Buxoro davlat universiteti




Download 285,26 Kb.
bet11/24
Sana04.07.2021
Hajmi285,26 Kb.
#15381
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
1.14.00.00.00 Соғлиқни сақлаш. Жисмоний тарбия. Спорт. Туризм / 14.01.00.00 Соғлиқни сақлаш / 14.01.01.00 Умумий қоидалар / 14.01.01.02 Соғлиқни сақлаш соҳасида бошқарув]
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro’yxatdan o’tkazish O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash Vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshirila boshlandi.

O’zbekiston Respublikasida davlat ro’yxatidan o’tkazilmagan dori vositalarini, qalbakilashtirilgan dori vositalarini, shuningdek O’zbekiston Respublikasida ro’yxatdan o’tkazilgan dori vositalarining g’ayriqonuniy nusxalarini ishlab chiqarish taqiqlandi40. Dori vositalari davlat reyestridan chiqarilgan taqdirda ishlab chiqarilgan hamda dorixonalar, omborlar va davolash-kasallikning oldini olish muassasalarida mavjud bo’lgan mazkur dori vositalarining qoldiqlari masalasi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan hal qilina boshlandi.

Mamlakatimizga dori vositalarini noqonuniy yo’l bilan kiritish va chiqarishni oldini olish, narkotik hamda psixotrop vositalarni saqlash, foydalanish, tranzit qilish, taqsimlash va hisobot yuritish bo’yicha choralar ko’rildi. Topilgan qalbaki, sifatsiz va tegishli ro’yxatdan o’tkazilmagan mahsulotlarni belgilangan tartibda yo’qotilishi yo’lga qo’yildi.

Sog’liqni saqlash Vazirligining 2001 yilda 234-sonli buyrug’i chiqarilgan bo’lib, unda davolash profilaktika muassasalari dori-darmonlarni hayotiy zarur dori-darmonlar ro’yxatidan kelib chiqqan holda xarid qilish lozimligi ko’rsatib o’tilgan. Bu paytga kelib “Dori-Darmon” davlat unitar korxonasi respublikamizga bunday vositalarni yetkazib beradigan asosiy tashkilotga aylandi.2017- yildan boshlab 340 nomdagi dori vositalari va tibbiyot buyumlarinichegaralangan narx bo’yicha sotish yo’lga qo’yildi. 2016-2020-yillarda farmasevtika sanoatini yanada rivojlantirish bo’yicha dastur qabul qilindi

Respublikamizda sanitariya-epidimiologik barqarorlikni ta’minlash Davlat dasturidagi asosiy yo’nalishlaridan biri sifatida balgilandi. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash Vazirligining 1999 yil 24 – iyundagi 416-sonli buyrug’ining ijrosini ta’minlash bo’yicha sanitariya-gigiyena monitoringi va epidimiologik holat uchun kompyuter tizimini ishlab chiqish hamda bosqichma-bosqich uni amalga joriy etish ishlari boshlandi. O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi davlat sanitariya-epidimiologiya nazorati departamenti va Respublika sanitariya-epidimiologiya markazi hamda respublikaning o’nta ma’muriy hududlari o’rtasida modem aloqasi o’rnatildi. 2000 yil 20 – dekabrda respublika sanitariya-epidimiologiya nazorati markazida xodimlar uchun modem aloqasi bo’yicha seminar o’tkazildi41. Bunday seminarlarning o’tkazilishi markaz va ma’muriy hududlar o’rtasidagi aloqaning yaxshilanishiga hamda ish sifatining oshishiga xizmat qildi. Sog’liqni saqlash Vazirligining Respublika axborot-tahlil markazida yuqumli kasalliklar va aholi o’rtasida o’tkaziladigan emlashlar bo’yicha statistik ma’lumotlarning kompyuter dasturini olib borishi yo’lga qo’yildi.

Tibbiy xizmat bozorini rivojlantirish o’z navbatida tibbiy muassasalarni samarali boshqarish, davolash va profilaktika muammolarini samarali yechimini topish maqsadida nafaqat professional bilimlarga, balki menejment va marketing bilimlariga ega bo’lgan kadrlarni tayyorlash muammosini keltirib chikardi. Sog’liqni saqlash tizimidagi eng asosiy muammolardan biri vrachlar bilim saviyasini oshirish maqsadida respublikada 1867 ta akusher-ginekolog va pediatr, qishloq, vrachlik punktlarida faoliyat ko’rsatayotgan 308 ta shifokor Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, Andijon va Samarqand tibbiyot institutlarini malaka oshirish fakultetlarida o’qitildi Shuningdek, bir guruh akusher - ginekolog va pediatr shifokorlar 2002 yilning yanvar oyida xorijiy mamlakatlarga malaka oshirishga yuborildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2107-sonli Farmonining 3-ilovasiga muvofiq 2001-yilda 467 ta tibbiyot muassasalarini aralash moliyalashtirishga o’tkazilishi rejalashtirilgan edi Aralash moliyalashtirish quyidagi yo’nalishlar uchun nazarda tutilgan: bepul tibbiy yordam tizimiga kirmagan tuman, shahar hamda ko’p tarmoqli davolash-profilaktika muassasalarida, ilmiy-tadqiqot institutlari klinikalarida bemorlarni (imtiyozli toifalardan tashqari) tekshirish va davolash uchun; imtiyozli toifadagi bemorlar (nogironlar, urush fahriylari, chin yetimlar) ni ixtisoslashtirilgan davolash muassasalarida tekshirish va davolash uchun; ayrim ko’p tarmoqli bolalar kasalxonalari uchun, Sog’liqni saqlash, sanitariya va farmakologiya sohasida amaliy ilmiy tadqiqotlarni o’tkazish uchun; davlat grantlari bilan belgilanganidan tashqari miqdorda tibbiyot kadrlari tayyorlash uchun ko’zda tutildi. Aralash mablag’ bilan ta’minlash dasturlari bo’yicha davlat dotatsiyalari berish, davlat dasturlariga muvofiq profilaktika, tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-gigiena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish va ularni o’tkazish, davlat granti doirasida tibbiy kadrlar tayyorlash, maqsadli milliy dasturlarga muvofiq fundamental va alohida amaliy ilmiy tadqiqotlar kabi yo’nalishlarni davlat mablag’ bilan ta’minlashi belgilandi. Aralash moliyalanadigan davolash muassasalariga kattalar va bolalar uchun ko’p profilli kasalxonalar, viloyat va respublika ixtisoslashtirilgan markazlari hamda klinikalari kiritildi.

Sog’liqni saqlashni mablag’ bilan ta’minlashni takomillashtirish tibbiy xizmatlarni bepul va pullik xizmatlarga ajratilishi orqali olib borilishi ko’zda tutildi. Bepul ko’rsatiladigan tibbiy xizmatlar davlat byudjeti tomonidan, pullik xizmatlar esa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mablag’ bilan ta’minlanadigan bo’ldi. Pullik xizmat birinchi navbatda korxona va tashkilotlar hamda jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshirila boshlandi. Ko’rsatilayotgan xizmat hajmi aholi ehtiyojiga qarab belgilanadi, xizmat narxi esa bitta bemorni byudjet hisobiga davolanib chiqishi uchun sarflanadigan mablag’ miqdoriga qo’shimcha qulayliklar uchun sarflanadigan mablag’ miqdori qo’shib hisoblandi. Mulk shaklidan qat’iy nazar, barcha davolash profilaktika muassasalariga hududiy sog’liqni saqlash organlari nazorati ostida mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berishga ruxsat etildi.




Download 285,26 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Download 285,26 Kb.