VI. Ko’p yechimli masala-topshiriqlar




Download 0.51 Mb.
bet20/38
Sana13.06.2021
Hajmi0.51 Mb.
#14990
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38
VI. Ko’p yechimli masala-topshiriqlar.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ko’p yechimli masala-topshiriqlarni yechishga o’rgatish orqali ularning mantiqiy tafakkuri o’sadi, mustaqil fikr yuritish ko’nikmasi tarkib topadi, matematika faniga bo’lgan qiziqishi ortadi.

Bunday o’quv topshiriqlari boshlang’ich sinf matematika darsliklarida nihoyatda oz. Bu o’qituvchini bunday topshiriqlar bilan ishlashini chegaralab qo’ymasligi kerak. O’qituvchi tizimli ravishda 1-sinfning boshidan boshlab maqsadga muvofiq holda bu yo’nalishda ish olib borishi shart.

10 ichidagi sonlar tarkibiga doir o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarini mustahkamlash jarayonida ko’p yechimli sodda masalalarni tavsiya qilish kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda ijodiy faoliyat shakllanishiga olib keladi. Quyidagi topshiriqlarni qaraylik:

1-topshiriq: Zarina 5 ta chiziqli va katakli daftar oldi. U nechta katakli va nechta chiziqli daftar olgan?

Ushbu amaliy mazmundagi ijodiy topshiriqni bajarishda o’quvchi 5 soni tarkibiga doir bilimiga tayanadi va quyidagi variantlarda masala yechimini beradi: «5 bu 1 va 4, 2 va 3, 3 va 2, 4 va 1 dan iborat. Shu sababli Zarina 1 ta katakli va 4 ta chiziqli daftar, 4 ta katakli va 1 ta chiziqli daftar, 3 ta katakli va 2 ta chiziqli daftar yoki 2 ta katakli va 3 ta chiziqli daftar sotib olgan».

Bunga o’xshagan 10 ichidagi sonlar tarkibini mustahkamlashga doir qator ko’p yechimli topshiriqlarni keltirish mumkin.

Ko’p yechimli topshiriqlar ustida ishlashda o’quvchi bunday turdagi topshiriqlarning o’ziga xos xususiyatlarini ta’kidlab, imkon qadar mumkin bo’lgan variantlarning barchasini ko’rib chiqish lozimligini bayon etishi kerak.

Ko’p yechimli masala-topshiriqlar amaliy ahamiyatga ega topshiriqlardir. O’quvchi turmushda, savdo-sotiqda, qurilishda bunday topshiriqlarga tez-tez duch kelib qolishini sezadi. Biror narsa sotib olib, qaytim olayotganda yoki xarid uchun to’lanadigan pulni qanday pullar bilan to’lash mumkinligi, perimetri aniq bo’lgan to’g’ri to’rtburchak o’lchamlari qanday bo’lishi mumkinligi; bosib o’tilgan masofa o’zgarmas bo’lganda harakat tezligi va vaqtini topish (butun sonlarda); harakat tezligi o’zgarmas bo’lganda bosib o’tilgan yo’l va vaqtni topish; harakat vaqti o’zgarmas bo’lganda yo’l va tezlikni topish kabi masalalar orasidagi bog’lanishni ifodalovchi o’quv topshiriqlari shular jumlasidandir.



Download 0.51 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   38




Download 0.51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



VI. Ko’p yechimli masala-topshiriqlar

Download 0.51 Mb.