|
1. 1Texnologiya va kasb tayorgarligining asosiy yo’nalishlari
|
bet | 1/9 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 127 Kb. | | #125695 |
Bog'liq MAKTAB O\'QUV REJASIDA TEXNOLOGIYA FANINI QO\'YILISHI VA UNI TARIXIY
MAKTAB O'QUV REJASIDA TEXNOLOGIYA FANINI QO'YILISHI VA UNI TARIXIY TARAQQIYOTI
MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………………..2
I BOB. MAKTAB O'QUV REJASIDA TEXNOLOGIYA FANINI QO'YILISHI…………………………………………………………………4
1.1Texnologiya va kasb tayorgarligining asosiy yo’nalishlari………………..4
1.2.Texnologiya fanining o‘quv rejadagi o‘rni………………………………..6
II BOB. MAKTAB O'QUV REJASIDA TEXNOLOGIYA FANINI TARIXIY TARAQQIYOTI………………………………………………………………15
2.1.. O’rta osiyoda yoshlarga Texnologiya ta`limini berishning tarixi…….15
2.2.O`quvchilarni tayyorgarlik darasiga qo`yiladigan majburiy
m i n i m a l t a l a b l ar……………………………………………………25
XULOSA……………………………………………………………….31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………..33
KIRISH
Jahonda rivojlangan davlatlar bugungi kunda globallashuv sharoitida barqaror taraqqiyotni mustahkamlashda asosiy etiborni ta’lim sohasini isloh qilishga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Bu, o’z navbatida ta’lim tizimiga yangidan yangi innovatsion yondashuvlar, pedagogik texnologiyalarni samarali tashkil etishdagi jarayonlar bilan kechmoqda. Rivojlangan davlatlar ta’lim sohasiga razm solar ekanmiz, ta’lim samaradorligini oshirish, yangidan yangi imkoniyatlar topish, o’quvchi, talabalarning ta’lim olishiga xizmat qiluvchi yangi mexanizm sifatida pedagogik texnologiyalarda klaster modeli amaliyotda tadbiq etilmoqdalar. Bu, albatta, jahon ta’lim shakllarini zamonaviy va innovatsion ilg’or mehnat bozori talablari asosida diversifikatsiyalash, ta’limning texnologik taraqqiyot go’yalari bilan uzluksiz va izchillik tamoyillariga asoslangan klasterli yondashuv orqali qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda .
Shu jumladan texnologiya darslarida ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida, o’quvchilarni ijodkorlikka, izlanishga qaratilgan pedagogik texnologiyalarga asoslangan klaster metodini sohada qo’llash maktab, kollej, Universitet o’quvchi talabalarga nazariy bilim ko’nikmalarini amaliyotda tadbiq qilish orqali ishlab chiqarish jarayonlarida o’zlarining ijodiy salohiyatini faollashtirishga imkon berib, zamonaviy jamiyat talablariga javob beradigan mutaxassis shaxslarini shakllantiradi.
Biz ushbu bitiruv malakaviy ishimizda texnologiya darslarida “Klaster” metodidan foydalanish orqali ta’lim samaradorligini oshirish bo’yicha
ilmiy asoslangan fikrlar yuritishga harakat qildik.
|
| |