|
Buxoro davlat universiteti
|
bet | 18/63 | Sana | 13.06.2021 | Hajmi | 4,25 Mb. | | #14998 |
1.2.5-chizma Dokeos dasturiy majmuasida mavjud
elementlarning umumiy ko‘rinishi
1.2.6-chizma Dokeos o‘quvchi rolida tizimining
umumiy interfeysi.
1.2.7-chizma Dokeos administrator rolida
tizimining umumiy interfeysi.
LAMS IMS Learning Design standarti asosida 2003-yilda yaratilgan. JAVA dasturlash tilida yozilgan. Kross-platformali, 32ta tilga dastur interfeysi tarjima qilingan va GPLv2 asosida bepul foydalanish mumkin. LAMS dasturiy majmuasining boshqa LMS lardan farqi shundaki, o‘qituvchilarga o‘quv jarayonini strukturalashda vizual vositalardan foydalanish imkoniyatini beradi, bu vositalar o‘quv jarayonida o‘quv resurslarini (elektron o‘quv resurslarni, chat, so‘rovnomalar, topshiriqlar) va nazorat turlarini qanday ketma-ketlikda bo‘lishning vizual ko‘rinishini ta’minlaydi. Bunda o‘qituvchi «sichqoncha» orqali bu ketma-ketliklarni hech qanday qiyinchiliksiz joylarini o‘zgartirishi mumkin bo‘ladi. LAMS — elektron o‘quv resursini vizual ravishda o‘quv kontentlarni o‘zgartirish, boshqarish va yaratishdagi imkoniyatlarining mavjudligi sababli yangi revolyusion ilova hisoblanadi. U o‘qituvchiga o‘quv kontentini yaratishda intuitiv tushunarli interfeys taqdim qiladi. Bu interfeys o‘z ichiga har xil individual vazifalar, guruhli o‘qitishda frontal vazifalarni berishini o‘z ichiga oladi.
|
| |