X. Muammoli masala-topshiriqlar




Download 0,51 Mb.
bet24/38
Sana13.06.2021
Hajmi0,51 Mb.
#14990
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38
X. Muammoli masala-topshiriqlar.

Boshlang’ich sinflarda muammoli ta’limdan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Muammoli ta’limning nazariy va amaliy masalalari taniqli didakt, psixolog va uslubshunos olimlar N.U.Bikbaeva, M.G.Davletshin, R.Ibragimov, I.Ya.Lerner, L.Sh.Levenberg, R.A.Mavlonova, M.I.Maxmutov, A.M.Matyushkin, V.Okon, O.R.Roziqov, O.Xudoyberdiev, E.G’ozievlarning ishlarida o’z ifodasini topgan. Muammoli ta’limning asosida muammoli holatni hosil qilish turadi. Muammoli holat hosil qilish deb biz o’qituvchining sinf o’quvchilari oldiga yechish uchun o’quvchining mavjud bilimlari yetarli bo’lmagan masala yoki savolning qo’yilishini tushunamiz. O’quvchi o’qituvchi savoliga javob berishi uchun nimanidir bilishi kerak. Matematika darslarida bunday vaziyatlarni tez-tez hosil qilish o’qituvchi bilim va mahoratiga bog’liq. Ayniqsa, bu hol muammoli masala-topshiriqlarni bajarish jarayonida kuzatiladi.

Ijodiy mazmundagi topshiriqlarning bir turi bu muammoli masala-topshiriqlardir. Qanday masala muammoli masala bo’ladi? Bunday savolga I.G’.Ahmadjonov va L.Sh.Levenberglar «III sinfda masalalar yechish» deb nomlangan qo’llanmada quyidagicha munosabat bildiradilar: «... agar masalaning savoli o’quvchidan reproduktiv (esga tushirish) faoliyatnigina talab qilsa, u holda masala problemali (muammoli) xarakterda bo’lmaydi va bolalarning fikrlash faoliyatining rivojlanishiga kam yordam beradi. Agar masalaning savoliga javob berish uchun analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirishlarni bajarish zarur bo’lsa, ya’ni aqliy operatsiyalar bajarish talab qilinsa, u holda masala problemali (muammoli) xarakterga ega bo’ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, bir masalaning o’zi bir o’quvchi (bo’shroq o’quvchi) uchun problemali bo’lsa, boshqa bir (kuchliroq) o’quvchi uchun hech qanday problema bo’lmasligi mumkin».

R.Ibragimovning tadqiqot ishida muammoli masala, topshiriqlar turlari va ulardan foydalanish texnologiyalari o’z ifodasini topgan. Muallif bunday masala-topshiriqlarning a) muammoli xususiyatga ega savollarga oid masala-topshiriqlar; b) turli usullarda yechish mumkin bo’lgan masalalar; c) mazmunan bir xil, ammo yechish usullari turlicha bo’lgan masalalar; d) sharti yetarli bo’lmagan masalalar; e) ortiqcha ma’lumotga ega masalalar; f) butunlay noto’g’ri ma’lumotga ega masalalar; g) turli xil faoliyatni umumlashtirishga mo’ljallanib yechiladigan topshiriqlar; h) predmetlararo aloqador mazmundagi masalalar turlariga ajratgan. Muammoli masala-topshiriqlarda ko’pincha masala savoli «nechta?» so’zidan boshlanadi. Ayrim hollarda masala savoli «yetadimi?», «sig’adimi?», «joylashadimi?», «o’rnashadimi?», «uchrashadimi?» kabi so’zlar bilan yakunlanishi ham mumkin. «Muammoli xarakterdagi masala yechilishining yozilishi odatdagi masala yechilishi yozilishidan bir muncha farq qiladi. Bunday masalalarda hisoblashlarnigina bajarish talab qilinmay, balki matnda gapirilayotgan son ma’lumotlarni yoki miqdorlar orasidagi munosabatlarni taqqoslash, umumlashtirish, isbotlash, haqiqatligini aniqlash, qonuniyatni o’rnatish, imkoniyatni, yetarlilikni aniqlash talab qilinadi».

O’quvchilarni birinchi sinfdan boshlab muammoli xususiyatga ega savollar qatnashgan masala-topshiriqlar bilan tanishtirib borish maqsadga muvofiq. Shunday turga oid quyidagi masalani keltiramiz:

«8 kg piyoz va 6 kg sabzi sotib olindi. Shundan keyin 5 kg anor va 8 kg olxo’ri sotib olindi. Sabzavotlardan ko’p sotib olinganmi yoki mevalardanmi?».

Kuzatish va tajribalar shuni ko’rsatadiki, bunday masalalarning yechilishi va yechimini yozishda o’qituvchilar tomonidan ayrim juz’iy kamchiliklarga yo’l qo’yilmoqda. Masalan, ular quyidagi yechim variantlarini keltiradilar:

1) 8+6=14 (kg) – sabzavot

2) 5+8=13 (kg) – meva

Javob: Sabzavotlardan ko’p sotib olingan.

Bu yerda masala savoliga javob beruvchi 3-ish, ya’ni 14 kg sabzavot va 13 kg mevani taqqoslash bajarilmay qoldi ( 3) (14 kg > 13 kg). Shu sababli muammoli masala topshiriqlar yechimini ifodalash oldingi qarab chiqilgan masala yechimini yozishdan farq qiladi. O’qituvchi bunday masala-topshiriqlar yechimini birin-ketin amal bajarish usuli bilan o’quvchilarni tanishtirgach, masalaga oid sonli ifoda tuzib, ularni taqqoslash yechim usulini ham o’rgatib borishi natijasida o’quvchilarning ijodiy faoliyati oshadi.

Yuqoridagi masala sharti uchun quyidagi sonli ifodalar taqqoslanishi talab qilinadi:

8+6 va 5+8

8+6 – ifoda sotib olingan sabzavotlar massasini, 5+8 – ifoda sotib olingan mevalar massasini ifodalaydi. Dastlab o’quvchi yig’indilarni taqqoslash uchun har bir ifoda son qiymatini topib, ularni taqqoslaydi. Keyinchalik ular yig’indini taqqoslash uchun quyidagicha xulosa chiqarishni o’rganadilar: «Agar taqqoslanayotgan yig’indilardan birorta qo’shiluvchilar bir xil bo’lsa, ikkinchi qo’shiluvchilar taqqoslanib, yig’indida ishtirok etuvchi qaysi qo’shiluvchi katta bo’lsa, o’sha yig’indi katta bo’ladi: 8+6>5+8, chunki 8=8, 6>5».

3-sinf Matematika darsligidagi 490-masala ham muammoli topshiriq hisoblanadi. «Bir oyda tovuqlar uchun 27 kg, o’rdaklar uchun 40 kg don sarflanadi. Bitta tovuqqa bir oyda 3 kg, bitta o’rdakka 5 kg don sarflanadi. Qaysi biri ortiq: tovuqlarmi yoki o’rdaklarmi? Nechta ortiq?»

Ushbu topshiriq yechimi quyidagicha:

1) 27:3=9 (ta) – tovuqlar soni

2) 40:5=8 (ta) – o’rdaklar soni

3) 9>8 – tovuqlar ko’p

4) 9-8=1 (ta) – tovuq ortiq

Javob: Tovuqlar ko’p, 1 ta ortiq.


Download 0,51 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38




Download 0,51 Mb.