Buxoro davlat universiteti




Download 1.33 Mb.
bet4/16
Sana01.08.2021
Hajmi1.33 Mb.
#16596
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
I. Dasturlash tillari.
1.1. Dasturlash tillari haqida umumiy ma’lumot.
Dasturlash tillari sun’iy tillar hisoblanadi, ularda sintaksis va semantik qoidalar qat’iy aniqlangan bo‘ladi. Shu sababli Dasturlash tillari tabiiy tillardan farqli ravishda jumlalarni ko‘pmazmunli va erkin talqin etishga yo‘l qo‘ymaydi. Buning asosiy sababi tildagi har bir ko‘rsatma mashina tilidagi aniq bir buyruqqa o‘tadi.

Sintaksis-bu qoidalar to‘plami bo‘lib, Dasturlash tilida ruxsat etilgan belgilarning ketma-ketligi va asosiy ichki tuzilishni aniqlaydi.

Semantika-til birliklariga (so‘z, so‘z birikmalari, jumlalariga) beriladigan qiymatlardir.

EHMlar endi yuzaga kelgan paytda dastur tuzishda, faqat mashina tillarida, ya’ni sonlar yordamida EHM bajarishi kerak bo‘lgan amallarning kodlarida kiritilgan. Bu holda mashina uchun tushinarli sanoq, sistemasi sifatida 2 lik, 6 lik, 8 lik sanoq sistemalari bo‘lgan. Dastur mazkur sanoq sistemasidagi sonlar vositasida kiritilgan.

Yuqori bosqichli dasturlashda, mashina tillariga qaraganda mashinaga moslashgan (yo‘naltirilgan) belgili kodlardagi tillar hisoblanadi. Belgilar kodlashtirilgan tillarning asosiy tamoyillari shundaki, unda mashina kodlari ularga mos belgilar bilan belgilanadi, hamda xotirani avtomatik taqsimlash va xatolarni tashhis qilish kiritilgan. Bunday mashina moslashgan til - ASSEMBLER tili nomini oldi.

EHM faqat mashina tilini-buyruqlar, operand va sonlarning ikkilik sanok, sistemasidagi ko‘rinishini «tushinadi». Shu sababli, Assembler tilida yozilgan dasturlar uchun ularni mashina tiliga o‘tkazuvchi «tarjimon» kerak bo‘ladi.

Assembler tilidagi dasturni mashina tiliga o‘tkazuvchi maxsus dastur translator deyiladi, ayrim hollarda uni assembler deb ham atashadi.

Mashinaga moslashgan tillarning asosiy kamchiligi bir turdagi mashina uchun tuzilgan dastur boshqa mashinalarda bajarilmaydi, ya’ni bunday tillar mashinaning apparat tuzilishiga bog‘liq qilib yaratiladi. Masalan, Praves mashinasi uchun tuzilgan dastur IBM yoki YAMAHA turidagi mashinalar uchun o‘tmaydi va aksincha.

Dasturlash tillarining keyingi bosqichida protsedurali tillar joylashadi. Bu tillaring asosiy xususiyati shundaki, ularning sintaksis va semantikasi konkret EHM (protsessor) buyruqlari tarkibiga bog‘liq emas. Tuzilgan dasturni konkret EHM ga bog‘lashni translator amalga oshiradi.

Dasturning boshlang‘ich matni operativ xotiraga kiritilgandan keyin u translatsiya qilinadi. Natijada, aynan shu mashina «tushinadigan» buyruqlar ketma-ketligi hosil bo‘ladi va ularni bajarish asosida EHM masalani yechadi.

Dasturni tarjimasi va uni bajarish jarayoni ikki usulda amalga oshirilishi mumkin:



Birinchi usul-komplilator deb nomlanuvchi usulda dasturni EHMda bajarilishi-tarjima jaryoni to‘liq, tugagandan keyin amalga oshiriladi. Bunda tarjima dastursini operativ xotirada saqlab turishga hojat yuq, shu sababli xotirani tejashga erishiladi.

Ikkinchi usul – interpretatsiya - dasturdagi ayrim operatorlar ular tarjima qilingan zahoti bajariladi, shundan keyin navbatdagi operator tarjima qilinadi, bajariladi va hokazo. Bu rejimda xotirada interpretator dastursi ham bo‘lishi kerak, natijada qo‘shimcha xotira ishlatiladi va dasturning ishlashi kompilyatsiya qilinganga nisbatan sekin ishlaydi. Interpretatorning afzallik tomonlari dasturlarni sozlash paytida ko‘rinadi, ya’ni yo‘l qo‘yilgan xatolar tuzatilishi mumkin. Kompilatorda bunday imkoniyat yo‘q.

Protsedurali tillarning umumiy xususiyatlarini ko‘raylik. Bu tillarda dasturdagi yozuvlar umumiy qabul qilingan matematik yozuvlarga juda yaqin va tushunish uchun yengildir. Masalan, 7 va 5 sonlaring yig‘indisini hisoblash amalini dasturlash tillarida yozilishini ko‘raylik:

  1. mashina tilida






Download 1.33 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 1.33 Mb.