• Kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim.
  • Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet80/352
    Sana10.01.2024
    Hajmi9,63 Mb.
    #134163
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   352
    Bog'liq
    BuxDUPI to\'plam

    Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi. O‘zbekistonda ko‘p maktabgacha
    ta’lim muassasalarida bolalarni tabiat va atrof-muhit bilan tanishtirish
    mashG'ulotlari tashkil qilinadi. Jami maktabgacha muassasalarning 40 foizida
    ekologik ta’lim uchun maxsus xonalar bor va muassasalrning 16 foizida bolalar 
    tabiatni parvarish qilishni o‘rganadigan “Atrof-muhit so‘qmoqlari” tashkil 
    qilingan.
    O‘zbekistonda barcha boshlang'ich maktablarda atrof-muhit mavzulari 1 va 2 
    sinflarda “Atrofimizdagi dunyo” va 3 va 4 sinflarda “Inson va tabiat” fanlarida 
    yoritiladi. Umumta’lim va o‘rta maktablarda xususan ekologiya darslari yo‘q. 
    Atrof-muhitga tegishli ba'zi mavzular tabiiy fanlar va salomatlik va sog'lom
    turmush tarzi fanlariga kiritilgan. Bioxilma-xililk, inson va er, suv – hayot
    manbai mavzularida 5-dan 9-sinfga qadar qo‘shimcha o‘quv materiali sifatida
    qo‘llanmalar yaratilgan. 2005 yilda “Boshlang'ich maktabda ekologik ta’lim” 
    metodologik qo‘llanma ishlab chiqilgan edi. 2009 yilda 5-dan 9-sinfgacha
    o‘qituvchilar uchun “Inson va tabiat” qo‘llanmasi chop etildi. TMDQ
    maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablar uchun atrof-muhit mavzularida bir 
    necha qo‘llanma nashr etdi.


    227 
    Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi Milliy ta’lim markazi barqaror rivojlanish 
    uchun ta’lim (BRT) borasida o‘qituvchilar uchun malaka oshirish olib boradi. 
    Brtdan ba'zi o‘quv materiallar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, Fan va
    Madaniyat Tashkiloti (YUNESKO) va Markaziy Osiyo mintaqaviy atrof-muhit
    markazi yordami bilan nashr etildi. Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston 
    milliy universiteti maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilar uchun Brtdan metodologik 
    va malaka oshitish qo‘llanmasini nashr etdi.
    Kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim. O‘zbekistondagi barcha kasb ta’lim
    muassasalari (kasb-hunar kollejlari)da majburiy ekologiya yoki atrof-muhitni
    muhofaza qilish darslari o‘tiladi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish
    va tabiiy ofatlarni monitoring qilishdan o‘quv rejalar mavjud.
    O‘zbekistonda bir necha ekologik o‘quv rejalari bo‘yicha davlat standartlari 
    qabul qilingan. Ekologiya fani mamlakatdagi barcha oliy ta’lim muassasalari
    uchun majburiydir. Deyarli barcha texnik universitetlarda atrof-muhit
    injenerlari tayyorlanadi. Mirzo Ulug'bek nomidagi Milliy universitet, 
    shuningdek Andijon, Buxoro, Qoraqalpog'iston, Samarqand va Termiz 
    universitetlarida ekologiya va tabiatdan foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha
    bakalavrlar tayyorlanadi. Toshkent iqtisodiyot universitetida ekologiya
    iqtisodchisi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi. Atrof-muhit 
    boshqaruvi, ekologik huquq va atrof-muhit monitoringi kabi muhim fanlardan
    o‘quv rejalar yo‘q ko‘rinadi. Urganch universitetida barqaror rivojlanish va
    ekologik ta’lim kafedrasi mavjud. O‘zbekiston Milliy universiteti (O‘zMU)ning 
    biologiya fakultetida barqaror rivojlanish dasturi o‘qitiladi.

    Download 9,63 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   352




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi

    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish