Qayta
tayyorlash.
2006
yilda
TMDQ
va
O‘zMU atrof-muhit
mutaxassislarini va atrof-muhit bo‘yicha dastur va qo‘llanmalar tayyorlash uchun
qo‘shma markaz tuzdilar. 2008 yilda (M.V.Lomonosov nomidagi) Moskva nozik
kimyoviy texnologiyalar davlat akademiyasi ushbu markazning ham muassisi
bo‘ldi. O‘zMU professor-o‘qituvchilari va Tmdqning yuqori lavozimdagi
228
xodimlari TMDQ xodimlari va sanoat korxonalarining atrof-muhit mutaxassislari
uchun o‘quv mashg'ulotlar olib boradilar. TMDQ korxonalar uchun maxsus
atrof-muhit bo‘yicha mashg'ulotlar tashkil qiladi.
Norasmiy ta’lim. Mamlakat aholisi orasida norasmiy ta’limni TMDQ,
muhofazalangan tabiiy yerlar ma'muriyati, "Bioekosan” milliy o‘quv va
metodologiya markazi va NNTlar olib boradi. Masalan, Buxoro ixtisoslashgan
jayron pitomnigi maktab o‘quvchilari, talabalar va mahalliy aholi uchun o‘quv
tadbirlar o‘tkazadi. Zarafshon qo‘riqxonasi, Toshkent botanika bog'i va Ugam-
Chotqol milliy bog'i boshqa tashkilotlar bilan bir qatorda mamlakatda norasmiy
atrof-muhit bo‘yicha ta’limda faollik ko‘rsatmoqda. “Hayot uchun ta’lim” maktab
o‘quvchilari uchun atrof-muhit bo‘yicha ta’lim markazini yurituvchi nurdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “Atrof-muhit holatining sharhi"birlashgan millatlar tashkiloti, Nyu-York va
Jeneva, 2010.
2. Ergashev A “Ekologiya”, “O‘zbekiston” -Toshkent, 2003
3. “Inside Ecology " internet nashri.
4. Sultonov P. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari T. “Musiqa”
2007.
NUTQIY FAOLIYATDA MULOQOTNING INTERAKTIV VA
PERSEPTIV TOMONLARI ZARURATI
Nafisa HAMROYEVA,
BuxDU maktabgacha ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi
Muloqot faqat insonlarga xos bo‘lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat
jarayoni davomida bir-birlariga nimanidir aytish istagi tug‘iladi. Muloqot odamlar
o‘rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog‘lanishlar
rivojlanishining
ko‘p
qirrali
jarayonidir.
Muloqot
birgalikda
faoliyat
ko‘rsatuvchilar o‘rtasida axborot ayirboshlashni o‘z ichiga oladi. Bunda
munosabatning kommunikativ jihati hisobga olinadi. Kishilar munosabatga
229
kirishishda, avvalo tilga murojaat qiladilar. Muloqotning yana bir jihati
munosabatga kirishuvchilarning o‘zaro birgalikdagi harakati – nutq jarayonida
faqat so‘zlar bilan emas, balki harakatlar bilan ham ayirboshlashdan iborat.
Masalan, munosabatga kirishar ekanmiz, u bizni qoniqtirsa imo-ishora bilan
muloqotda bo‘lamiz. Munosabatning keyingi jihati muloqotga kirishuvchilarning
bir-birlarini idrok eta olishlaridir. Masalan, biz bir kishi bilan muloqotga
kirishishdan avval uni hurmat qilib yoki mensimasdan munosabatda bo‘lamiz.
Demak, muloqot jarayonida kommunikativ (axborot uzatish), interaktiv (o‘zaro
birgalikda harakat qilish) va pertseptiv (o‘zaro birgalikda) idrok etish amalga
oshiriladi.
Muloqot qonuniyatlarini bilish hamda uni o‘rnatish malakalari va
qobiliyatlarini rivojlantirish har bir kishi uchun muhimdir. Har bir kishining o‘z
“meni” atrofdagilar bilan bo‘ladigan muloqot jarayonida shakllanadi, Shaxsning
hayot yo‘llari avval oilada, bog‘cha, maktab, institut, ishxona, keksalar orasida,
ya’ni guruh va jamoalarda rivojlanadi. Bizning yuksak ma’naviy
ehtiyojlarimizdan biri bu muloqotga bo‘lgan ehtiyojdir. Muloqotga bo‘lgan
ehtiyojimiz qondirilmasa, ongimiz ham rivojlanmaydi. Shuning uchun biz doimo
muloqotga bo‘lgan ehtiyojlarimizni qondirishimiz lozim. Kimlar bilandir bo‘lgan
muloqotdan qoniqish hosil qilamiz, lekin ayrim hollarda esa biz qoniqmaslikni his
qilamiz.
Pedagogik muloqot - bu muloqot turlaridan biri bo‘lib, pedagogik faoliyatda
muhim o‘rin tutadi. Biz guruh va jamoaga kirar ekanmiz, doim unda turli rollarni
bajarishga to‘g‘ri keladi. Rasmiy guruhda boshliq rolini o‘ynasak, kasalxonada
bemor, do‘konda xaridor, oilada rafiq yoki rafiqa, ota - ona oldida esa farzandlik
rolini bajaramiz. Muloqot shaxslararo munosabatlarning shunday ko‘rinishidirki,
uning yordamida odamlar bir-birlari bilan o‘zaro ruhiy jihatdan aloqaga
kirishadilar, o‘zaro axborot almashadilar, bir-birlariga ta’sir o‘tkazadilar, bir-
birlarini his qiladilar, bir-birlarini tushunadilar. Shuning uchun muloqot ijtimoiy
230
psixologik hodisa sifatida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida ishtiroq etib,
hamqorlik faoliyatining moddiy, ma’naviy, madaniy, emotsional, motivatsion
qirralarining ehtiyoji sifatida vujudga keladi. Insonda yuzaga keladigan har xil
ehtiyojlarni maqsadga muvofiq ravishda qondirish muloqot maromiga bog‘liq
bo‘lib. shaxslararo munosabat, barkamol avlod, komil inson g‘oyalarini anglatadi.
Muloqot muvaffaqiyatining negizi shaxsning ruhiy dunyosi, ehtiyojlari
motivatsiyasi, xarakter xislati, individual-tipologik xususiyati, qobiliyati, e’tiqodi
kabi insonning fazilatlari, sifatlari namoyon bo‘lishi, rivojlanishi hisoblanadi.
Muloqot jarayonida muloqotdoshlarning tasavvurlari, qiziqishlari, his-tuyg‘ulari,
ko‘nikmalari, voqelik natijasini oldindan sezish, payqash, ta’sir o‘tkazish uslubi
tarkib topishi mumkin.
Muloqot tashqi ta’sirlar, namunalar asosida o‘zini-o‘zi tuzatish, qayta tarbiyalash,
shaxsiy imkoniyatini ruyobga chiqarish uchun puxta zamin hozirlaydi, komillik
sari yetaklaydi.
Barkamol insonlarning muomala maromi, mulohaza yuritish uslubi,
munosabatga kirishish o‘quvchanligi, vaziyatdan chiqish salohiyati ham, boshqa
odamlar tomonidan taqlid qilinadi va hayot tajribasida unga rioya etib yashaydi.
Odamlar o‘rtasidagi shaxslararo munosabat jarayonida g‘ayritabiiy ijtimoiy holat
yoki hodisaga ongli tayanish - o‘zini - o‘zi mukammallashtirish, o‘zini - o‘zi
ruyobga chiqarish, o‘zini-o‘zi boshqarish, o‘zini - o‘zi baholash, o‘ziga - o‘zi
buyruq berish shaxsning ruhiy dunyosida muhim kamolot bosqichidir. Shuning
uchun ichki va tashqi taqlidning tushunish hamda ularni bosqichma-bosqich
egallab borish bo‘lg‘usi mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi hamda barkamol
shaxs sifatida shakllanishining garovidir.
Muloqotga kirisha olmaslikning asosiy sababi bu o‘zini-o‘zi ortiqcha yoki
past baholash tufayli o‘ziga va uni qurshab turgan odamlarga noto‘g‘ri
munosabatdir. Buning oldini olish imkoniyatlari mavjud bo‘lib, asosan
quyidagilarga ahamiyat berish ijobiy samaralar sari yetaklaydi:
231
1) hamkorlik faoliyatida, muloqotlar tizimi orqali muloqot jarayonining barcha
a’zolari o‘rtasida insonparvarlik munosabatlarini tashkil qilish, emotsional muhitni
taqqoslash imkoniyatini yuzaga keltirish.
2) muloqotda ichki munosabatlar tizimida har bir a’zoning qulay pozitsiyasini
ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish.
3) insonning muloqot xususiyatlari, maromi, usullari, shakllari to‘g‘risidagi
axborotni egallashga oid maxsus mashg‘ulotlarni uyushtirish.
4) shaxslararo munosabatlar va muloqot usullariga mo‘ljallangan ishbilarmonlik
o‘yinlari, psixodrama, trening tizimini yaratish.
L. S. Vigotskiy, A. N. Leontev, A.R. Luriya, D.B.Elkonin, A. V. Zaporojets,
M.I.Lisina
tadqiqotlarida
ko‘rsatilishicha,
bolaning
dastlabki
ijtimoiy
ehtiyojlaridan biri – bu muloqotga nisbatan ehtiyojdir. A.V.Zaporojets va
M.I.Lisinalar tadqiqotlarida ta’kidlanishicha, bolalarning kattalar bilan muloqotga
kirishish ehtiyoji 7 yoshgacha bir nechta bosqichlar tarzida rivojlanib boradi:
1) e’tibor va xayrixohlikka ehtiyoj paydo bo‘ladi;
2) kattalar bilan hamkorlik qilish ehtiyoji tug‘iladi;
3) avvalgi barcha ehtiyojlarga kattalar tomonidan hurmat qilish ehtiyoji tug‘iladi;
4) maktabgacha tarbiya yoshidagi bolada atrofdagilar bilan o‘zaro bir-birini
tushunish ehtiyoji vujudga keladi.
Xullas, inson o‘zini idora qilish, turli vaziyatlarda o‘zini tutish fazilatlari
o‘zlashtirilayotgan davrda ba’zi bir qoidalarga rioya qilsa, hamkorlikda ma’lum
yutuqlarga erishadi. Ijtimoiy hodisalarning voqe bo‘lishi faqat ichki ruhiy holat va
uning mazmunini aks ettiribgina qolmaydi, balki ikki tomonlama aloqa tufayli
mazkur jarayon yuzaga keladi. Ixtiyoriy, faol diqqatning tashqi ob’ektlarga
yo‘naltirilganligi va to‘planganligi turli omillar ta’siri tufayli samaradorlik
darajasini pasaytiradi, asabiy holat ishchanlikni kamaytirib muloqot maromiga
putur etkazadi. Inson o‘zini erkin, ozod, bemalol his etish xislatini o‘zlashtirish
232
uchun jismoniy keskinlik, asabiy taranglik, aqliy zo‘riqish orqali ko‘zlangan
maqsadiga yetishi mumkin.
Yuqoridagi qoidalarga rioya qilinib, gavdalarni to‘g‘ri tutish, muammoli
vaziyatlarga va muloqot maqsadiga mutanosib tushadigan hodisalar, holatlar
muayyan muhit, mazmunli harakatlar, imo-ishoralar, mimika, pantomimika ustida
ishtiyoq bilan shug‘ullanilsa, yengil tabassum, iliq, miyig‘ida kulish, chiroyli
yurish kabi mashqlarni amalga oshirsalar, noverbal nutq yordami bilan shaxslararo
munosabatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga erishiladi. Atrofdagilarda yoqimli
taassurot qoldirish, ularda mehr-muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish muloqotdosh
tanlashga imkon tug‘diradi. Jismoniy va ma’naviy jihatdan erkinlikka erishish
o‘ziga ishonch tuyg‘usini yuzaga keltirsa, mustaqillik muloqotda teng huquqli
sherik bo‘lishga shart-sharoit yaratadi.
|