|
Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishning hozirgi holati va istiqbollari
|
bet | 3/6 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 32,01 Kb. | | #103654 |
Bog'liq Muqobil energiya manbalariGeografik joylar/oylar
|
I
|
II
|
III
|
IV
|
V
|
VI
|
VII
|
VIII
|
IX
|
X
|
XI
|
XII
|
Oʻrtacha birlik
|
Termiz
|
245
|
312
|
457
|
601
|
783
|
867
|
865
|
787
|
643
|
463
|
300
|
220
|
545
|
Tomdibuloq
|
218
|
295
|
461
|
582
|
758
|
850
|
859
|
781
|
605
|
411
|
235
|
174
|
519
|
Taxiatosh
|
205
|
283
|
425
|
582
|
771
|
838
|
834
|
754
|
582
|
406
|
245
|
163
|
507
|
Samarqand
|
222
|
263
|
373
|
524
|
708
|
825
|
854
|
784
|
620
|
423
|
243
|
189
|
502
|
Toshkent
|
191
|
247
|
383
|
526
|
714
|
802
|
836
|
752
|
574
|
373
|
222
|
153
|
481
|
Fargʻona
|
193
|
266
|
387
|
517
|
706
|
792
|
808
|
739
|
578
|
383
|
228
|
151
|
479
|
Taʼkidlash lozimki, Oʻzbekiston quyosh energetikasini rivojlantirish boʻyicha salohiyati mutaxassislar va olimlar tomonidan anchadan buyon oʻrganib kelinmoqda. Hozirgi kunda Oʻzbekiston yoqilgʻi-energetik resurslari tuzilmasida neft va gazning ulushi (97 foiz) salmoqli hisoblanadi, koʻmir – 2.3 foiz, gidroenergetika – 0,7 foiz, bu elektr energiyasi ishlab chiqrishning muqobil turlarini rivojlantirish zarurligini anglatadi. Oʻzbekistonning yangilanadigan energiya manbalari salohiyati 51 milliard tonna atrofida neft ekvivalentiga, shu jumladan quyosh energiyasi salohiyati 50,973 milliard tonna neft ekvivalentiga teng baholanmoqda. Hisob-kitoblarga asosan, quyoshli kunlar soniga koʻra Oʻzbekiston Ispaniya mamlakatidan yaqqol ustunlik qiladi. Oʻzbekistonda yil davomidagi bulutsiz kunlar 250-270 kunni, quyosh nurlanishi davomiyligi esa yiliga 2850-3050 soatni tashkil qiladi. Soʻnggi yillarda dastlabki jiddiy qadamlar qoʻyilib, quyosh energetikasi sohasida salmoqli loyihalarni amalga oshirish boʻyicha ishlar faollashdi. Jumladan, 2021-yil mart oyida Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanida (“Nuri Zamin” mahallasida) Koreya energetika agentligi mablagʻlari evaziga 40 kVt quvvatga ega boʻlgan, yiliga 100 ming kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqaradigan kichik fotoelektrik quyosh stansiyasini barpo qilish ishlari yakunlandi. Mendeleyev nomli Rossiya kimyo-texnologiya universiteti Toshkent filialida 2021-yil fevral oyida 100 kVt quvvatli, yiliga 220 ming kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqaradigan, akkumulyatorsiz, tarmoqli quyosh stansiyasi ish boshladi (1,2 ming kvadrat metr maydonga Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan 288 ta quyosh batareyalari oʻrnatildi). Namangan shahridagi yangi qurilgan toʻrtta koʻp qavatli uyning tomlarida 2021-yil may oyida 58 kVt quvvatga ega boʻlgan, 96 ta xonadonni elektr toki bilan taʼminlaydigan quyosh panellari (192 ta batareya) oʻrnatildi. Qiymati 1,32 milliard soʻmga teng boʻlgan ushbu loyiha PROON tomonidan amalga oshirilgan (har bir xonadon uchun oʻrta hisobda 13,75 million soʻmga toʻgʻri keladi). Shunga oʻxshash loyihalar, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida amalga oshirilishi koʻzda tutilmoqda. Oʻzbekiston Hukumati va Osiyo rivojlanish banki oʻrtasida imzolangan memorandum doirasida Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida 2023-yilgacha quvvati 300 MVt boʻlgan fotoelektrik quyosh stansiyasi ishga tushiriladi. Bu stansiya quvvati 200 MVt teng boʻlgan Sherobod 1-loyihasi yonida amalga oshirilib, ularning bir yilda ishlab chiqaradigan jami elektr energiyasi hajmi 1,1 milliard kVt.soatni tashkil etadi, bu esa hudud bir yillik ehtiyojining 30 foizini taʼminlash imkinoyatini beradi (ehtiyoj yiliga 3,2 milliard kVt.soat). Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi mazkur loyihani amalga oshirish uchun $ 260 million toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilib, mazkur loyiha doirasida 220 kVt quvvatli yangi nimstansiya va “Surxon” nimstansiyasi bilan birlashtiruvchi uzunligi 52 kilometrga teng boʻlgan yangi elektr uzatish liniyasini qurish ishlari koʻzda tutilgan. Loyihaning amalga oshirilishi natijasida yiliga 340 million kubmetr tabiiy gaz tejaladi, 120 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi, 300 ming uy xoʻjaliklari elektr toki bilan taʼminlanadi. 2021-yil may oyida Samarqand va Jizzax viloyatlarida har biri 200 MVt quvvatga ega boʻlgan fotoelektrik quyosh stansiyalarini qurish loyihalari boʻyicha tanlov gʻolibi aniqlandi. Ikkita quyosh elektr stansiyasi Birlashgan Arab Amirliklarining “Abu Dhabi Future Energy Company” kompaniyasi tomonidan 1 kVt.soat elektr energiyasi tarifi 1,791 sent boʻlgan taklif asosida barpo etiladi. Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlarida davlat-xususiy sherikchiligi asosida quriladigan, umumiy quvvati 500 MVt teng boʻlgan uchta quyosh elektr stansiyasi boʻyicha tanlov eʼlon qilindi. Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi tomonidan Navoiy shahridan 35 kilometr uzoqlikda (Karmana) qiymati $100 million, quvvati 100 MVt teng boʻlgan Oʻzbekistonda birinchi geliostansiya qurilishi loyihasi amalga oshirilmoqda (268 gektar maydonda 300 ming fotoelektrik panellar oʻrnatiladi). 2021-yil oktyabrida birinchi quyosh elektr stansiyasining ishga tushirilishi bilan yiliga 31 ming uy xoʻjaliklarini elektr toki bilan taʼminlashga yetarli boʻlgan 270 GVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Kompaniya tomonidan, bundan tashqari, 25-yil davomida har bir kVt.soat elektr energiyasini isteʼmolchilarga 2,679 sentdan yetkazib berish majburiyati olingan. Oʻzbekistonda 2030-yilga qadar quyosh elektr stansiyalari umumiy quvvatini 5 GVtga yetkazish koʻzda tutilmoqda. Oʻzbekistonda quyosh fotoelektr stansiyalarini qurish boʻyicha loyihalar qiymati xususida Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi vakili taʼkidlaganidek, bu “investorning masalasi”, shuningdek “shartnomada Oʻzbekiston sotib oladigan elektr energiyasining hajmi, investor esa oʻz mablagʻlari hisobiga va oʻz javobgarligida belgilangan koʻrsatkichlar va sifat standartlari asosida stansiyani qurish majburiyatini oʻz zimmasiga olishi koʻzda tutiladi. Oʻzbek tomoni loyihani moliyalashtirishda ishtish
|
| |