O’quv topshiriqlarining bir-birini to’ldirishi tamoyili




Download 0.51 Mb.
bet31/38
Sana13.06.2021
Hajmi0.51 Mb.
#14990
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38
5. O’quv topshiriqlarining bir-birini to’ldirishi tamoyili. Bu tamoyilga rioya qilish yo’li bilan o’quvchilar o’zlashtirishining davomiyligi amalga oshiriladi. Shu bilan birga, bu tamoyil o’quv topshiriqlarining osonligi va qiyinligini, soddaligi va murakkabligini boshqarish mezoni sanaladi.

Ijodiy topshiriqlarning soddaligi va murakkabligini ob’ektiv hodisa sifatida tushunamiz.

Shunday raqamlar berilgan bo’lsin: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9.

Keltirilgan raqamlar bo’yicha quyidagicha ijodiy topshiriqlarni shakllantirish mumkin.

- 1 dan boshlab 2 taga ortib boradigan sonlarni yozing;

- 1 dan boshlab 3 taga ortib boradigan sonlarni toping;

- 1 dan boshlab oldin 2 taga, so’ngra 3 taga ortib boradigan sonlarni yozing;

- Eng katta raqamdan boshlab 2 tadan kamayib boruvchi sonlarni yozing;

- Eng katta raqam (9)dan boshlab 3 tadan kamayib boruvchi sonlarni toping;

- 9 dan boshlab oldin 2 tadan, keyin 3 tadan kamayib boruvchi sonlarni yozing.

Misol tariqasida keltirilgan topshiriqlar 4 ta o’quv elementi bo’yicha tuzilgan: 2 taga ortib boruvchi; 3 taga ortib boruvchi; 2 taga kamayib boruvchi; 3 taga kamayib boruvchi sonlar.

O’quv elementi o’quv materialining eng kichik birligi. O’qituvchi o’quvchilarning tayyorgarligi, real o’qish imkoniyatlarini inobatga olib, ularni soddalashtiradi, zarur bo’lsa, murakkablashtiradi. Bu hodisa topshiriqlar matnida ham aks etgan: 1- va 2-topshiriqlarda bittadan, ularning teskarisi 4- va 5-topshiriqlarda ham 1 tadan, 3- va 6-topshiriqlarda 2 tadan o’quv elementi hisobga olingan. Topshiriqlarning soddaligi va murakkabligi topshiriqni shakllantirishda qatnashgan o’quv elementlari miqdoriga ko’ra aniqlanadi: topshiriqni tuzishda bir o’quv elementi ishtirok etgan bo’lsa sodda, ikki yoki undan ortiq o’quv elementi ishtirok etgan bo’lsa murakkab o’quv topshirig’i hisoblanadi. Binobarin, 1- va 2- hamda 4- va 5-topshiriqlar sodda, 3- va 6-topshiriqlar murakkabdir.

Agar ijodiy topshiriqlarning soddaligi va murakkabligi ob’ektiv bo’lsa, ularning osonligi va qiyinligi sub’ektiv hodisadir. O’quvchilar ikkita, uchtadan orttirib, aksincha, ikkita, uchtadan kamaytirib sanashni o’rgangan sari qiyin topshiriqlar o’quvchilar uchun osonlashib boradi. Shunday qilib, o’quv topshiriqlarining bir-birini to’ldirishi tamoyili matematika o’qitishda qiyinchiliklarni bartaraf etish omiliga aylana boradi.



Download 0.51 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38




Download 0.51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’quv topshiriqlarining bir-birini to’ldirishi tamoyili

Download 0.51 Mb.