LMS tizimlarining tahlili
Bir nechta masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi erkin va ochiq kodli LMS dasturiy majmualarning nomlari va ularning asosiy imkoniyatlari bo‘yicha ma’lumotlarni keltiramiz. Atutor — Ochiq kodli ta’lim jarayonini boshqaruvchi LMS tizimi hisoblanadi. Tizimda mavjud o‘qitish modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work, Student tracking va boshqa modullari mavjud. Tizim bir necha standartlarni qo‘llab-quvvatlaganligi sababli, internet orqali jismoniy nuqsonga ega bo‘lgan o‘quvchi-talabalar tizim orqali o‘quv resurslardan foydalanishlari mumkin. Ayniqsa, ko‘zi ojiz talabalar maxsus web-ilovalar orqali tizimga bog‘langan holda o‘quv kontentdagi so‘zlarni audio formatga o‘tkazgan holda tinglashi mumkin.Bu tizimning shaxsiy saytida 20dan ortiq har xil modullar mavjud.Tizimni qo‘llab-quvvatlaydigan standartlar soni ancha bo‘lib, boshqa LMS tizimlardan farqi ham aynan shu xususiyatidadir.
Atutor quyida ko‘rsatilgan standartlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
1. W3C WCAG 1.0;
2. W3C WCAG 2.0;
3. W3C ATAG 2.0;
4. US Section 508;
5. Italy Stanca Act;
6. IMS AccessForAll 2.0;
7. ISO/IEC 24751.
Atutor quyida ko‘rsatilgan standartlardagi o‘quv resurslarni qo‘llab-quvvatlaydi:
1. OpenSocial 1.0;
2. OAuth Authentication Protocol;
3. IMS Content Packaging 1.1.2;
4. SCORM Content Packaging;
5. SCORM 1.2 LMS RTE3;
6. IMS Question Test Interoperability (QTI) 1.2/2.1;
7. IMS BasicLTI 1.0(reg. IMSA1B1as2012W1);
8. IMS Common Cartridge 1.0(reg. IMSA1B1as2012W1);
9. W3C XHTML 1.
|