Sonlarni aralash asosdagi pozitsion sistemalari……………………...25 Butun sonning raqamlarini topish......................................................29
II. Bob. Paskal vektori yordamida natural sonlarni bo’lish
Paskal vektori haqida tushuncha….…………………………………33
Natural sonlarni bo’lishda Paskal vektoridan foydalanish.…………36
Хotima……………………………………………………………………..44
Adabiyotlar………………………………………………………………..46
KIRISH
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng ko’pgina jabhalar bilan bir qatorda ta’lim sohasida ham ulkan o’zgarishlar yuz bergani, bunda asosan rivojlangan davlatlarning ta’lim tizimlari namuna sifatida olinib, xalqimiz imkoniyatlari va bilim salohiyatiga mos holda yangi ta’lim tizimi ishlab chiqildi. Bunda ta’lim tizimidagi asosiy vazifa jahon talablariga mos keluvchi axborot texnologiyalarini o’qitish jarayonini qo’llashdan iborat.
O’zbekistonda o’qitish texnologiyalari zamonaviylashtirishni jadallashtirish rivojlangan iqtisodiyotli mamlakatlarga qaraganda yanada dolzarb ahamiyatga ega. Chunki hozirgi kunda milliy ta’lim tiziminnig salohiyatli tizimli rivojlanishining yanada yuqori pog’onasiga ko’tarildi.
O’zbekiston axborot texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish uchun talay intellektual axborot zahiralariga ega. Fanlar akademiyasi, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari ishlab chiqarish firmalarida kompyuter texnikasi, aloqa, dasturiy va axborot ta’minoti, axborot tizimlari bo’yicha malakali xodimlar ishlamoqda. Xalq xo’jaligining ushbu yo’nalishida O’zbekiston Respublikasi yuqorida belgilab berilgan tamoyillarni amalga oshirar ekan, axborotlashgan jamiyat sari shahdam qadamlar bilan bormoqda. XXI asrda oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining bitiruvchilari yangi sharoitlarga ijodiy va kasbiy yondashishga tayyorlangan bo’lishlari lozim. Shu sababli Respublikamizda ta’lim sohasida ham boshqa sohalardagi kabi katta o’zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Respublikamizdagi mustaqil huquqiy demokratik va erkin fuqarolik jamiyati qurish yo’lidagi ulkan ishlar inson mohiyatini kashf etishda, uning o’zligini anglashda imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishda va ma’naviy intellektual, aqliy amaliy rivojlanishi uchun yangi shart-sharoitlar yaratib berilgani, bu o’z navbatida insoniyat yaratgan ma’naviy –ilmiy boyliklarga, insonning o’ziga yangicha munosabat, yondashuvni yuzaga keltirdi. Zero, Prezidentimiz I.A. Karimov aytganlaridek: “Fuqarolar endi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ishtirokchisi, bajaruvchisi emas, balki bunyodkori va tashkilotchisidir”.
Hozirgi kunda inson faoliyatining barcha sohalariga zamonaviy axborot texnologiyalari jadal kirib keldi. Bu texnologiyalarining asosiy tashkil etuvchilari esa, shubhasiz, kompyuter texnologiyalaridir.
«Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertangi kuni mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro’-e’tibori avvalambor farzandlarimizning unib o’sib ulg’ayib qanday inson bo’lib hayotga kirib borishiga bog’liqdir. Biz bunday haqiqatni unutmasligimiz kerak»-deb ta’kidlaydi Prezident I.A.Karimov. Biz mustaqil O’zbekiston yoshlari har tomonlama yetuk, barkamol avlod bo’lib yetishishimiz uchun keng imkoniyatlar yaratilib, yosh avlod tarbiyasiga juda katta e’tibor berib kelinayotgani sir emas. Jumladan, «Asosiy vazifamiz-vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir»-nomli Prezidentimiz I.A.Karimovning 2009-yilning asosiy yakunlari va 2010-yilda O’zbekiston ijtimoiy–iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustivor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida-«biz farzandlamizning nafakat jismoniy va ma’naviy sog’lom o’sishi, balki ularning zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo’lgan, uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib, XXI asr talablariga to’liq javob beradigan barkamol avlod bo’lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yganmiz»,-deb ta’kidlaydilar.
Prezidentimiz I.A.Karimov o’zlarining “Milliy mafkuramiz xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat qilsin” nomli ma’ruzasi “Tafakkur” jurnalining 2-son (1998-yil), bosh muharriri bilan bo’lgan muloqotda insonning ma’naviy-amaliy shakllanishida hayotiy jarayonning hamma jabhalari mohiyati ekanligini asoslab berdi.
Kirib kelgan yangi asr har bir sohada jahon talablariga javob beradigan kadrlardan avvalombor axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini mukammal bilishlarini talab etmoqda. Insoniyatning barcha sohalardagi faoliyati asosan axborot bilan to’liq ta’minlanganligi va axborotlardan samarali foydalanishga bog’liq bo’lib bormoqda.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Akademik litsey, kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularni faoliyatini boshqarish” to’grisidagi 1998 – yil 4 – fevral 77 – sonli qarori, hamda 2001 – yil 23- maydagi “2001 – 2005 – yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, internetning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 230 – sonli, 2002 – yil 30 – maydagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot telekomunikatsiya texnologilyalarini joriy etish to’grisida”gi Prezident farmoni, mazkur farmonni amalga oshirish yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 – yil 6 – iyundagi “2002 – 2010 – yillarda kompyuterlashtirish va axborot telekomunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi” to’g’irisidagi qarori e`lon qilindi. Shunday ekan [2], zamonaviy fan va texnologiyalarning erishgan darajasi, undagi rivojlanishning omillari hamda mavjud nuqson, kamchiliklarini anglash uchun zarur bilim va ko’nikmalarga, avvalo fundamental qonuniyatlarni tub mohiyatini bilishni taqqozo etadi.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi: XXI asrning so’ngi 10 yili mobaynida axborotlar bilan ishlash va axborotlashtirish juda rivojlandi. Bunga sabab shundaki kundalik turmushda, axborotlar, ularni qayta ishlash va uzatishning ahamiyati ortib borishida. Bu esa o’z navbatida jamiyatning har bir a’zosidan axborotlashtirish va axborot texnologiyalari sirlarini, uning qoida va qonuniyatlarini mukammal bilishni taqozo etadi.
Axborotlashtirish va axborot texnologiyalaridan foydalanish yo’nalishida katta tadbirlar amalga oshirildi. Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida»gi qonunda bu dasturning tub mohiyati bayon etilgan. Shuningdek, so’ngi 6-7 yil ichida bu sohada qabul qilingan qator hujjatlar axborotlashgan jamiyatni qurish eng oliy insoniy orzu niyatga aylanganligidan dalolat beradi.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan bugungi kunga kelib, barcha korxonalarda ham ulkan mukammal islohotlar o’tkazilmoqda. Ana shunday islohotlar turlaridan biri bu – shubhasiz boshqarish va ishlab chiqarishda axborot texnologiyalarining joriy etilishidir.
O’zbekistonda ta’lim tizimining axborotlashtirilishi xalqaro hamjamiyatda ham tan olindi. Masofaviy ta’limni rivojlantirish bo’yicha bir qator dasturlar ishlab chiqilmoqda. Iqtisodiyot va jamiyatda islohotlarning o’tkazilishi o’quv jarayonining zahira hajmini keskin oshirish bo’yicha yangi talablar qo’yildi.Hozirgi kunda axborot eng asosiy ishlab chiqaruvchi resurslardan biriga iqtisodiyot va umuman jamiyatning rivojlanish poydevoriga aylanmoqda.
Mamlakatimiz rivojlangan davlatlar qatoridan mustahkam o’rin egallashi uchun esa zamonaviy kompyuter texnologiyalarini hayotimizning barcha jabhalariga keng joriy etish zarur. Yangicha fikrlaydigan, bozor sharoitlarida muvaffaqiyatli xo’jalik yuritadigan yuksak malakali, chuqur bilimli mutaxassisdan zamonaviy kompyuter texnologiyalarining keng imkoniyatlarini o’zlashtirgan holda ulardan o’z faoliyatlarida samarali foydalana olish talab etiladi.
Hozirgi zamon jamiyati rivojlanish ko’rsatkichlarini aniqlovchi ko’rsatkichlardan biri, uning XX asr vositalari bilan ta’minlash va ularni qo’llash darajasidir. EHM ni samarali qo’llashni amalga oshirish yo’llaridan biri yuqori darajadagi dasturlash tillarini chuqur o’zlashtirish, EHM tizimlari, dasturlash texnologiyalari vositalarini amaliyotga keng qo’llashdan iborat. Shu maqsadda bugungi kunda raqobatbardosh yuqori malakali kadrlarni tayyorlash vazifasi o’rtaga tashlangan.
|