I Bob bo`yicha xulosa
Magnit moddalarning domenli strukturasi va ularning xarakteristikalari haqida fikr yuritganda quyidagi umumlashtirilgan mulohazalarni bildirish mumkin:
Kvant fizikasining rivojlanish muvoffaqiyati kuchsiz magnit (paramagnit, diamagnit) va kuchli magnit (magnit tartiblangan–ferromagnetiklar, ferrimagnetiklar va antiferrimagnetiklar) moddalarning asosiy magnit xossalarini tushunish imkoniyatini berdi.
Moddalarning magnit xossalarini hosil bo`lishida elektronlar asosiy hal qiluvchi rol o`ynaydi.
Atomlarning magnetizmi quyidagi uchta sababga asosan hosil bo`ladi:
Elektronda spinli magnit momentining bo`lishi;
Orbital magnit moment hosil qiluvchi atomdagi elektronlarning orbital harakati;
Protonlar va neytronlar spinli momentlari hosil qiluvchi yadroning magnit momenti.
Atom qo`zg`atilganda va ionizatsiyalanganda uning magnit momenti o`zgaradi (masalan, tashqi nurlanish ta`sirida) yoki atomning kimyoviy reaksiyaga kirishganida va hokazo.
Domen strukturasi kristall panjaraning nuqsonlari tufayli mavjud bo`ladigan antiferromagnetiklardan farqli ravishda, kuchsiz ferromagnetiklarda Neel temperaturasidan past temperaturalarda kuchsiz ferromagnit moment mavjudligi sababli barqaror domen strukturaga ega bo`linadi.
|