O’quv topshiriqlarining kompleksligi tamoyili




Download 0.51 Mb.
bet32/38
Sana13.06.2021
Hajmi0.51 Mb.
#14990
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38
6. O’quv topshiriqlarining kompleksligi tamoyili. Bu tamoyil M.A.Ushakovaning ilmiy-tadqiqotlarida asoslangan edi. U o’quvchilar o’zlashtirishining sistemligi g’oyasiga asoslanib, o’quv topshiriqlari to’plamiga qo’yiladigan pedagogik talablarni o’rgangan. «Kompleksda, uning yozishicha, o’quvchilarning ijodiy va noijodiy ishlariga mos keladigan, dars tiplari va uning bosqichlari bilan uzviy bog’langan, ham sinf jamoasining, ham alohida o’quvchining bilish ehtiyojlarini ta’minlaydigan bilim, ko’nikma, malakalarni shakllantirish talablariga javob bera oladigan o’quv topshiriqlarining barcha turlari, tiplari mavjud bo’lishi zarur». Misol tariqasida «100 ichidagi sonlar» mavzusida tuzilgan topshiriqlarni tahlil qilamiz.

Topshiriq: Juftliklardan qaysi biri katta ekanligini izohlang:

a) 9... va 6...

b) 6... va ...8

v) ...3 va ...4

g) 7... va ...8

Topshiriq «100 ichidagi sonlar» mavzusini mustahkamlash maqsadini ko’zlab tuzilgan ko’p yechimli masaladir. Bu topshiriqning murakkabligi o’quvchining misollar ustida qiladigan mushohadasida ko’zga tashlanadi: a) birinchi misolda o’nlik xonada turgan raqam 9, birlik xonadagi raqam tushirib qoldirilgan. Demak, son to’qqizinchi o’nlik sonlari bo’lishi mumkin. Ikkinchi son o’nlik raqami 6, birlik raqami tushirib qoldirilgan. Bu son 60, 61, 62, 63, 64, 65, 66, 67, 68, 69 bo’lishi mumkin. Ikkala sonda tushirib qoldirilgan raqamlar o’rniga xohlagan raqamni qo’yib, 9...>6... ekanligi izohlanadi. Topshiriqning qolgan bandlaridagi sonlar ham shunga o’xshab taqqoslanadi.

Bunday topshiriqlar «100 ichidagi sonlar»ni o’rganish va mustahkamlashga mo’ljallanganligi, ularni bajarishda ijod va qayta eslash faoliyatlarining ishtiroki, topshiriqlarning dars bosqichlariga mosligi, miqdor jihatidan optimalligi (etarliligi) bitta kichik komleksni tashkil etadi.




Download 0.51 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38




Download 0.51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’quv topshiriqlarining kompleksligi tamoyili

Download 0.51 Mb.