• 1.3.9-masala.
  • 1.3.10-masala.
  • 1.3.11-masala.
  • 1.3.12-masala.
  • (21+9 x )=18+12 x 126+54 x = 90+60 x , 6 x =36.; x = 6kun.Javob:B 1.3.13-masala.
  • 1.3.14-masala.
  • 1.1.15-masala.
  • Buxoro davlat universiteti




    Download 180.07 Kb.
    bet29/78
    Sana15.06.2021
    Hajmi180.07 Kb.
    #15052
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   78
    Yechish:Faraz qilaylik ikkinchi sexda x ta ishchi ishlaydi,u holda birinchi sexda 5x ta ishchi,uchinchi sexda x+ 5x=6x ta ishchi ishlaydi.Demak ,

    x+5x+6x=1872; 12x=1872 x=156 .Birinchi sexda 5x ta ya`ni 5*156=780 ta ishchi ishlaydi.Javob:C



    1.3.8-masala.Qisqarmaydigan oddiy kasrning maxraji suratidan 11 taga ko`p.Agar kasrning suratiga 167 ni,maxrajiga 13 ni qo`shsak berilgan kasrga teskari kasr hosil bo`ladi.Berilgan kasrning maxrajini toping.

    A)17 B)15 C)13 D)14



    Yechish:Kasrning suratini x deb belgilasak, maxraji x+11 ga teng. Tenglama shartiga mos tenglama

    x(x+167)=(x+11)(x+24);

    x2+167x=x2+35x+264; 132x=264; x=2.

    Berilgan kasrning maxraji x+11 ga ya`ni 11+2=13 ga teng.Javob :C

    1.3.9-masala.Agar tijoratchi molning 1kg ini 40 so`mdan sotsa,1800 so`m zarar ko`radi.1 kg ini 70 so`mdan sotsa,900 so`m foyda ko`radi.Tijoratchida necha kg mol bo`lgan?



    A)60 B)90 C)70 D)100

    Yechish:Tijoratchi jami X kg molni S so`mga olgan bo`lsin.Agar tijoratchi 1kg 40 so`mdan sotsa X∙40=S-1800 ,agar 1kg ni 70 so`mdan sotsa X∙70=S+900 ushbu tenglamalar sistemasini yechamiz.

    40X+1800=70X-900; 30X=2700, X=90kg Javob:B

    1.3.10-masala. Lagerda 40 kishilik bir guruhning 60 kunga yetadigan oziq-ovqati bor.10 kundan so`ng nechta odam ketib qolsa oziq-ovqat qolganlarga 80 kunga yetadi.

    A) 10 B)15 C) 20 D)25



    Yechish:Har bir odam bir kunda 1 kg dan ovqat yeydi desak, 40 kishi 60 kunda 60*40=2400 kg ovqat yeydi. 40 kishi 10 kunda 40*10=400 kg ovqat yeydi.Demak,10 kun o`tgan keyin x ta kishi ketgan,qolgan ovqat ya`ni,2400-400=2000 kg ovqat qolgan 40-x kishiga 80 kunga yetishi kerak bo`ladi.Masala shartiga mos tenglama tuzib olsak,

    (40-x)*80=2000; 40-x=25 , x=15 kishi ketgan.Javob:B



    1.3.11-masala.Turistlar butun yo`lning 0,35 qismini o`tganda,ularga yo`lning yarmigacha 18,3 km qolgani ma`lum bo`ldi .Butun yo`lning uzunligini toping.

    A)110km B)102km C)122km D)98km



    Yechish: Butun yo`l S bo`lsin. Turist butun yo`lning 0,35S qismini o`tgan,yo`lning 0,5S qismigacha yana 18,3 km yo`l bosishi kerak .Demak,masala shartiga mos tenglama tuzamiz.Lekin tenglama yo`lning yarmi uchun tuziladi.

    0,35S+18,3=0,5S; 0,15S=18,3 ; S=122. Javob:C



    1.3.12-masala.Bir sabzovot omborida 21 t ikkinchida 18 t kartoshka bor edi. Birinchi omborga kuniga 9 tonnadan, ikkinchisiga 12 tonnadan kartoshka keltirilsa, necha kundan keyin birinchi ombordagi kartoshka ikkinchisidan 1,2 marta kam bo’ladi?

    A)5 B)6 C)7 D)8



    Yechish.Agar x deb kartoshka tashilgan kunlar sonini belgilasak, u holda birinchi omborga 9x tonna, ikkinchi omborga esa 12x tonna kartoshka keltirilgan bo’ladi. Birinchi ombordagi jami kartoshka (21+9x) t, ikkinchi ombordagi jami kartoshka (18+12x)t bo’ladi.Tenglamani tuzamiz.

    1,2(21+9x)=18+12x (21+9x)=18+12x

    126+54x = 90+60x, 6x=36.; x = 6kun.Javob:B

    1.3.13-masala. Tomosha zali 100 ta elektr lampochka bilan yoritiladi. Bir katta lampochkaning bir hafta davomida yonishi 15 tiyinga, kichik lampochkaning yonishi esa 10 tiyinga tushadi. Agar zalni bir hafta yoritish 13,50 so’mga tushsa, zalga nechta katta lampochka va kichik lampochka o’rnatilgan?

    A)55 va 45 B)60 va 40 C)70 va 30 D)50 va50



    Yechish:Faraz qilaylik, x dona katta va y dona kichik lampochkalar bo’lsin, u holda katta va kichik lampochkalarning har birini haftada yonish puli va so’mdan bo’ladi. Tenglamani tuzsak:

    Hosil bo`lgan tenglamalar sistemasini yechsak:





    Javob:C ekan.

    1.3.14-masala. Ikki ayol bozorga 100 dona tuxum olib kelishdi. Ikkala ayol tuxumlarni turli narx bilan sotib, barobar miqdorda pul to’lashdi. Agar birinchi ayoldagi tuxumlar ikkinchisidagicha bo’lsa, u 7,2 so’mlik tuxum sotgan bo’lar edi, agar ikkinchi ayoldagi tuxumlar birinchisidagicha bo’lsa, u 3,2 so’mlik tuxum sotgan bo’lar edi. Har qaysi ayol bozorga nechta dona tuxum olib borgan?

    A)40 va 60 B)30 va 70 C)50 va 50 D)45va 55



    Yechish.Birinchi ayolda x dona, ikkinchi ayolda y dona tuxum bo’lsa, u holda masala shartiga ko’ra birinchi ayol tuxumning bir donasini so’mdan sotib, x so’m pul to’plagan bo’ladi. Xuddi shuningdek, ikkinchi ayolga ham y so’m pul tushgan bo’ladi. Masala shartiga mos tenglamalar sistemasini tuzamiz:





    . Demak to`g`ri javob:A

    1.1.15-masala. Tomonlari 12 m va 10 m bo’lgan to’rtburchak shakldagi maydon o’rtasiga chetlari maydon chetlaridan bir xil masofada yotadigan va yuzi 8 m2 ga teng bo’lgan gulxona ajratish kerak.Gulxonaning cheti maydon chetidan qanday masofada yotishi kerak?

    A)5 B)4 C)3 D)6



    Yechish.Oraliqdagi masofani x m desak, u holda 12–2x gulxonaning bo’yi va 10–2x uning eni bo’ladi.Masala shartiga mos tenglama tuzamiz:

    (12 – 2x)(10 – 2x) =8.



    120–24x – 20x + 4x2 = 8

    4x2 – 44x + 112 = 0

    yoki x2 – 11x + 28 = 0



    x1 = 7; x2 = 4;

    x1 = 7 ildiz masala shartini qanoatlantirmaydi.x = 4 m oraliqdagi masofa.Javob:B





    Download 180.07 Kb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   78




    Download 180.07 Kb.