Matematikadan kompyuterli ijodiy topshiriqlarni tuzish tamoyillari




Download 0.51 Mb.
bet26/38
Sana13.06.2021
Hajmi0.51 Mb.
#14990
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38
2.2 Matematikadan kompyuterli ijodiy topshiriqlarni tuzish tamoyillari

O’quv topshiriqlari nazariyasida topshiriqlar tizimini tayyorlash muammosi eng dolzarb masalalardan biri sanaladi. Bu muammo bo’yicha qator ilmiy-pedagogik izlanishlar mavjud. Biz bu yerda M.A.Zaynitdinova, O.Roziqov, F.B.Sushkova, I.E.Unt, M.A.Ushakova, L.M.Fridman, B.Haydarov, A.Hayitov, A.Eshmuratov kabi qator tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlarini nazarda tutyapmiz.

Bu ilmiy-pedagogik izlanishlarda o’quv topshiriqlari, ayni holatda ijodiy o’quv topshiriqlari tizimini tayyorlashning turli nuqtai nazarlari tahlil qilingan: F.B.Sushkova grafik mazmunli topshiriqlar tizimini tayyorlashda rioya qilinadigan didaktik talablarni o’rgangan. Uning yozishicha, adabiyotlarda topshiriqlarni ta’limga tatbiq etishning eng asosiy nuqtai nazarlaridan biri tabiiy (jonli) tilda bayon qilingan topshiriqlarni sun’iy tilga, masalan, graflar vositasida bayon qilishga kam ahamiyat berilgan, topshiriq mazmuni bo’yicha tuzilgan graflarni sharhlashni o’quvchilarga o’rgatish e’tibordan chetda qolgan. «Har qanday topshiriq o’ziga oid shart, savol, izlanadigan noma’lumdan iborat. Bular topshiriqning tarkibiy qismlari sanaladi. O’quv topshiriqlarining qurilishini o’rganish yo’li bilan ularning tizimini asoslash mumkin». F.B.Sushkova o’quv topshiriqlari tarkibini o’rganib, grafik mazmunli topshiriqlarning uch tipini ajratgan: 1) berilgan topshiriqning grafini tayyorlash; 2) tuzilgan grafni sharhlash; 3) sharhlangan graf asosida yangi graf tayyorlash. Shunday qilib, F.B.Sushkova o’quv topshirig’ining tarkibini o’rganib, ularning tizimini tayyorlash g’oyasini ilgari surgan.

M.A.Ushakova ta’lim sharoitida o’quvchilar o’zlashtirishining sistemligi g’oyasiga rioya qilib o’quv topshiriqlarini kompleks tayyorlash g’oyasini o’rgangan. «Maktab ta’limi, – deb davom ettirgan edi M.A.Ushakova, – o’quvchilar o’zlashtirishining tizimliligi g’oyasiga mos keladigan usul, shakl, vositalarni izlab topishi lozim. Ana shunday vositalar sirasiga o’quvchilarni faol o’rganishga yetaklaydigan, maxsus tuzilgan o’quv topshiriqlari kiradi». M.A.Ushakovaning fikricha, o’quv topshiriqlari kompleksida tushunchalarning mohiyatini anglash, o’zlashtirish tartibini aytib berish, deduktiv bilimlar tarkibini tushuntirish kabi uch xil turdan iborat topshiriqlar bo’lishi lozim.

I.E.Unt ta’limni individuallashtirish g’oyasiga asoslanib o’quv topshiriqlari kompleksini o’rgangan. U kompleksni individuallashtirishni ijodiy ta’limning boshlang’ich nuqtasi deb tushunadi. I.E.Unt o’quv topshiriqlari kompleksi tayyorlashni 1) bilim, ko’nikma, malakalarni rivojlantirish, 2) o’quv faoliyati mustaqilligini uzluksiz oshira borish, 3) o’quv faoliyati usullarini takomillashtirish, 4) ta’limda o’quvchilarning orqada qolishlarining oldini olish talablarini inobatga olib ishlab chiqqan.

L.M.Fridman o’quv topshiriqlari muammosini didaktik jihatdan keng o’rgangan. U o’quv topshiriqlarini tasnif etishda quyidagi holatni hisobga olgan: agar o’quvchilar uchun topshiriqni yechish usuli ma’lum bo’lsa, ular shu usulni izlab topish va topilgan usulni topshiriqni bajarishga tatbiq etishga kirishadilar. Aks holda, topshiriqni bajarish usuli oldin aniqlanadi, so’ngra uning yechimini izlashga o’tiladi. «Ta’limga tatbiq qilinadigan topshiriqlarni, – deb davom ettirgan edi L.M.Fridman, – ikki guruhga ajratamiz: Bajarish usuli o’quvchilarga ma’lum bo’lgan topshiriqlar. Bunday topshiriqlarni mashq deb qaraymiz. Bajarish usuli o’quvchilarga noma’lum bo’lgan topshiriqlar. Bunday ko’rinishdagi vazifalarni muammoli topshiriq deb tushunamiz».

L.M.Fridman tadqiqotlarida «topshiriqni bajarish» atamasiga katta nagruzka (yuklanma) qo’yilgan. Bu atamaning, L.M.Fridmanning yozishicha, eng kamida uch xil ma’nosi bor: a) topshiriqda qo’yilgan talabni amalga oshirish (usul, metod) rejasi; b) topshiriq uchun tuzilgan rejani amalga oshirish; v) topshiriqning bajarilishini tahlil qilish. Bu uchala ma’no yaxlitlikda topshiriq ustida faoliyatni amalga oshirishni o’zida aks ettiradi. Shu pedagogik xulosalarga ko’ra L.M.Fridman syujetli (matn shaklidagi) topshiriqlar tizimini ishlab chiqqan.

O.Roziqov o’quv topshiriqlarini tayyorlashni jarayon sifatida qarash g’oyasini asoslagan. Shu yondashuvga ko’ra o’quv topshiriqlari tizimini tayyorlash jarayon sifatida tahlil qilinadigan bo’ldi. Mustaqillik sharoitida bu qarash B.R.Adizovning didaktik va metodik izlanishlarida yanada takomillashtirildi. Natijada didaktika va metodika fanlari qator yutuqlarga erishdi. Bular:

– birinchidan, o’quv topshiriqlari tizimini tayyorlashni alohida konstruktiv jarayon sifatida tahlil qilish. Shunday tahlilga ko’ra o’quv topshiriqlari, umuman, ayni holatda, ijodiy topshiriqlar tizimini tayyorlash «o’quv materiali va o’quv topshirig’i» tizimida qaraladigan bo’ldi. Bu, o’z navbatida, topshiriqlar tizimini tayyorlash jarayonining tarkibini aniqlash imkoniyatini berdi. Hozir aksariyat tadqiqotchilar o’quv topshiriqlarini tayyorlash jarayonining uch tarkibiy qismdan iborat ekanligiga qat’iy ishonch hosil qilishmoqda: maqsadga muvofiq faoliyat. Bu o’qituvchining o’quv materialini tahlil qilishi, o’quv materialining tarkibiy qismlari – o’quv elementlarini ajratishi, u yoki bu o’quv elementining o’quvchi faoliyatida takrorlash o’lchovlarini belgilashi demakdir; o’quv topshirig’i tizimini tayyorlash vositalari. O’quv topshiriqlari tizimini tayyorlash vositalari sirasiga o’qituvchida shakllangan pedagogik mahorat, uning pedagogik hodisalarga munosabati, o’quv-metodik adabiyotlar kiradi. O’qituvchida pedagogik mahorat, amaliyot takomillasha borgan sari, u ijodiy topshiriqlar tizimini samarali tuzish san’atini ham egallay boradi; faoliyat predmeti. O’qitish faoliyati predmeti vazifasida o’quv materiali qatnashadi. Ijodiy topshiriqlar tizimini tayyorlash jarayonida barcha o’zgarishlar o’quv topshirig’ida yuz beradi. U bilimlar tizimidan intellektual va amaliy o’quv topshirig’iga aylanadi, bir holatdan – bilimlar shaklidan amaliy ishlar tizimiga o’tadi. Ana shu uch elementning – maqsadga muvofiq faoliyat, faoliyat predmeti, faoliyat vositasining o’zaro ta’siridan o’quv materiali bo’yicha kompyuterli ijodiy topshiriqlar tuzish o’qituvchining ijodiy ishi shaklida zuhur etadi;

– ikkinchidan, o’tkaziladigan tadqiqotlar natijasiga ko’ra o’quv topshiriqlari, umuman, ijodiy topshiriqlar, xususan, tarkiban keng tushuniladigan bo’ldi. Agar an’anaviy qarash asosida yaratilgan tadqiqotlarda ikki narsa – berilganlar va topiladiganlar ajratilgan bo’lsa, yangi taqiqotlarda o’quv topshiriqlari berilgan, topiladiganlar bilan bir qatorda maqsad, faoliyatda bajaradigan ish, vosita, natija jihatidan tahlil qilish tajribasi qaror topdi. Demak, har qanday o’quv topshirig’i xoh ijodiy, xoh noijodiy, xoh bilimlarni o’rganish, mustahkamlash, sinash xarakterida bo’lsin, tarkiban maqsad, faoliyatda bajaradigan ish, bajarish usuli kabi tarkibiy qismlardan iborat;

– uchinchidan, o’quv topshiriqlari, ularning tip, tur va ko’rinishlarini tahlil qilish yo’li bilan o’quv topshiriqlari tizimini asoslash muammosiga katta ahamiyat berila boshlandi. Natijada qator fundamental tadqiqotlar yaratildi: B.R.Adizov o’quvchi faoliyatining ikki jihatini – qayta esga olish va ijod qilish jarayonlarini tahlil qilib, ijodiy topshiriqlarni ta’limga tatbiq etish tamoyillari, vositalarini keng o’rgandi; M.H.Mahmudov tatqiqotlarida o’quv topshiriqlari muammosi ta’limni loyihalash bilan uzviy aloqadorlikda o’rganildi. Oqibatda dasturlashgan o’quv topshiriqlari tizimi, test topshiriqlari to’plamini tayyorlash muammosini keng izohlashga imkoniyat yaratildi; A.G’.Hayitov metodik izlanishlarida o’quv topshiriqlari masalasi informatikadan mashq o’tkazish muammosi bilan bog’langan holda olib borildi. O’tkazilgan ilmiy-metodik izlanishlarda o’quv topshiriqlari, umuman, ayni holatda, kompyuterli ijodiy

o’quv topshiriqlari tizimini tayyorlashning tamoyillari asoslandi.



Topshiriqlar tizimini tayyorlash tamoyillari. Matematikadan kompyuterli ijodiy o’quv topshiriqlari tizimini tayyorlashda quyidagi metodik tamoyillarga rioya qilinadi.



Download 0.51 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38




Download 0.51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Matematikadan kompyuterli ijodiy topshiriqlarni tuzish tamoyillari

Download 0.51 Mb.