|
1. 1Texnologiya va kasb tayorgarligining asosiy yo’nalishlari
|
bet | 2/9 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 127 Kb. | | #125695 |
Bog'liq MAKTAB O\'QUV REJASIDA TEXNOLOGIYA FANINI QO\'YILISHI VA UNI TARIXIYMavzuning dolzarbligi.
Bugungi kunda ijodkor mustaqil fikrlovchi barkamol avlodni tarbiyalash Respublikamiz ta’lim tizimining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Keyingi yillarda jamiyatimizda yuz beradigan turli o’zgarishlar, o’z navbatida ta’lim rizimini ham chetlab o’tmayapti. Milliy ta’lim tizimiga nazar tashlar ekanmiz, yaqin chorak asrdan ta’lim sohasiga ko’plar amaliy o’zgarishlar bo’layotganiga guvoh bo’lamiz.
Respublikamizda ta’lim samaradorligini oshirish borasida har bir sohaga alohida e’tibor qaratilib, umumta’lim maktablari, oliy ta’lim muassasalarida o’quvchi, talabalarning kompetensiyaviy imkoniyatlarini kasbga yo’naltirish orqali fan, ta’lim va ishlab chiqarish jarayonlarini yanada takomillashtirish bilan birgalikda ilg’or kadrlarni tayyorlashga innovatsion faoliyatini oshirishga yordam beradi.
Shu jumladan, umumta’lim maktablari, oliy ta’lim muassasalarida kasbiy ta’lim fanlarini kengroq o’tilishi o’quvchi, talabalarning ijodkorlikka, izlanishga qaratilgan turli interaktiv metodlardan foydalanish, ta’lim samaradorligini oshirishda yordam beradi.
Kurs ishining maqsadi. Ma’lumki, maktablardagi kasbiy ta’lim fanlari, shu jumladan texnologiya darslarida, dars jarayonlarining asosiy qismi amaliyotga asoslangan bo’lib bu jarayonlarda o’quvchilar olgan bilim, ko’nikma va malakalarini jamlab amaliyotda mustahkamlashtirishadi.
Har bir fan, ta’lim sohasida “Klaster” metodidan foydalanish orqali o’quvchi yoshlarni kasb-hunarga bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirib, barkamol shaxs bo’lib yetishida, ijodiy va intelektual salohiyatlarini oshishiga zamin yaratib beradi. Ayniqsa, texnologiya darslarida o’quvchilar o’zlarining bilim ko’nikmalari orqali erkin faoliyat yuritib dars jarayonlarida kichik mahsulot ishla chiqarish jarayonida o’zlarining kasb-hunarga bo’lgan qiziqishlarini orttirib borishadi. Shunday qilib, o’quv muassasalar klasterida o‘quvchilarning kasbiy o‘zini o‘zi belgilashini shakllantirishning nazariy va uslubiy asoslari ushbu jarayonni ilmiy asosda amalga oshirishga, nazorat qilish va kerak bo‘lganda uni hayotga tadbiq etish uchun imkon beradi.
|
| |