|
Lazerli (kompakt) disk. CD ROM (Compact Disk Read Only Memory
|
bet | 26/58 | Sana | 24.06.2021 | Hajmi | 1,58 Mb. | | #15172 |
Lazerli (kompakt) disk. CD ROM (Compact Disk Read Only Memory – faqat o`qish uchun lazerli disk). Keyingi paytda bu qurilma juda muhim rol o`ynamoqda. Uning asosiy sababi unga 650 Mbayt hajmdagi ma'lumotni sig`ishi bo`lsa, ikkinchi tomondan uni ishlatishda qulayligi bilan alohida e'tiborga loyiq. Uning CD ROM va CD Writer (yozuvchi) ko`rinishdagilari mavjud bo`lib, birinchisi faqat o`qish uchun mo`ljallangan bo`lsa, ikkinchisi ma'lumot va programmalarni yozish uchun keng qo`llanilmoqda. Ayniqsa, hujjatlarning elektron versiyasini bunday ma'lumot yuritgichi orqali ayirboshlash dolzarb masala bo`lib qoldi.
CD ROM ning muhim ko`rsatkichlaridan biri uning ma'lumot ayirboshlash tezligidir. Hozirda ko`proq 48, 52 tezlikli lazer disklar ishlatilmoqda.
Disketa. Ma'lumotlarni, programmalarni doimiy saqlash, ayirboshlash maqsadida disketalar ishlatiladi. Unga FDD (Floppy Disk Driver – egiluvchan disk qurilmasi) yordamida ma'lumotlar va programmalar yoziladi va undan o`qiladi. Hozirda HD (Higy density-yuqori zichlik) asosan hajmi 1,44 yoki o`ta yuqori 2,88 Mbaytga teng bo`lgani keng ishlatilmoqda. Ayni paytda 120 Mbayt siQimli Floppy disketalar ham ishlab chiqarilish arafasidadir.
|
| |