokama qilib yechishda masala yechimidan ishlar soni 2 ta kamayadi. Bu o’quvchining mantiqiy fikrlashini o’stiradi.

Ko’p yechimli masala topshiriqlar hali biluv topshiriqlarining bir ko’rinishidir. 4-sinf matematika darslarida ko’p yechimli masala topshiriqlarini bajarilishi o’quvchining tafakkurini o’stiradi,mantiqiy fikrlash, mustaqilligi o’sadi. Sunday topshiriqlardan quyidagilarni keltiramiz:

7-topshiriq. Perimetri 32 sm ga teng kvadrat chizing. Shunday perimetrli to’g’ri to’rtburchak chiz.

Ushbu topshiriq o’quvchilarga havola qilinganda masalaning turli yechim variantlari o’quvchilar tomonidan bajarilganini ko’rish mumkin.




Download 0.51 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Download 0.51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang’ich sinf matematika ta’limida kompyuterli ijodiy topshiriqlarni tadbiq etish metodikasi

Download 0.51 Mb.