Kompyuterli ijodiy o’quv topshiriqlarining o’quvchilar yoshi, qiziqishi, real o’qish imkoniyatlariga mosligi tamoyili




Download 0.51 Mb.
bet28/38
Sana13.06.2021
Hajmi0.51 Mb.
#14990
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38
2. Kompyuterli ijodiy o’quv topshiriqlarining o’quvchilar yoshi, qiziqishi, real o’qish imkoniyatlariga mosligi tamoyili. Bu tamoyil o’quvchilarning o’quv-biluv faoliyatini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish talablarini amalga oshirishga mo’ljallangan. Shu tufayli o’quvchilarning matematika o’rganishga qiziqishlarini oshirish, mustaqil ijod qilish layoqatini o’stirish, topshiriqlarni o’quvchining real o’qish imkoniyatlariga moslashtirish talablari asosida o’tkaziladi. Masalan, 1-sinfda shunday topshiriq berilgan bo’lsin: a) berilgandan ikkitadan kamayib boruvchi sonlarni ajratib yozing: 9, 8, 7, 6, 5, 4, 3, 2, 1; b) berilgan qatordan uchtadan kamayib boruvchi sonlarni tanlab yozing; v) eng katta bir xonali sonni hosil qilish uchun eng kichik bir xonali sonni necha marta qo’shish lozim; g) berilgan qatordagi tashlab ketilgan sonlarni nuqtalar o’rniga qo’yib yozing: 1, 2, ..., 4, ..., 6, ..., 8, 9. Shunday ko’rinishdagi ijodiy topshiriqlar 2-sinfda o’quvchilarning yoshi, qiziqishi, real o’qish imkoniyatiga quyidagicha moslashtiriladi: a) yaxlit ikki xonali o’nliklardan tuzilgan sonlarni o’sib borish tartibida yozing; b) bir xil raqamlardan tuzilgan barcha ikki xonali sonlarni o’sib borish tartibida yozing: 11, 22, 33, 44, 55, 66, 77, 88, 99; v) bir xil raqamlardan tuzilgan sonlarni kamayib borish tartibida yozing: 99, 88, 77, 66, 55, 44, 33, 22, 11.



Download 0.51 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38




Download 0.51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuterli ijodiy o’quv topshiriqlarining o’quvchilar yoshi, qiziqishi, real o’qish imkoniyatlariga mosligi tamoyili

Download 0.51 Mb.