Buxoro davlat universiteti




Download 1.33 Mb.
bet5/16
Sana01.08.2021
Hajmi1.33 Mb.
#16596
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Buyruq

Operand adresi

0011 1111

1101 0001

0000 0101

1101 0010

0000 0110

1101 00111

0000 0111

1101 0100

1000 0000

1101 0101

2) mashinaga moslashgan tilda

MOV AX, 7

ADD AX, 5

MOV A, AX

3) protsedurali tillarda A75.

Ko‘rinib turibdiki, protsedurali tillardagi yozuv tabiiy yozuvga yaqin.

Birinchilar qatorida yuzaga kelgan protsedurali tillar ichida FORTRAN (FORmula TRANslation - formulalarni boshqa ko‘rinishga aylantirish). O‘zining sodda tuzilishi, samarali translatsiyalanishi bu tilni nafaqat shu kungacha saqlanib qolishiga sabab bo‘ldi, balki uning ilmiy tadqiqot, injener-texnik masalalarini yechishda eng samarali til sifatida rivojlanib, keng tarqalishiga sabab bo‘ldi.

Fortran tili Beysik tilining asosiga qo‘yildi. Beysik so‘zi inglizcha «VASIC-Veginners All-purpose Symbolic Instruction Sode» ma’noni anglatadi. Bu jumla quyidagicha tarjima kilinadi: boshlovchilar uchun ko‘pmaqsadli belgili buyruqlar tili.

Beysik tili mutaxassis bo‘lmagan odamlarni dasturlash texnologiyalariga jalb qilish imkoniyatini berdi. Beysik tilida dastur operatorlarining kamligi, tuzilishining soddaligi uni dasturlashga o‘rgatish tili sifatida keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. Bu til asosan maktablarda o‘rgatiladi.



Algol-60 tili Fortranga nisbatan takomillashgan til, unda tuzilgan dasturlar moslashuvchanlik va yuqori ishonchlilik xususiyatlari bilan xarakterlanadi.

Prolog va Lisp tillari sun’iy tafakkur sohasidagi masalalarni yechishga moslashgan. Bu tillar belgili ma’lumotlarni qayta-ishlash orqali matematika va mantiqiy masalalarni yechishga eng qulay tillardir.

1971 yilda paydo bo‘lgan Paskal tili dasturlash texnologiyalariga strukturali dasturlash g‘oyasini olib kirdi. Natijada bitta masala bir nechta bo‘laklarga bo‘lingan holda alohida yechilishi va oxirida bitta dasturga jamlanish imkoniyati yuzaga keldi.

Si tili zamonaviy kompyuterlar xususiyatlarini o‘zida aks ettirgan va samarali dasturlar yaratishda Assemblerga murojaat qilmaydigan til sifatida namoyon bo‘ldi. Bu til UNIX operatsion sistemasida yozilgan.



Ayni paytda dasturlash texnologiyasining istiqbolli yo‘nalishlaridan biri obyektga yo‘naltirilgan dasturlash tillaridir (объектно-ориентированное программирование).

Obyektlar ko‘p ishlatiladigan dastur modullaridir. O‘z navbatida obyektlar ikkita qismdan tashkil topadi: metodlar va o‘zgaruvchilar. Metodlar protsedura va funksiyalar to‘plami bo‘lib, obyekt ishlash algoritmini aniqlaydi. O‘zgaruvchilar turli xil qiymatlarni qabul qiladi.

Obyektga moslashgan dasturlashning asosiy mohiyati shundaki, sodda obyektlardan vorislik orqali murakkab obyektlar shajarasini yaratish mumkin. Bunda biror masalani yechish deganda masala algoritmiga mos obyektlar shajarasini qurish tushiniladi.

Obyektga yo‘naltirilgan tillarning yaqqol namunasi - bu Delphi vizual dasturlash muhitidir. Bu muhit Turbo Paskal tili asosida yaratilgan bo‘lib, unda dastur yaratish muhitidagi mavjud komponentalarni loyihalash asosida bo‘ladi. Shuning uchun ham bosh dastur Rgoject deyiladi. Delphining yana bir muhim xususiyati vizual dasturlashdir, ya’ni dastur yaratilayotgan paytda tuzuvchi hosil bo‘ladigan dastur shaklini ko‘rib turadi va grafik interfeys yordamida komponentalar shaklini o‘zi ma’qul topgan joyiga qo‘yishi mumkin.

Visual Basic tili ham obyektga moslashgan til hisobalanadi va Windowsning ofis dasturlarida makroslar yozish uchun til sifatida ishlatiladi.

Internet uchun dasturlar yaratish uchun NTML (Nureg Text Markur Language) 1989 yilda yaratilgan bo‘lib, WWW sahifalarini yaratish uchun asosiy til bo‘lib qolmoqda. Bu til yordamida sahifa poligrafik usulda yaratishilishi mumkin, unda matn, audio, video, animatsiya va boshqa ma’lumotlar joylashishi mumkin.

Java tili kompyuter tarmoqlarida amal qiladigan dasturlarni yaratishga mo‘ljallangan, ya’ni Java tilida yozilgan dasturlar global tarmoqlarda dinamik reklamalarni (animatsiya, teletayp lentalari) global tarmoqda joylashtirish uchun ishlatiladi, Java tilining afzalligi shundaki, u turli operatsion sistemalarda ham birdek amal qilaveradi. Java dastursi bir paytda Windows, UNIX va Macintosh operatsion sistemalarida ishlashi mumkin.

Quyidagi jadvalda dasturlash tillari haqida ma’lumotlar keltirilgan.




Download 1.33 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 1.33 Mb.