• Dokeos
  • Buxoro davlat universiteti




    Download 4.25 Mb.
    bet17/63
    Sana13.06.2021
    Hajmi4.25 Mb.
    #14998
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63
    1.2.4-chizma Claroline tizimining umumiy interfeysi.

    Clarolinening 1.4.2 versiyasidan ajralib chiqqan yangi dasturiy majmua - Dokeos hisoblanadi.



    Claroline platformasini ishlab chiqqan dastlabki ishchi guruh bir necha a’zolarining ish mahsuli Dokeos bo‘lib, ular ta’lim muassasalari uchun yaratilgan clarolinedan farqli ravishda, davlat korxonalarining ishchi xodimlariga moslashtirishni maqsad qilishdi va amalga oshirishdi.

    Dokeos dasturiy majmuasining ikki xil versiyasi mavjud. Dokeos FREEbepul va Dokeos PRO — bepul bo‘lmagan, kabi versiyalari mavjud. Lekin Dokeos FREE versiyasida bizning fikrimizga ko‘ra, ta’lim jarayonini tashkillashtirish uchun kerak bo‘ladigan barcha o‘quv modullari mavjud. Tizimning imkoniyatlarini va unda mavjud o‘quv elementlarni quyida ko‘rsatilgan aql xaritasi orqali ko‘rish mumkin, tizimda mavjud o‘qitish modullaridan ta’lim muassasalarida ham foydalanish mumkin. Hozirgi vaqtda LMSlarining ko‘pchiligi ijtimoiy tarmoqlardagi mavjud g‘oya asosida o‘zlarining ishchi muhitlarini shunday tarmoqlarga moslashtirmoqda. Shunga ko‘ra, bu tizimda ham ijtimoiy tarmoq elementlari keng kiritilgan. Yuqorida keltirilgan LMS tizimlari singari Dokeos dasturiy majmuasi ham SCORM standartini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa ushbu standartni qo‘llab-quvvatlaydigan boshqa LMS tizimlariga o‘quv kurslarini eksport, import qilish imkoniyatini beradi. Dokeos dasturiy majmuasi o‘quv modulini yozish vaqtidagi oxirgi barqaror versiyasi Dokeos 2.2 RC2.





    Download 4.25 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63




    Download 4.25 Mb.