Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishning hozirgi holati va istiqbollari




Download 32,01 Kb.
bet1/6
Sana22.11.2023
Hajmi32,01 Kb.
#103654
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Muqobil energiya manbalari


QAYTA TIKLANADIGAN ENERGIYA MANBALARIDAN FOYDALANISHNING HOZIRGI HOLATI VA ISTIQBOLLARI


REJA


1.Quyosh energetikasi
2. Shamol energetikasi
3. Xulosa
4. Foydalanilgan adabiyotlar

Maʼlumki, insoniyat suv, quyosh, shamol va boshqa tabiiy hodisalar energiyasidan foydalanishni, tabiiy resurslar – koʻmir, neft va gazni qazib olish va yoqish orqali energiya olish boshlangan vaqtdan ancha avvalroq oʻrgangan. Oʻsha davrda suv, quyosh, shamol energiyasidan foydalanishda ularning miqdorlari, bunga ehtiyoj boʻlmaganligi sababli, hozirgi kundagidek muhim rol oʻynamagan. Jamiyatlarni industriyalashtirish davrida energiyaga boʻlgan talab jadal surʼatlarda oʻsib bordi. Bunday sharoitda barqaror va uzluksiz energiya taʼminotiga esa koʻmir, neft va gazdan foydalanish tufayli erishildi. Energiya resurslaridan foydalanish miqyosining ortib borishi bilan birgalikda ommaviy tarzda elektr energiyasi ishlab chiqarishining tabiatga va ekologiyaga salbiy taʼsiri ham kuchayib bordi. Lekin insoniyat foydali, qazib olinadigan yoqilgʻi ham chegaralanganligini, ular yer yuzining ayrim joylarida, maʼlum miqdorlarda mavjudligini, ularning zahiralari esa yaqin vaqtlar ichida tugashini tushunib yetdi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun tabiiy resurslarning yetishmasligi hamda uning tabiatga va ekologiyaga salbiy oqibatlarining mavjudligi kabi omillar – resurslar va energiyani tejashga asoslangan texnologiyalarni yaratish boʻyicha texnikaviy taraqqiyotga va yaqin kelajakda muqobil energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini chuqurroq va atroflicha oʻrganish uchun kuchli turtki berdi. Muqobil energetika – qayta tiklanuvchi energiya manbalari boʻlmish cheksiz tabiiy resurslar va hodisalardan energiya olish maqsadida foydalanishdir. Bugungi kunda muqobil energetika manbalariga suv energetikasini, shamol energetikasini, quyosh energetikasni, vodorod energetikasini, atom energetikasini va boshqalarni kiritish mumkin. Hozirgi kunda dunyo miqyosida cheksizligi va atmosferaga tashlanadigan zararli chiqindilarining yoʻqligi borasida energiyaning anʼanaviy manbalariga nisbatan katta ustunlikka ega boʻlgan shamol va quyosh energiyalaridan foydalanish masalalariga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.


Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) hisobotiga koʻra, agar 2008-yilda dunyo boʻyicha muqobil energetika loyihalariga $140 milliard, koʻmir, neft va gaz qazib olishga $ 110 milliard miqdorida investitsiyalar kiritilgan boʻlsa, 2018-yilga kelib muqobil energetikaga jalb qilingan investitsiyalar hajmi $288,9 milliardni tashkil etdi (bunda 2018-yilda quyosh energetikasiga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hajmi $139,7 milliardni tashkil etdi). Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, muqobil manbalardan olingan elektr energiyasi miqdori (yirik gidroelektrstansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi quvvatlarini hisobga olmagan holda) 2019-yil davomida jahon miqyosida jami generatsiya qilingan elektr energiyasining 10,4 foizini tashkil etib, jahon atom energetikasini ortda qoldirdi. Hozirgi kunda jahon miqyosida quyosh va shamol energetikasi qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatlarining oshishida asosiy rolni oʻynamoqda, bunda 2019-yilda ushbu turdagi energetika quvvatlari oʻsishining ulushi jahondagi jami qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatlari sof oʻsishining 90 foizini tashkil etdi. Xitoy va AQSH shamol energetikasi rivojini jadallashtirish boʻyicha yetakchi mamlakatlar boʻlib, 2019-yil davomida quyosh energetikasi boʻyicha Xitoy, Xindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya va Vyetnam eng yuqori quvvatlarga erishdilar. Quvvatlarni oshirish borasida qitalar miqyosida Osiyo yetakchilik qilmoqda – 2019-yilda jami quvvatlar oʻsishining 54 foizi uning ulushiga toʻgʻri kelib, ushbu koʻrsatkich uning umumjahon miqyosida oʻrnatilgan jami quvvatlardagi ulushini 44 foizga yetkazdi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatlarining 2019-yildagi oʻsishi Yevropa va Shimoliy Amerika boʻyicha mos ravishda 6,6 va 6 foizni tashkil qildi. Shu sohada jadal rivojlanayotgan mintaqalarga Yaqin Sharq va Okeaniya mamlakatlari ham kirib, quvvatlar oʻsish surʼatlari mos ravishda 18,4 va 12,6 foizni tashkil etdi. “Haqiqatdan ham qayta tiklanuvchi energiya manbalari bugungi kunda jadal surʼatlarda rivojlannayotgan elektr taʼminoti manbasi hisoblanadi, lekin ayni paytda shu narsaga alohida eʼtibor qaratish lozimki, energetikaning ushbu sohasi hissasiga jami isteʼmol qilinayotgan energiyaning 20 foizi toʻgʻri kelmoqda. Qolgan energiya esa qazib olinadigan yoqilgʻilardan – koʻmir, neft va gazdan foydalanish evaziga ishlab chiqarilmoqda” – deydi YUNEP energetika boʻyicha eksperti Mark Radka. Bugungi kunda mutaxassislar oldida turgan asosiy vazifa – quyosh va shamol elektr stansiyalarida oʻrnatilgan quvvatlardan foydalanish koeffitsiyentini (KIUM) maksimal darajada oshirish uchun texnologiyalarni takomillashtirish turibdi, chunki energetikaning ushbu sohalari afzalliklari (cheksizligi, ekologik jihatlari, kelajakda energiya ishlab chiqarishda past tannarxga erishish imkoniyatlari mavjudligi) bilan birgalikda, quyidagi qator sezilarli kamchiliklarga ham ega hisoblanadi:
1) iqlim-havo sharoitlariga va kunning vaqtiga bogʻliqligi;
2) foydali ish koeffitsiyentining pastligi;
3) texnologiyalarda qimmatbaho materiallarning (kremniy, alyuminiy) foydalanilishi natijasida tannarxning yuqoriligi;
4) oʻrnatilgan quvvatlar birligining pastligi.
Oʻrnatilgan quvvatlardan foydalanish koeffitsiyenti (KIUM) elektroenergetika korxonalari faoliyatining eng muhim koʻrsatkichi boʻlib, u maʼlum vaqt oraligʻidagi oʻrta arifmetik quvvatlar darajasining oʻrnatilgan quvvatlarga nisbati boʻyicha aniqlanadi. Ushbu koeffitsiyent elektr stansiyasining texnologik jihatdan takomillashtirilganligi nuqtayi nazaridan uning umumiy samaradorligini belgilab berish bilan birgalikda, stansiya boshqaruvini tashkil qilish hamda elektr stansiyasi xodimlari malakasi darajasini koʻrsatadi. Agar dunyodagi atom elektr stansiyalarida oʻrnatilgan quvvatlardan foydalanish koeffitsiyenti oʻrtacha 82 foizni tashkil qilsa, shamol elektr stansiyalarida – 34 foiz, quyosh stansiyalarida esa 24,5 foizni tashkil etadi (shu jumladan, quyosh fotoelektrik stansiyalarida – 13-15 foiz, quyosh issiqlik stansiyalarida – 28-33 foiz). Taqqoslash uchun, issiqlik elektr stansiyalarining oʻrnatilgan quvvatlardan foydalanish koeffitsiyenti oʻrtacha 40 foizdan 63 foizgacha tashkil qilmoqda. Lekin bunda turli tipdagi elektr stansiyalarining manevr qilish imkoniyatlarini inobatga olish zarur. Masalan, atom elektr stansiyalari reaktori ish rejimini oʻzgartirishda katta xavf mavjudligi sababli ular eng past darajada manevr qilish imkoniyatiga egadirlar. Qattiq yoqilgʻida (koʻmir) ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalari ham kam manevrli hisoblanadi, suyultirilgan yoqilgʻida yoki gazda ishlaydigan elektr stansiyalari esa ish rejimini oʻzgartirish uchun yetarli darajada manevr qila oladi, lekin bu turbinalar foydali ish koeffitsiyenti darajasini keskin pasaytirib yuborishi mumkin. Ayrim olimlar, mutaxassislar doiralari orasida, oʻrnatilgan quvvatlardan foydalanish koeffitsiyentini ishdagi prostoylarni bartaraf qilish va elektr stansiyasi toʻliq quvvatidan foydalanish orqali oshirish mumkin, degan fikr mavjud boʻlib, aslida bunday emas. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari stansiyalarida oʻrnatilgan quvvatlardan foydalanish koeffitsiyentining sezilarli darajada cheklanganligi haqiqiy energetik manbaning (quyosh, shamol) nobarqaror ekanligi bilan bogʻliqdir.

Download 32,01 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 32,01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishning hozirgi holati va istiqbollari

Download 32,01 Kb.