|
Buxoro davlat universiteti
|
bet | 16/63 | Sana | 13.06.2021 | Hajmi | 4,25 Mb. | | #14998 |
1.2.3-chizma Atutor tizimining umumiy interfeysi.
Erkin va ochiq kodli masofaviy o‘quv kurslarni tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi webga yo‘naltirilgan dasturiy majmua - Claroline hisoblanadi. Tizim Luvenada (Belgiya) universitetining pedagogika va multimedia institutida yaratilgan. Dasturiy majmuadan foydalanish GNU (General Public License) asosida amalga oshiriladi, ya’ni bepul foydalanish mumkin. Tizim ishlashi uchun serverda PHP/MySQL/Apachelarning o‘rnatilishi talab qilinadi. Tizim Windows 98 va NT, Mandrake Linux 8.1 muhitiga o‘rnatilgan EasyPHP tizimda testdan o‘tkazilgan. Claroline dasturiy majmuasidan 80dan ortiq davlatlarda foydalanishadi va 30dan ortiq tillarga (dastur interfeysi) tarjima qilingan. Tizim 2000dan ortiq talabalarni bir vaqtning o‘zida qabul qilishi mumkin. Claroline dasturiy majmuasi masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish uchun talab qilinadigan barcha talablarga javob beradi, xususan, foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, tizimda foydalanuvchilarning (fan o‘qituvchisi, o‘quvchi va mehmon) rollarini administrator tomonidan belgilashi, o‘quv kurslarni yaratish, ularning tarkibini tahrirlash, talabalar bilimini nazorat qilish, monitoring olib borish, nazorat natijalarini tahlil qilish, tizim ichida foydalanuvchilar o‘rtasida kommunikatsiya elementlaridan (chat, forum, qisqa xabarlar jo‘natish modullaridan) foydalanish va boshqarish imkoniyatini beradi. Tizimda boshqa LMS lar singari quyidagi ko‘rsatilgan o‘qitish modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work, Student tracking, Kalendar, Viki va boshqa modullari mavjud. Boshqa LMS lar singari IMS va SCORM standartlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Claroline dasturiy majmuasining imkoniyatlaridan demonstratsiya rejimida foydalanib ko‘rish mumkin, buning uchun http://demo.claroline.net havolasiga murojaat qilib, tizimga har xil rollarda (administrator, fan o‘qituvchisi, o‘quvchi) kirib tizimning imkoniyatlari bilan tanishib chiqishi mumkin. O‘quv modulini yozish vaqtida tizimning barqaror versiyasi Claroline 1.8.3
|
| |