• I.A.Karimov
  • Xotima………………………………………………………………………........85




    Download 180.07 Kb.
    bet3/78
    Sana15.06.2021
    Hajmi180.07 Kb.
    #15052
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
    Xotima………………………………………………………………………........85

    Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………........86

    KIRISH

    Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli,

    dono va albatta baxtli bo’lishlari shart! I.A.Karimov

    Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi bo`lgan ta`lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi.Og`ir ijtimoiy,iqtisodiy,siyosiy qiyinchiliklarni yengib o`tish ,taraqqiyotgayo`liga kirgan mamlakatimizda ta`lim tizimini isloh qilish , unga rivojlangan mamlakatlarning ilg`or texnologiyalarini joriy qilish ,milliy qadriyatlarimizni singdirgan holda tashkil qilish,bu jarayonni puxta va samarali amalga oshirish bugungi kunda davlat siyosati darajasiga ko`tarildi.Bu borada 1997-yil da qabul qilingan tarixiy hujjat Respublikamizda “Ta`lim to`g`risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindiki, ular mamlakatimizda uzluksiz ta`lim tizimini isloh qilishning tashkiliy, ilmiy va metodik asosi bo`lib , asosiy maqsadi komil inson va yetuk, malakali mutaxasislar tayyorlashdir. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi inson omiliga juda katta ma’no, buyuk ma’no beradi:maqsad va vazifalar strategiyasidan tortib to ta’lim-tarbiya jarayonini hamma qirralariga oid aniq dasturlar majmuasicha har biri negizida inson asosiy omil hisoblanadi. Kadrlar tayyorlash tizimida shaxs bosh sub’ekt sifatida ko’riladi, u bir vaqtning o’zida ta’limiy xizmatlarning ham iste’molchisi, ham yaratuvchisi deb qaraladi. Jamiyat va davlat, ishlab chiqarish, fan va uzluksiz ta’lim barkamol, ijodkor shaxsning shakllanishida kafolat hisoblanadi.

    Shaxsning o’qimishliligi va uning yaratuvchanlik malakasi milliy dasturni amalga oshirishning asosiy natijasi bo’lmog’i darkor. O`zbekiston Respublikasi-ning birinchi Prezidenti I.A.Karimov milliy dastur to’g’risidagi o’z nutqida: “Faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so’z bilan aytganda, o’zligini anglash erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatidagi o’ziga munosib obro’li o’rin egallashi uchun fidoiylik bilan kurashishi mumkin“ -deb ta’kidlagandi.

    Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy tarkibiy qismlarini shaxs,davlat, va jamiyat,uzluksiz ta`lim,fan va ishlab chiqarish tashkil etib,ular oo`zaro bog`liq holda amalga oshiriladi.

    “Ta`lim to`g`risida”gi qonunni amalga oshirish yo`lida Vazirlar Mahkamasi- ning qator qarorlari chiqarildiki,ularning har biri ta`lim sohasidagi islohotlarning muhim tomonlariga hamda uning mazmunini takomillashtirishga bag`ishlangan.

    Birgina oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish maqsadida hozirgi kunga qadar bir qator ishlar olib borildi.Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 20-aprelda qabul qilgan ”Oliy ta`limni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori oliy ta`lim tizimini tubdan takomillashtirish,mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda,kadrlar tayyorlashning ma`no-mazmunini tubdanqayta qurib chiqish ,xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zaruru shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilingan va bir qator vazifalar belgilab berildi. Jumladan, ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy-ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish; yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta’ lim muassasalarini zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash, shu jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish; pedagog kadrlarning kasb mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish; oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash, oliy ta’lim muassasalari talabalari, o‘qituvchilari va yosh tadqiqotchilarining jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish yo`lida muhim ahamiyarga ega. Qarorda belgilangan vazifalarning samarali yechimini to`liq ta`minlash maqsadida oliy ta`lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish,oliy ta`lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish,ularni zamonaviy o`quv-laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash maqsadida Oliy ta`lim tizimini 2017-2021 yillarga mo`ljallangan kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Ta`lim-tarbiya jarayonlarining sifati ustidan samarali davlat nazoratini o`rnatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta`lim sifatini nazorat qilish bo`yicha davlat inspeksiyasi tashkil etildi.Uning asosiy vazifasi ta`lim-tarbiya jarayoni,professor-o`qituvchilar tarkibi,ta`lim tizimida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifati hamda mulkchilik shakli va idoraviy bo`ysunishidan qatiy nazar,ta`lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o`tkazish,ta`lim-tarbiya sifatini nazorat qilish bo`yicha davlat siyosatini amalga oshirishdan iborat.

    Vatan ravnaqi yurt rivoji, buyuk kelajak yoshlar qo’lidadir.Shuning uchun yosh avlodni tarbiyalashga,ularga ta’lim berishga juda katta e’tibor yaratilmoqda. Hozirgi kunda qad ko’tarib turgan hashamatli universitetlar,institutlar,akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari vamaktablar buning yaqqol isbotidir.Ta’kidlash joizki, 2011-2016-yillarda Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish doirasida 25 ta oliy ta’lim muassasasining 202 ta obyektida yangi qurilish, kapital ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari bajarildi.O`zbekiston Respublikasi Prezidentining”Oliy ta`limni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori uzluksiz ta`lim tizimini rivojlantirish,mamlakatimizning izchil rivojlanib borayotgan iqtisodiyotini yuqori malakali kadrlar bilan ta`minlash,barcha hududlar va tarmoqlarni strategik jihatdan kompleks rivojlantirish masalalarni hal qilish borasidagi oliy ta`lim tizimi ishtirokini kengaytirish yo`lidagi yana bir muhim amaliy qadamdir.

    Hozirgi vaqtda har bir o'qituvchining oldida fan asoslarini o'qitishning ilmiy nazariy saviyasini ko'tarish, o'qitish usullarini takomillashtirish natijasida dars samaradorligini oshirish va sifatini yaxshilashdek ishlar turibdi. Bu vazifalarni bajarishda yangi pedagogik izlanish natijalarini amaliyotga joriy qilish dolzarb muammolardan biridir. Har bir dars o'quvchilarning bilimga qiziqishini kuchaytirishga va ularning o'z bilimlarini mustaqil o'zlashtirish ko'nikmalarini hosil qilishga qaratilmog’i lozim. Davlat ta’lim standartlari o'quvchi egallashi lozim bo'lgan minimal talablar bilan birga iqtidorini namoyon qilishga ham imkon beradi.

    Ta’lim inson bilim faoliyatining eng murakkab turlaridan biri hisoblanadi.U yosh avlodning rivojlanib barkamol insonga aylanishida katta ahamiyat kasb etadi.Tabiatdagi har qanday jarayon-harakat,moddiy dunyodagi narsalar yoki hodisalarning asta-sekin o‘zgarish jarayonidir.Ta’lim berish ya’ni o‘qitish jarayoni ham yosh avlodda aqliy kuchlarni rivojlantirish va ahloqiy sifatlarn ishakllantirishga qaratilgan maqsadli harakat hisoblanadi. Hozirgi zamon pedagogikasining asosiy maqsadi uzluksiz ta’limdagi uzviylikni ta’minlashdani borat bo‘lib,uning bosh masalalaridan biri yosh avlodga har tomonlama chuqur va puxta bilim berishning samarali metodika va metodlarni ishlаb chiqishdan iborat.Bu esa o‘znavbatida uzluksiz ta’lim va uning muassasalari oldiga bo‘lajak kadrlarni tayyorlashda ularga o‘qitiladigan fanlarning uzluksiz ta’lim tizimining turli bosqichlarida o‘qitilish uzviyligi va uzluksizligini ta’minlashni muhim vazifalardan biri qilib qo‘yadi. Ana shunday vazifa uzluksiz ta’lim tizimida o‘qitiladigan matematika fanining oldiga ham qo‘yiladi. Matematikani o’rganishda uning go’zal va qiziqarli ekanligini o’quvchilarga yetkaza olishimiz kerak. Darslarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’tish turli matematik o’yinlar qiziqarli masalalar matemayik ermaklardan foydalanish bunda asosiy o’rinda turadi. Matematika darsliklarida misol va masalalarga ko’p e’tibor beriladi. Chunki murakkab mavzu ham bir necha mashqdan so’ng mukammallashadi va osonlasha boshlaydi. Lekin ketma-ket mashqlar matematikaning jozibasini susaytirishi mumkin. Matematikadagi go’zallik va nafosatni his qilish uchun fanning barcha qirralarini o’quvchiga yetkazish kerak.

    Qariyb VIII asr oldin yashab o’tgan faylasuf Rodjer Bekon quyidagi gaplarni aytganda naqadar haq edi:“Matematikani bilmagan inson boshqa hech qanday fanni o’rgana olmaydi va hatto, o’zining kamchiliklarini ham anglay olmaydi”.O’z kamchiliklarini anglashga intilish esa ma’naviyat sari yetaklaydigan eng to’g’ri

    yo’llardan biri hisoblanadi.Ushbu bitiruv malakaviy ishim matnli masalalarga yechish usullariga bag`ishlangan bo`lib, o`quvchilar ularni yechishda qiyinchilik-larga to`g`ri keladilar,chunki matnli masalalarni ishlashda mantiqiy fikrlash talab etiladi.Ushbu bitiruv malakaviy ishim maktab,kasb-hunar,akademik litsey o`quvchilari uchun ayrim qiyinchilik tug`diradigan matnli masalalar tahlil qilishga va ularni yechish usullariga bag`ishlangan.



    Download 180.07 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




    Download 180.07 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xotima………………………………………………………………………........85

    Download 180.07 Kb.