Boshlang’ich sinflarda matematikadan komyuterli ijodiy topshiriqlardan foydalanishning holati




Download 0.51 Mb.
bet13/38
Sana13.06.2021
Hajmi0.51 Mb.
#14990
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38
1.2. Boshlang’ich sinflarda matematikadan komyuterli ijodiy topshiriqlardan foydalanishning holati

Ushbu paragrafda boshlang’ich sinf matematika darslarida kompyuterli ijodiy topshiriqlardan foydalanishni tizim sifatida qarab, ijodiy topshiriqlarning o’ziga xos tomonlarini ajratishga, maktab o’qituvchilarining kompyuterli ijodiy topshiriqlarni tatbiq etish to’g’risidagi fikrlarini inobatga olib, darsliklarni metodik tahlil qilishga harakat qilamiz.

Dastlab so’rovnoma natijalarini keltiramiz. Boshlang’ich sinf matematika darslarida kompyuterli ijodiy topshiriqlardan foydalanish muammosi yuzasidan 32 ta boshlang’ich sinf o’qituvchisi, 120 nafar boshlang’ich ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavr bitiruvchisi, 164 nafar boshlang’ich (III-IV) sinf o’quvchisi bilan so’rovnoma ishlarini olib bordik. Boshlang’ich sinf o’qituvchisi va boshlang’ich ta’lim yo’nalishi talabalari uchun har birida 10 ta savol bo’lgan so’rovnoma tuzildi.

«Siz ijodiy topshiriq deganda nimani tushunasiz?» deb berilgan savolga so’rovnomada ishtirok etgan boshlang’ich sinf o’qituvchilari va talabalarning 58% i «o’quvchi tomonidan misol, masalalar tuzish va uni yechish», «mantiqiy topshiriq», «o’quvchi tomonidan ular uchun biror «yangilik»ka olib keluvchi topshiriq» degan javoblarni keltirishgan, 42% o’qituvchi-talabalar bu savolga umuman javob berishmagan.

“Siz kompyuterli ijodiy topshiriqlar deganda nimani tushunasiz?” degan savolga 24% o’qituvchi va talabalar kopyuter yordamida bajariladigan ijodiy mazmundagi o’quv topshiriqlar deb, javob berishdi. 58% o’qituvchi va talabalar kompyuterda bajariladigan mashqlar deb aytishdi. 18% o’qituvchi va talabalar esa, bu savolga umuman javob berishmadi.

«Siz «mustaqil ish» va «ijodiy ish»ni qanday farqlaysiz?» degan savolga «Ijodiy ish bilan mustaqil ish bir narsa» (68%), «Ijodiy ish bu mustaqil ishning bir ko’rinishi» (22%), ««Ijodiy ish» va «mustaqil ish»lar boshqa-boshqa tushunchalar bo’lib, ijodiy ish bu o’quvchi tomonidan bajariladigan shunday faoliyat usuliki, unda biror «yangi»lik o’quvchi tomonidan yaratiladi, mustaqil ishda o’quvchi undagi bilim, malakaga tayanib misol va masalalarni mustaqil bajaradi» (10%) deb javob qilishgan.

«Siz ish tajribangizda kompyuterli ijodiy topshiriqlardan foydalanasizmi?» degan savolga (42%) «ha» deb javob qilishgan.

«Boshlang’ich sinf matematika darslarida kompyuterli ijodiy topshiriqlar tizimi deganda nimani tushunasiz?» degan so’rovnoma savoliga ko’pchilik javob berolmagan (85%), ayrim o’qituvchilar «kopyuterli ijodiy topshiriqlar ketma-ketligi» deb javob berishgan (15%).

«Ish faoliyatingizda matematikadan ijodiy topshiriqlarning qanday turlaridan foydalanasiz? (Nomini yozing!)» degan savolga «Misollar tuzish», «Mantiqiy masalalar», «Qiziqarli kvadratlar», «Geometrik shakllar tuzish» kabi ijodiy topshiriq nomlarini keltirishgan.

«Boshlang’ich sinf darsliklaridagi topshiriqlar sizni qanoatlantiradimi?» degan savolga ko’pchilik o’qituvchi va talabalar «ha, qanoatlantiradi» (83%) deb javob berishdi, ba’zi o’qituvchilar «yo’q, ayrim darslikdagi topshiriqlarni qayta ko’rib chiqib, uni ijodiy topshiriq shakliga keltirish kerak» (16%) deb javob qilishgan.

«Kompyuterli ijodiy topshiriqlarni o’quvchilaringiz qay tarzda bajarishadi? O’quvchilaringiz bunday topshiriqlarni bajarishda qiyinchiliklarga duch kelganini sezganmisiz?» degan savolga ko’pchilik o’qituvchilar «qiziqib bajarishadi» deb javob qaytarishgan (qariyb 80%). Ammo savolning ikkinchi qismiga atigi 12% o’qituvchilar o’quvchilari tomonidan ijodiy topshiriqlarni bajarishda yo’l qo’yilgan xatolar sababi haqida o’z fikrlarini bildirishgan.

«Boshlang’ich sinf matematika darslarida kompyuterli ijodiy topshiriqlardan foydalanishning afzalliklari nimada?» degan savolga ko’pchilik boshlang’ich sinf o’qituvchilari «o’quvchini mustaqil fikrlashga o’rgatadi» (81%) deb javob berishgan.

«Kompyuterli ijodiy topshiriqlar bo’yicha takliflaringizni qayd qiling» degan so’rovnoma bandida ko’pchilik o’qituvchilar «yo’q» deb javob qilishgan (74%). Ayrim o’qituvchilar «kompyuterli ijodiy topshiriqlarni bajarishga oid uslubiy tavsiyalar, ishlanmalar kam, o’qituvchi va o’quvchilar uchun ijodiy topshiriqlarni bajarishga oid tavsiyanomalar tayyorlansa» (18%), «ko’proq o’quvchini ijodiy ishlashga o’rgatish kerak» «o’quvchi ijodkorligini oshirish uchun o’qituvchi qo’shimcha materiallar tayyorlab kelishi kerak» mazmundagi javoblar (8%) keltirishgan.

Kompyuterli ijodiy mazmundagi topshiriqlarni o’quvchilar qay tarzda bajarishlari, bunday topshiriqlarga nisbatan munosabatlarini bilish maqsadida Buxoro shahridagi 6-, 15-, 23-, 31-son, boshlang’ich 3-4-sinf o’quvchilari bilan so’rovnomalar o’tkazdik. So’rovnoma boshida o’quvchilarga «mustaqil ish», «ijodiy topshiriq» “kompyuterli ijodiy topshiriq” atamalari ma’nolarini tushuntirdik. So’rovnomaga ishtirok etuvchi o’quvchilarning ko’pchiligi (qariyb 90%) «mustaqil ish», «kompyuterli ijodiy topshiriqlarni bajarish» ni yoqtirishini bildirishdi.

«Darsning qaysi paytida ijodiy ish berilishini xohlaysiz?» degan savolga ayrim o’quvchilar «dars boshida» (24%), ayrim o’quvchilar «dars oxirida» (17%), ko’pchilik o’quvchilar «dars o’rtasida yoki mavzuni o’rganib bo’lgandan so’ng» (59%) deb javob qaytarishdi.

«Matematika darsliklarida berilgan ijodiy topshiriqlardan qaysi birini bajarish siz uchun samarali hisoblanadi?» degan savolga «misol va masalalar tuzish» (27%), «masalani turli usullarda yechish» (12%), «tushirib qoldirilgan sonlar, amal ishoralari, qavslarni to’g’ri qo’yib misollarni yechish» (19%), «geometrik shakllar yordamida turlicha naqshlar yasash» (22%) deb javob berishgan.

«O’zingiz qanday ijodiy topshiriqlar tuza olasiz?» degan savolga ayrim o’quvchilar «Masala tuzaman», «Misol tuzaman», «Geometrik figuralardan naqshlar yasab bilaman» degan javoblarni berishdi (qariyb 40%). Ko’pchilik o’quvchilar bu savolga javob berishga qiynalishdi (60% dan ortiq).

«Kompyuterli ijodiy mazmundagi topshiriqlarning afzalliklari nimada?» degan savolga o’quvchilar «matematikaga bo’lgan qiziqishni orttiradi» (28%), «ko’proq mustaqil ishlashga o’rgatadi» (33%) deb javob qilishgan. Ushbu savolga javob bermagan o’quvchilar ham bor (39%).

O’tkazilgan so’rovnomalardan shu narsa ayon bo’ldiki, ko’pchilik boshlang’ich sinf o’qituvchilari matematikadan o’quvchilarning ijodiy ishlari mohiyatini yetarlicha tushunmaydilar. Boshlang’ich sinf o’quvchilari esa ijodiy topshiriqlarni bajarishni yoqtiradilar.

Matematika darslarida kompyuterli ijodiy topshiriqlardan foydalanish bo’yicha mavjud tajribani o’rganish va umumlashtirish maqsadida o’qituvchilarning darslari kuzatilib, yozib olindi. Darslarni kuzatish va qayd etish jarayonida quyidagi savollarga javob izlandi: dars maqsadiga mos kompyuterli ijodiy topshiriqlarning tanlanganligi; ijodiy o’quv topshiriqlarining mazmuni, ijodiy topshiriqlarning o’quv materialining mazmuniga mosligi, o’quvchilarning real o’quv imkoniyatlariga muvofiqligi; u yoki bu ijodiy ishning o’quv topshiriqlari tizimidagi o’rni; kompyuterli ijodiy topshiriqlarning matematika dars turi, bosqichlari bilan aloqadorligi, topshiriqlarni bajarishda foydalaniladigan usullar, oldin o’rganilgan bilim va faoliyat usullarini qo’llash, yangi bilim va faoliyat usullarini qayd qilish vositalari; o’quv topshiriqlarining o’quv materiali mazmunini to’liq o’zlashtirish talablariga javob bera olishi; kompyuterli ijodiy mazmundagi o’quv topshiriqlarining o’quvchi mustaqil ishlashiga ta’siri va sh.k.

Matematika darslarini kuzatish va qayd qilishda L.N.Skatkin tasnifini asos qilib oldik. Bu tasnifga binoan, birinchi dars turi «yangi tushuncha bilan tanishish va malakalarni egallash» deb yuritiladi.

Dastlabki darsning tarkibi quyidagilardan iborat: 1) uyga berilgan vazifani tekshirish (agar uy vazifasi o’quvchilarni yangi materialni o’rganishga tayyorlovchi topshiriqni o’z ichiga olgan bo’lsa, bu tekshirish, ayniqsa, zarur); 2) o’quvchilarga darsning maqsadini yetkazish; 3) yangi materialni o’rganishga tayyorlash; 4) yangi materialni o’rganish; 5) yangi materialni dastlabki mustahkamlash; 6) yakunlash va uyga vazifa berish. O’quvchilarni yangi tushuncha bilan tanishtirish, yangi bilim va malakalarni egallashga oid dars turi bo’yicha 12 ta mashg’ulot kuzatilib, ularda hammasi bo’lib 26 ta kompyuterli ijodiy mazmundagi o’quv topshirig’idan foydalanilganligi aniqlandi.

Kuzatishlar ko’rsatadiki, o’quvchilarni yangi tushuncha bilan tanishtirish, yangi bilim va malakalarni egallash darslarida o’qituvchi faol bo’lib, o’quvchi ta’lim jarayonining «ob’ekti» bo’lib qolmoqda. Vaholanki, o’quvchini ta’lim jarayoni «sub’ekti» sifatida qarashni bugungi kunda didakt olimlar isbotlashgan.

Boshlang’ich sinflarda matematika darslarining 2-turi turli xildagi mashqlar yordamida bilim, malaka va ko’nikmalarni mustahkamlash darslaridir. Bunday darslarning asosiy qismlari ilgari olingan bilimlarni mustahkamlashga yo’naltirilgan bo’ladi.

«Mashqlar, amaliy va mustaqil ishlar bilimlarni mustahkamlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Shu sababli mustahkamlash darslarining tarkibi taxminan quyidagicha bo’lishi mumkin: 1) Dars maqsadini qo’yish; 2) Uy vazifasini tekshirish va o’rganilgan materialni mashqlar, amaliy, laboratoriya ishlari va mustaqil ishlar yordamida mustahkamlash; 3) Darsni yakunlash va uyga vazifa berish».

2-dars tipi bo’yicha 18 ta dars kuzatildi. Kuzatilgan darslarda, asosan, darslikdagi topshiriqlarni bajarish ishlari olib borildi. Dars bilim, malaka va ko’nikmalarni mustahkamlash bo’lgani sababli kuzatilgan darslarning ko’pchiligida (82%) o’qituvchilar darslikdagi o’quv topshiriqlari bilan chegaralanib, xotiraga mo’ljallangan topshiriqlarni bajarishdi. Kuzatilgan darslarning ikkinchi bosqichida o’quvchilarning kompyuterli ijodiy mazmundagi 34 ta topshiriqni bajarishlarining guvohi bo’ldik.

Amaliyotda o’qituvchilar bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash darslarida kompyuterli ijodiy topshiriqlardan nihoyatda oz foydalanishyapti, vaholanki, bu dars turida o’quvchilarning ijodiy ishlarini tashkil etish va uni o’tkazish uchun keng imkoniyat bor.

Boshlang’ich sinf matematika darslaridan yana biri – o’tilganlarni takrorlash, umumlashtirish va tizimga solish darslari. Bunday darslarda o’quvchilarning o’tilgan mavzular yuzasidan bilim, ko’nikma va malakalari mustahkamlanib, tushuncha darajasida o’zlashtiriladi. Boshlang’ich sinflarda matematikadan takrorlash darslari bilan mustahkamlash darslari ko’p jihatdan o’xshash bo’lgani sababli aksariyat o’qituvchilar ularni bir-biridan farqlashga qiynalishadi. Odatda ba’zi qoida va qonunlar bevosita yangi materialni o’tib bo’linishi bilan mustahkamlanadi. Mustahkamlash vaqtida dastlabki ko’nikma va malakalar shakllanadi. Takrorlash darslarida esa, asosan, o’quv materiali tizimga solinadi va umumlashtiriladi.

O’tilganlarni takrorlash, umumlashtirish va tizimga solish darslarida ikki yoki undan ortiq mavzuga oid dalillarni o’zaro taqqoslash; tegishli xulosalar chiqarish; chiqarilgan xulosalarni aytilgan o’quv holatlariga tatbiq qilish kabi bosqichlarga e’tibor berilishi shart. Tajribada ayrim o’qituvchilar bunday ta’lim bosqichlariga e’tibor bermaganini kuzatdik. Kuzatilgan 12 ta dars mashg’ulotlarida o’quvchilar 15 ta kompyuterli ijodiy topshiriqni bajarishdi.

Amaliyotda o’qituvchilar takrorlash, umumlashtirish va tizimga solish darslarida kompyuterli ijodiy topshiriqlarni faqatgina darsning turli xildagi topshiriqlar yordamida o’tilganlarni takrorlash bosqichida bajarishadi, darsning qolgan bosqichlarida ijodiy ishlarning tashkil qilinmaganligi o’quvchi ijodiy faoliyatini o’stirishda yaxshi natija bermaydi. Takrorlash, umumlashtirish va tizimga solish darslarining turli bosqichlarida kompyuterli ijodiy topshiriqlardan tizimli ravishda foydalanish ta’lim samaradorligi oshishi uchun muhim vosita bo’ladi.

Darsda kompyuterli ijodiy topshiriqlardan unumli foydalanishda o’qituvchilar bir qator qiyinchiliklarga duch keladilar: a) dars maqsadlari, dars turlari bosqichlariga oid kompyuterli ijodiy topshiriqlarni tanlash; b) kompyuterli ijodiy topshiriqlarni bajarish uchun vaqt ajratish; v) kompyuterli ijodiy topshiriqlarning dars materialiga mosligi; g) bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish uchun foydalanadigan kompyuterli ijodiy topshiriqlar tizimini tuza bilish; d) o’quvchilarning yosh, individual xususiyatlari, real o’quv imkoniyatlariga mos kompyuterli ijodiy mazmundagi topshiriqlarni aniqlab olish; ye) o’quvchi o’quv-biluv faoliyatini tashkil qilish shakllaridan umumsinf, guruh va yakka ishlar mutanosibligini ta’minlashda kompyuterli ijodiy topshiriqlarning ahamiyatini aniqlab bilish kabi masalalar shular jumlasidandir.

Matematikadan kompyuterli ijodiy topshiriqlarning ta’limga tatbiq etilish holatini aniqlash maqsadida matematika darsliklari ham tahlil qilindi. Bugungi kunda boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun matematikadan 1- va 2-sinflar uchun ayrim mavzularni o’tish yuzasidan multimedion dasturlar va o’quv qo’llanmalari yaratilgani quvonarli hol. Ammo 3-4-sinf matematika faniga oid alohida multimedion dastur va darsliklar ishlab chiqilmagan.

Fikrimizcha, darsliklarni takomillashtirish uchun har bir mavzu maqsadidan kelib chiqqan holda darsliklardagi o’quvchi tafakkurini rivojlantirishga mo’ljallangan kompyuterli ijodiy mazmundagi o’quv topshiriqlari salmog’ini oshirish, ularni ma’lum tizim asosida osondan qiyinga, soddadan murakkabga o’tish tamoyiliga rioya qilgan holda bayon qilishni ta’minlash lozim.



Download 0.51 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   38




Download 0.51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Boshlang’ich sinflarda matematikadan komyuterli ijodiy topshiriqlardan foydalanishning holati

Download 0.51 Mb.