Mustaqil yechish uchun masalalar




Download 180.07 Kb.
bet30/78
Sana15.06.2021
Hajmi180.07 Kb.
#15052
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   78
Mustaqil yechish uchun masalalar:

.3.1.Bir qancha qalamning donasi 700 so`mdan sotilsa 1600 so`m zararga, agar 1000 so`mdan sotilsa 3200 so`m foydaga sotilgan bo`ladi. Qalamlar soni qancha?

A)12 V)14 S)16 D)18 E)20

1.3.2. 6 avtobus va 10 tramvay 560 yo’lovchi tashiydi . 7 avtobus va 5 tramvay 440 yo’lovchi tashiydi . Avtobusning yo’lovchilar sig’imi tramvayning sig’imidan nechta yo’lovchiga farq qiladi?

A) 8 B) 12 C) 14 D) 2



1.3.3.Katakda qo`ylar va tovuqlar bor .Ularning boshlar soni 41 ta, oyoqlari soni esa 132 ta. Katakda nechta qo`y bor?

A)23 B)22 C)25 D)16



1.3.4. Birinchi kuni dalaning 40% ini sug’orib bo’lindi . Ikkinchi kun sug’orilmay qolgan dalaning 50% ini sug’orib bo’lindi . Uchinchi kuni esa qolgan 120ga maydon sug’orildi . Butun dalaning yuzi necha ga?

A)440 B)200 C)400 D)800



1.3.5. Fermada 43 ta sigir va shuncha buzoq bor. Har bir sigirga bir kunda 8 kg dan, har bir buzoqqa esa 5 kg dan ozuqa beriladi. 30 kunda molar uchun qancha ozuqa kerak?

A) 28770 B) 12560 C) 16770 D) 3000



1.3.6..Do’kondagi qutilarda 15 kg, 16 kg, 18 kg, 19 kg, 20 kg va 31 kg dan mahsulot bor edi. Ikki xaridor 5 quti mahsulot olishdi. Birinchi ikkinchisidan 2 marta ko’p mahsulot olgan bo’lsa, do’konda necha kg lik quti qolgan?

A) 20 B) 16 C) 18 D) 19 E) 31



1.3.7. 60 kishilik harbiy qo'shin 25 kunga yetadigan oziq-ovqat bilan ta'minlangan edi. 5 kundan keyin dushman bilan to`qnashuvda 10 kishi halok bo'ldi. Qolgan oziq-ovqat harbiy qo'shinga necha kunga yetadi?

A) 28 B) 25 C) 24 D) 20



1.3.8. Zavod tomonidan bolalar bog'chasiga 36 ta uch g'ildirajli va 2 g'ildirakli velosipedlarni sovg'a qilindi. Agar hamma velosipedlarning g'ildiraklari 93 ta bo'lsa, uch g'ildirakli velosipedlar nechta?

A) 15 B) 18 C) 20 D)21



1.3.9.Bir ayol bog’da olma tergani kirdi. Bog’dan u 4 ta eshik orqali chiqishi kerak edi. Har bir eshik oldida qorovul turgan bo’lib, ayol birinchi qorovulga tergan olmalarining yarmini berdi. Ikkinchi qorovulga esa qolgan olmalarning yarmini berdi. Uchinchi va to’rtinchi qorovullarni ham xuddi shunday siyladi. Oxirida o’zida 10 ta olma qoldi. Ayol bog’dan nechta olma uzgan?

A) 210 B) 160 C) 150 D) 180



1.3.10. Bir odam shunday vasiyat qildi.Naqd 10 dirxam pulim bor. Bir kishiga qarz ham berganman. Qarzning miqdori o’g’lim oladigan merosga teng. Ikkala o’g’lim barobar meros olishsin. Ukamga jami merosning qismini va1 dirham beringlar. Ul kishini ukasi necha dirham olgan?

A)5 B) C) D)



1.3.11. 36 yoshdagi onaning yoshi 4ta bolalari yoshlari yig`indisidan 3marta ortiq.Necha yildan so`ng onaning yoshi bolalari yoshlarining yig`indisiga teng bo`ladi?

A)8 B)9 C)10 D)7 E)12



1.3.12.Metri 500 so`mdan olingan bir to`p gazlamaning 1/3 qismi metri 400 so`mdan,

1/4 qismi metri 500 so`mdan qolganining metri 600 so`mdan sotilib,400 so`m

foyda olindi.Sotilgan materiallar necha metr edi?

A)42 B)48 C)54 D)62 E)72



1.3.13.7 ta kitob va 4 ta jurnalning birgalikdagi bahosi 4 ta kitob va 7 ta jurnalning birgalikdagi bahosidan 525 so’m ortiq. Kitob jurnalga qaraganda qancha so’m qimmat turishini aniqlang?

A) 150 B) 175 C) 200 D)125



1.3.14.Bug'doy hosili 2 kunda yig'ib olindi. Birinchi kuni maydonning qismidagi, ikkinchi kuni 4 ga yerdagi va uchinchi kuni qolgan qism maydondagi hosil yig'ishtirib olingan bo'lsa, necha ga yerga bug'doy ekilgan?

A) 12 B) 14 C) 18 D)16



1.3.15.O'quvchiga testda 30 ta masala berildi. Har bir to'g'ri yechilgan masala uchun 7 ball berilib, noto'g'ri yechilgan har bir masala uchun 12 ball chegirildi. Agar o'quvchi 77 ball to'plagan bo'lsa, u nechta masala to'gri yechgan?

A) 23 B) 26 C) 21 D)25




Download 180.07 Kb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   78




Download 180.07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mustaqil yechish uchun masalalar

Download 180.07 Kb.