Quyidagi vazifalarni amalga oshirishga Moodle tizimi imkon beradi




Download 4,25 Mb.
bet22/63
Sana13.06.2021
Hajmi4,25 Mb.
#14998
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63
Quyidagi vazifalarni amalga oshirishga Moodle tizimi imkon beradi:

1) o’qituvchi va talabaning kerak bo’lgan vaqtdagina muloqotda bo’lishi. Agar talaba topshiriqlarni o’z vaqtida bajarib borsa, u o’qituvchi bilan muloqotda bolib boradi;

2) bilimning puxta o’zlashtirilishi;

3) o’qituvchi va talabaga ta’lim olish uchun qulay vaqt va joyning tanlash imkoniyatining mavjudligi;

4) ta’limning individualligi;

5) vaqt va pulning tejalishi-o’quv mashg’uloti uchun vaqt va pulning sarflanishiga zaruriyat bo’lmaydi.

Moodle (modulli obyektga yo’naltirilgan dinamik o’quv muhiti) o’zida tizimning bir nechta sinflarini birlashtiradi.

Saytni boshqarish tizimi (CMS).

Ta’limni boshqarish tizimi (LMS).

Ta’limning virtual muhiti (VLE).

Moodle ochiq kodli platforma (GNU Public License ga asoslanib) sifatida keng tarqalgan. Moodle tizimi SCORM 1.2 standartiga mos sertifikatga ega.

Moodle – bu o’qituvchilar tomonidan onlayn-kurslarni yaratish uchun maxsus ishlab chiqilgan sayt tarkibini boshqarish tizimi (Content Management System - CMS) dir. Uni ko’pincha e-learning tizimlarni o’qitishni boshqarish tizimlari (Learning Management Systems - LMS) yoki virtual o’qitish vositasi (Virtual Learning Environments - VLE) deb ham ataladi.

Moodle – bu alohida onlayn-kurslar kabi, ta’lim web-saytlarini ishlab chiquvchi instrumentlar sohasidir. Loyiha asosida sotsial konstruktivizm nazariyasi va uni o’qitishni ishlatish yotadi.

Moodle avtori - Martin Dougiamas. Universitetni Computer Science va Education mutaxassisligi kursni tugatgandan keyin, u "The use of Open Source software to support a social constructionist epistemology of teaching and learning within Internet-based communities of reflective inquiry" mavzusidagi dissertasiyasini himoya qildi. Axborot texnologiyalarini qo’llash orqali ta’limni qo’llab – quvvatlash platformasini yaratish g’oyasi unda 1999 yilda Curtin University (Avstraliya) universitetida WebCT tijorat platformasi bilan ishlash tajribalaridan kelib chiqdi.

Bu bepul tarqaladigan dasturiy majmua o’zining funksional imkoniyatlari, o’rganishdagi soddaligi va ishlatishdagi qulayligi bilan elektron o’qitish tizimlaridan foydalanuvchilarning ko’pgina talablarini qanoatlantiradi.

Moodle masofaviy sohada o’qitish jarayonini to’la qo’llab-quvvatlash uchun keng doiradagi imkoniyatlarni beradi – o’quv materiallarini turli usullarda berish, bilimlarni tekshirish va o’zlashtirish nazorati.

Bugungi kunda dunyoning aksariyat ta'lim muassasalari o`z masofaviy ta’lim tizimlarini tashkil etishda Moodle dasturiy majmuasini joriy etmoqdalar. Bizning respublikamizdagi ko`plab ta’lim muassaslari virtual ta’lim muhiti sifatida aynan Moodle dasturiy majmuasidan foydalanib kelinmoqda. Misol uchun: Toshkent axborot texnologiyalari universitetining “Virtual ta’lim muhiti” (http://etuit.uz), O`zbekiston Milliy universitetining «Ochiq o`quv-axborot markazi», xalq ta’limi vazirligi qoshidagi «Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi» (http://moodle.uzedu.uz), Toshkent Turin Politexnika universiteti(moodle.polito.uz), Andijon mashinasozlik instituti (http://moodle.andmiedu.uz).

Moodle dasturiy majmuasi o`quv jarayonini boshqaruvchi web interfeysli muhitga yo`naltirilgan maxsus tizim bo`lib, asosan global tarmoqda foydalanishga mo`ljallangan. Tizimni yaratishda PHP, MySQL, AJAX, JavaScript, HTML, CSS, XML jQuery kabi qator ochiq kodli dasturiy vositalardan foydalanilgan. Uni ishlatish uchun ma’lumotlar omborini boshqarish dasturi (MySQL yoki PostgreSQL), PHP protsessori, Web-xizmati (Apache yoki IIS) dasturlari sozlangan server zarur.

Hozirda Moodle tizimini dunyoning ulkan universitetlari o’qitish uchun ishlatishmoqda.

Moodle MO’T dunyoning 200 davlatida 70 tildagi 2 mln. ga yaqin ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchilar, 46 ming ta’lim portallariga ega va 300 dan ziyod dasturchilarni birlashtiradi.

“Moodle” so’zi – bu “Modular Object - Oriented Dynamic Learning Environment” so’zining abbreviaturasidir.

Rus tilida “Мудл” va “Моодус” (Модулная объектно-ориентированная динамическая управляющая среда) nomlari ham qo’llaniladi.

Moodle Unix, Linux, FreeBSD, Windows, Mac OS X, Netware operatsion tizimlarida va PHP ishlatilishi mumkin bo’lgan ixtiyoriy boshqa tizimlarda ham modifikasiyalarsiz qo’lanilishi mumkin. Ma’lumotlar MySQL va PostgreSQL ma’lumotlar bazasida saqlanadi, ammo ma’lumotlar bazasini boshqarishning tijorat tizimlari ham ishlatilishi mumkin.

Moodle oson vositalar yaratish imkoniyatiga ega. Yangi versiyaga o’tishda qiyinchilik va yangilanishlar kelib chiqmaydi.

Moodle MTT ning yangi versiyalarini http://www.moodle.org dan olish mumkin.


Download 4,25 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63




Download 4,25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Quyidagi vazifalarni amalga oshirishga Moodle tizimi imkon beradi

Download 4,25 Mb.