INTERAKTIV texnologiyalar.
1. Internet masofaviy ta'lim portali.
2. Video va audio konferentsiyalar.
3. Elektron pochta orqali ta'lim.
4. Internet orqali mustaqil ta'lim olish.
5. Uzoqdan boshqarish sistemalar.
6. Onlayn simulyator va o`quv dasturlar.
7. Test topshirish sistemalari.
INTERAKTIV bo`lmagan texnologiyalar.
1. Video, audio va bosmaga chiqarilgan materiallar.
2. Televizion va radio ko`rsatuvlar.
3. Disklarda joylashgan dasturlar.
1.3.LMS Moodle tizimi va uning tasnifi.
Moodle – web muhitida o`qitish va online rejimdagi darslarni tashkil qiluvchi kuchli pedagogik dasturiy majmua hisoblanadi. Mazkur tizimda Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work, Student tracking kabi ko`plab o`qitish modullar mavjud.
Masofaviy ta’lim olish tizimi hisoblangan moodle quyidagi bosqichlardan iborat.
Ta’lim berish jarayoniga tayyorgarlik.
Ta’lim berish jarayoni.
Bu tizimda foydalanuvchi huquqlarini aniqlovchi quyidagi asosiy rollar mavjud.
Administrator- barcha ishni bajara oladigan shaxs.
Kurs yasovchisi (создатель курсов(course creator)) – sistemada kursni tahrirlash, ro’yxatga olish va o’qituvchi tayinlash huquqiga ega.
O’qituvchi (teacher)-o’z kursini tahrirlash va unga assistentlarni, talabalarni tayinlash huquqiga ega.
Assistant(non-editing teacher) – kursni tahrirlash huquqiga ega bo’lmagan, ammo talabarning baholarini, kursning topshiriq va test natijalarini kuzatib borish huquqiga ega.
Student (Student)- O’ziga tegishli bo’lgan kursda ishlash, kurs materiallarini ko’rish, topshiriqlarni tekshirishga yuborish, testlarni bajarish, forum va chatlarda ishtirok etish huquqiga ega.
Gost(guest)- kurs kategoriyalari bilan tanishuvchi mehmon sifatida kirish huquqiga ega shaxs.
Administrator tomonidan o’qituvchi registratsiya qilingan(ro’yxatdan o’tkazilgan) bo’lsa unga login va parol belgilanadi. Sistemaga kirish uchun login va parol berilishi zarur.
Masofaviy o’qitish tizimi hisoblanuvchi moodle tizimi yordamida masofadan turib ta’lim berish jarayoni juda samarali bo’lib, bunda talaba o’zi o’rganayotgan fanning boshlang’ich qismidan boshlab mustaqil o’rganadi. Har bir ma’ruza turli ko’rinishdagi topshiriq savollari bilan to’ldirib borilgan.Talaba mavzularga doir topshiriqlarni mustaqil ravishda bajaradi va fan bo’yicha olgan bilim, ko’nikmalarini orttirib boradi. Agar biror topshiriqni bajara olmasa u holda ma’ruza qismini qayta takrorlash imkoniyati mavjud.
Sistem bilan ishlashning afzallik tomoni shundaki, unda ixtiyoriy fandan kurs yasab barcha o’qituvchilar o’zining talabasi bilan virtual tarzda muloqot qiladi. Fan bo’yicha ma’ruza darslarini tashkillashtirish jarayoni hayotdagi darslarda o’tiladigan ma’ruza darslariga deyarli yaqinlashtirib olingan.
Foydalanuvchilar quyudagi maqsadlarda Moodle tizimidan foydalanishlari mumkin:
1) ta’limning masofaviy qo’llab-quvvatlanishi-elektron ta’lim vositalari asosida talabalar Moodle tizimidan foydalangan holda topshiriqlarni olishi va uni tekshirish uchun yuborishlari mumkin;
2) masofaviy ta’lim uchun - bunda o’qituvchi va talaba ko’p vaqtda yuzma-yuz uchrashmasdan ta’lim olib boriladi;
3) amaliy topshiriqlarning, testlarning bajarilishi elektron ta’lim tizimi moodleda o’quv mashg’ulotlari vaqtida amalga oshiriladi.
|