IV. ” Shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat ko’rsatish” fanining o’zlashtirish darajasini nazorati va baholash
“Shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat ko’rsatish” fani o’quv rejasida belgilanganidek, barcha yo’nalishlarda 1-3 kurslarning 2, 3, 4, 5, 6 semestrida o’qitiladi. Umumiy yuklamada 218 soat, fan uchun jami 150 soat, shu jumladan, 54 soat nazariy, 96 soat amaliy mashg’ulot hamda 68 soat mustaqil ta’lim uchun vaqt ajratilgan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining 2008 yil 30 apreldagi 01-14 К/К – sonli, 118-сонли, 16/КК-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi to’g’risidagi “Nizom” da ko’rsatilganidek, talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholash quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi:
Joriy nazorat (JN);
Oraliq nazorat (ОN);
Yakuniy nazorat (YN).
O’quvchilarning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida o’quvchining fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi nazorat ( so’rov ) turi qanday shaklda o’tkazilishidan qat’iy nazar 5 ballik (5, 4, 3, 2,) usulda butun sonlar yordamida baholanadi.
“Shaxsiy kompyuter va ofis qurilmalariga texnik xizmat ko’rsatish” fani bo`yicha talabaning har bir nazorat turlari ballarda ifodalangan o`zlashtirishi quyidagi mezonlarga asosan aniqlanadi:
|