• 1.2. Kafedra ish rejalarining dasturiy tizim maqsad va vazifalari.
  • 1.4. HTML va ASP haqida
  • Buxoro davlat universiteti




    Download 4.5 Mb.
    bet5/22
    Sana29.07.2021
    Hajmi4.5 Mb.
    #16203
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22



    I bob. UNIVERSITET INFORMARSION TIZIMIDA KAFEDRA ISH REJALARI MODULINI YARATISH

    1.1. Kafedr ish rejalarining mavjud ish tizimi.

    Bizning Buxoro davlat universitetimizda universitet Ilmiy bo’limi tomonidan fakultetlarga ishchi rejalar bo’lib beriladi.Fakultetga berilgan ishchi reja saosida kafedralar o’z ishchi rejasini tuzadi.

    Kafedra ish rejalari deganda biz avvalo kafedrada o’tkaziladigan majlislar,o’quv –uslubiy ishlar ,ma’naviy ma’rifiy, Tashkiliy-uslubiy,Kafedra mudiri,ilmiy tadqiqot ish rejalarini tushunamiz. Hozirgi vaqtda ma’lumotlarni to’plash aksariyat hollarda qog’oz variantda yurgizilyapti. Ma`lumotlarni yig`ishni osonlashtirish va kamchiliklarni oldini olish uchun avtomatlashtirilgan tizim ishlab chiqilmagan. Shu sababli Ilmiy bo’lim kafedra ish rejalarini monitoringni natijalarni to’plashda har bir kafedralarga xat bilan murojat qilinadi. Kafedradagi labarantlar esa har bir ish rejalar bajarilgan yoki bajarilmaganligi haqidagi malumotlarni to’playdi. Bunda quydagilar kiritilgan bo’ladi:


    • Ishning nomi;

    • O’qituvchi ismi, familiyasi, otasining ismi(yuklatilgan);

    • Qachon yuklatilganligi;

    • Bajarilish vaqti;

    • Ishning maqsadi;

    • Bajarilgan yoki bajarilmaganligi;

    • Bajarilganligi to’g’risidagi hujjat;

    Bu ma’lumotlarni kafedra labaranti barcha o’qituvchilardan to’plab ilmiy bo’limga qog’ozga chop etgan holda va elektron variantda taqdim etiladi. Ushbu jarayonda ko’plab kamchiklarga duch kelinmoqda. Masalan kafedradagi barcha o’qituvchilarning ish rejalar haqidagi ma’lumotlarni yig’ib bo’lmasligi buning sababi o’qituvchining boshqa binoda darsi bo’lishi yoki xizmat safarlarida bo’lishi munkin. Unda o’qituvchilarning ish rejalari haqidagi ma’lumotlar to’liq holda bo’lmaydi. O’qituvchilar ishchi yuklamalari har bir kafedra bu ma’lumotlarni ilmiy bo’limga taqdim etguncha ko’p vaqt sarflanadi. Kafedra ish rejalarining mahsus tizimi yaratilmasa ushbu ma`lumotlar tartibsiz va har xil joylarda saqlanadi. Buning natijasida kerakli hisobotlarni tayyorlash juda katta vaqt talab qiladi va to`liq hisobotni shakkilatira olib bo`lmaydi. Ushbu hisobotlar universistet reytingini aniqlashda juda ham muhim malumot hisoblanadi. [4]

    1.2. Kafedra ish rejalarining dasturiy tizim maqsad va vazifalari.

    Kafedra ish rejalari ya’ni, majlislar,o’quv –uslubiy ishlar ,ma’naviy ma’rifiy,Tashkiliy-uslubiy,Kafedra mudirining ish rejalari,ilmiy tadqiqot ish rejalari hisoblanadi. Ilmiy bo’lim rahbariyati bu ma’lumotlarni yig’ish uchun fakultet dekanatiga murojat qiladi. Dekanat esa kafedralarga e’lon qiladi. Kafedralar hamma o’qituvchilarni yig’ib majlis qilib ulardan ma’lumotlar olishi munkin,ammo o’qituvchilar xizmat safarlarida va boshqa sabablar tufayli majlisda qatnasha olmasliklari mumkin. Har qancha vaqtda kafeda mudiri o’qituvchilarga   yuklatilgan vaziflarni bajarilganligi haqidagi ma’lumotlarni yig’ib olishi va ularni tasdiqlashi kerak bo’ladi.Yuqoridagi sabablar tufayli hujjatlar to’liq bo’lmasligi mumkin.

    Ushbu muammoni yechish maqsadida hamda Kafedra ish rejalari bo’yicha umumiy ma’lumotlar bazasini yaratish maqsadida mavjud tizim bilan bog’langan Kafedra ish rejalari modulini yaratishga kirishdik. Kafedra ish rejalari malumotlar bazasini yaratishda bunda bizga ishchi reja, rejalar ishi, rejalar bloki,

    Bo’lim rejalari,dokumentlar,ishchilar,bo’limlar kabi jadvallar kerak bo’ladi.

    Jadvallar bilan ishlash uchun malumotlar bazasini boshqarish tizimi sifatida, SQL tili ishlatiladi. Bu tizimini lokal va global tarmoqda ishlashni ta`minlash maqsadda foydalanuvchilar interfeysalarni chiroyli va barchaga tushunarli interfeyslar hosil qilish uchun ASP texnologiyasidan, web dasturlash tillaridan foydalanamiz. SQL va ASP dasturiy obyektni ishlab chiqishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, kafedra ish rejalarini avtоmatlashtirish orqali ko’pgina qulayliklar yaratildi:


    • Istalgan paytda istalgan joyda internet global tarmog’i yoki ta`lim muasasasi lokal tarmog`i orqali o’qituvchi o’zining ish rejalari haqidagi ma’lumotni kiritishi va ish rejalari haqida to’liq ma’lumot olishi mumkin;

    • O’qituvchi kiritgan ma’lumotlar mavjud ma’lumotlar omborida tartibli saqlanadi;

    • Kafedra ish rejalarinig turlarga bo’linishi;

    • Vaqtning tejalishi, ish sarfi kamayishi va xatoliklarni oldini olish;

    • Tizimdagi foydalanuvchilarga ruxsat berilgan bo’lsa shularning barchasi rahbariyat xodimlari,kafedra mudiri,o’qituvchilar,administrator kirishi ta’minlash;

    • Foydalanuvchilar uchun qulay intefeysli muhitni yaratib berishni taminlash;

    Bundan ko’rinib turibdiki kоmpyutеr insоn imkоniyatlarini yanada kengroq оshiruvchi vоsita bo`lib хizmat qilishi, vaqtining tejalishiga imkon yaratadi, chunki har qanday mutaхassis ham bu kabi katta hajmdagi ma’lumоtlarni qayta ishlashda хatоliklarga yo`l qo`yishi mumkin bo’lgan holdir. Yuqorida bajarilayotgan ishdavomida uchraydigan xatoliklarni oldini olish, tuzatish jarayoni ancha tez amalga oshiriladi. Chunki agar bu kafedra ish rejalari qog’oz variantda bo’lsa uni yana qaytadan yozishga to’g’ri keladi. Bunda asosan vaqt tejalishi bilan birgalikda qog’ozda bajariladigan ishlarning kamaytirishga imkon yaratadi, ancha miqdorda sarf xarajatlar tejaladi. Yuqorida aytib o’tilgan tizimning qulaylik taraflarini hisobga olgan holda avtomatlashtirilgan modul tizimini va universitetda mavjud tizimasosida amaliyotda qo’llansa. Ya’ni bu tizim www.buxdu.uz saytida joylashtirilgan bo’lib,bu jarayonni o’qituvchilar, talabalar yoki foydalanuvchilar o’zlari i ruxsat etlgan,kerakli kafedra ish rejalari yoki ularni elektron nusxalaini olishi mumkin. Bu tizimning yana bir qulaylik taraflaridan biridir. [5]

    1.3. Kafedra ish rejalari modulini yaratish uchun kerakli ma’lumotlar.

    Kafedra ish rejalari modulini yaratish uchun bizga rejalar nomi,turi kerak bo’ladi.



    • Ish reja turi

    • Ish reja nomi

    • Yukltilgan o’qituvchilar

    • Tasdiqi

    • Bajarilish vaqti

    • Yuklailgan vaqti

    • Reja yakunlanish vaqti

    • Ish turi kodi

    • Ish reja kodi

    • Bajarilganligi haqidagi hujjat



    Kafedra ish rejalarini tuzish uchun kerak bo’ladigan jadvllar

    • Worker_plan(ishchi reja);

    • Workers(ishchilar)

    • Departament_plans(ishchi bo’lim);

    • Plan_works(ishlar rejasi)

    • Blok_plan(ishlar guruhi);

    • Dokuments(hujjatlar);

    • Departaments(bo’limlar);

    Yuqoridagi ma’lumotlarning barchasi birgalikda kafedra ish rejalari modulini tuzilishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Yuqorida qayd qilib o’tilgan ma’lumotlar va shakllarni to’ldirish ko’p vaqtni talab qiladi. Shuningdek mehnat sarfi qog’oz istirofi yuzaga keladi. Shu kamchiliklarni oldini olish va elektronlashtirish maqsadida kafedra ish rejalari avtomatlashtirish masalasi joriy qilindi. Kafedra ish rejalari haqidagi ma’lumotlar bilan ishlash uchun ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT)dan SQL tili tanlab olinadi. Dasturiy mahsulotni ishlab chiqishda ASP va SQL tili asosiy manba hisoblanadi.Yaratilishi ko’zda tutilgan o’qituvchilar kartasining MBBT ga qo’yiladigan qismini o’qituvchilar shakllantirildi.

    So‘rovlar SQL tili operatorlari yordamida yaratiladi. Operatorlar so‘zlar deb ataluvchi aloxida ma’noli qismlardan tashkil topadi. Operatorlar sintaksisi SQL tilining standartida belgilab berilgan. SQL tili relyatsion ma’lumotlar bazasi bilan ishlashiga qaramasdan “kafedra mudiri” atamasi o‘rniga “rahbariyat” atamasi, “kortej” va “atribut” atamalari o‘rniga “satr” va “ustun” atamalari ishlatiladi.



    1.4. HTML va ASP haqida

    Kafedra ish rejalari web dasturlash qismini HTML tili va ASP texnologiyasi foydalandim.

    HTML (ing.Hypertext Markup Language gipermatnli belgilash tili) - bu SGMLga (Standard Generalized Markup Language standart umumlashtirilgan belgilash tili) asoslangan va xalqaro ISO 8879 standartiga mos keluvchi til, xalqaro to'rda ishlatiladi.

    HTML sahifa - bu oddiy text fayl bo'lib, html qisqartmasiga ega. HTML sahifani yaratish uchun maxsus dastur shart emas. Matn tahrirlovchi har qanday dastur orqali HTML sahifa yaratish mumkin. Ana shunday matn tahrirlovchi oddiy dasturlardan biri bo'lgan Notepad (Блокнот), Windows muhitida ishlovchi har bir kompuyterda mavjud. HTML sahifaning asosiy elementlaridan biri bo'lgan Teglar haqida dastlabki tushunchaga ega bo'lsak.

    HTML TEG:

    Bu HTML hujjatdagi turli elementlarni (matn, tasvir va boshqalar) web sahifada qanday ko'rinishda aks ettirish lozimligini brauzerga ko'rsatuvchi komandalar. Teglar ma’lum o'lcham va vazifani bajaruvchi komandalardir.



    Teg quyidagi ko'rinishda bo'ladi:

    hujjat elementi



    Download 4.5 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




    Download 4.5 Mb.