• 1.2.Texnologiya fanining o‘quv rejadagi o‘rni
  • Texnologiya va dizayn” yo‘nalishi.
  • 1. 1Texnologiya va kasb tayorgarligining asosiy yo’nalishlari




    Download 127 Kb.
    bet4/9
    Sana21.12.2023
    Hajmi127 Kb.
    #125695
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    MAKTAB O\'QUV REJASIDA TEXNOLOGIYA FANINI QO\'YILISHI VA UNI TARIXIY

    Tabiiy fanlar - tabiiy geografiya, biologiya, fizika, astronomiya, ximiya, matemateka va informatika markaziy o‘rinni egallaydi. Ijtimoiy fanlar - tarix, til haqidagi ilmiy bilimlar - ona tili, ingliz tili, rus tili va boshqa chet el tillari, badiiy va san‘at asoslari- adabiyot, tasviriy san‘at, musiqa va ashula; jismoniy tarbiya asoslari bilan bir qatorda hamma sinflarda texnologiya ta’limini o‘qitish uchun soatlar ajratiladi. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartining tarkibiy qismlarining tayanch o‘quv rejasi umumta’lim fanlari bo‘yicha belgilangan ta’lim mazmunini o‘quvchiga yetkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlari (davlat ixtiyoridagi va maktab ixtiyoridagi soatlar)ning minimal hajmini belgilaydi.
    1.2.Texnologiya fanining o‘quv rejadagi o‘rni
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘rganish bosqichlari quyidagi jadvalda keltirilgan. Ta’lim bosqichi Bitiruvchilar Standart darajalari Daraja nomlanishi Umumiy o‘rta ta’lim Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari
    A1 Texnologiya fanini o‘rganishning boshlang‘ich dara-jasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining texnologiya o‘quv fani chuqur o‘rga-niladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 4-sinf bitiruvchilari
    A1 + Texnologiya fanini o‘rganishning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi 22 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari
    A2 Texnologiya fanini o‘rganishning tayanch darajasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining texnologiya o‘quv fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 9-sinf bitiruvchilari
    A2 + Texnologiya fanini o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi
    O‘zbekiston Respublikasi va Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari talablari asosida o‘quv dasturlari yangidan ishlab chiqildi hamda belgilangan tartibda tasdiqlanib, umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga joriy etildi.
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanining maqsad va vazifalari;
    Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida texnologiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi. O‘quvchilarda texnik-texnologik jarayon davomida bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatda qo‘llash, kasb-hunar tanlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat. Texnologiya sohasi texnologiya fani va chizmachilik fanlarini o’z ichiga oladi. Bunda: texnologiya fani - 4,72 % (407 soat), chizmachilik - 0,79 % (68 soat).
    Umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasida tahlillar asosida texnologiya fani jadvalda sinflar kesimida haftalik umumiy soatlar bilan belgilab berilgan bo‘lib, bu davlat ta’lim standartlariga asosan o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlari hisobga olinib tuzib chiqilgan. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun tayanch o‘quv rejasi davlat ta’lim standartining tarkibiy qismi bo‘lib, u ta’lim sohalarini me’yorlashga hamda maktabning moliyaviy ta’minotini belgilashga asos bo‘ladigan davlat hujjatidir.
    Tayanch o‘quv rejasi o‘quv predmeti bo‘yicha beriladigan ta’lim mazmunini o‘quvchiga etkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlarining miqdorini ifodalaydi. U har bir sinfda muayyan o‘quv predmeti bo‘yicha davlat standartlariga muvofiq beriladigan ta’lim mazmunini aniqlashga asos bo‘ladi.
    Ta’lim bosqichlari bo‘yicha ta’lim mazmuni, o‘quv dasturi (sinflar bo‘yicha o‘quv soatlari, mavzular taqsimoti), mazmuni bilan tanishish Ta’lim mazmuni inson o‘qitish jarayonida egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar hajmi va xarakteri hisoblanadi. Ta’lim mazmuni - belgilangan maqsadga muvofiq yo‘nalish va hajmiga ega bo‘ladi. U tegishli me’yoriy hujjatlar: ta’lim standartlari, o‘quv reja, dasturlar shaklida rasmiylashtirib, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadi.
    Ta’lim mazmuni to‘g‘ri belgilanishi hamda unga zarur o‘zgartirishlar kiritish, yangilanib borish imkoniyatlari nazarda tutilishi lozim. Belgilangan mazmun asosida o‘quv fanlari, o‘quv soatlari, mashg‘ulot turlari va shu kabilar aniqlanadi. Ta’lim mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlar Davlat ta’lim standarti, umumiy o‘rta ta’limning tayanch o‘quv rejasi, umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi, umumiy o‘rta ta’limning malaka talablari asosida tashkil qilinadi. 5-9 sinflarda umumiy tayyorgarligi 5-7-sinflarda yo‘nalishlar bo‘yicha umumiy mehnat tayyorgarligi.
    Texnologiya va dizayn” yo‘nalishi.
    Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi bo‘limi: o‘quvchilar yog‘ochning xususiyatlari to‘g‘risida boshlang‘ich bilimlarni egallash, ularni rejalash, yo‘nish, arralash, teshish, pardozlash ishlari va bu ishlarni bajarishda ishlatiladigan qo‘l va elektr asboblarining tuzilishi, ishlashi, dastgohlar, elektr va mexanizatsiyalashtirilgan jihozlar, mashinalar elementlari, yangi texnologiyava ilg‘or texnologiya asoslari, texnologik xaritalar, ularni tuzish va foydalanish, xavfsizlik texnologiyaqoidalari, sanitariya-gigiyena talablari to‘g‘risida bilim va amaliy ko‘nikmalarni turlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.

    Download 127 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 127 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. 1Texnologiya va kasb tayorgarligining asosiy yo’nalishlari

    Download 127 Kb.