• Annotatsiya.
  • “Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi, … ) ortiqcha.
  • Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet88/352
    Sana10.01.2024
    Hajmi9,63 Mb.
    #134163
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   352
    Bog'liq
    BuxDUPI to\'plam

    METODLARI MAZMUNI VA AHAMIYATI 
    Saidova Mohinur Jonpoʻlatovna 
    Buxoro davlat universitetining Pedagogika 
    instituti Maktabgacha va boshlangʻich ta’lim 
    fakulteti dotsenti, p.f.f.d. (PhD) 
    Idiyeva Niginabonu Erkin qizi 
    Buxoro davlat universitetining Pedagogika 
    instituti Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi 
    (boshlangʻich ta’lim) yoʻnalishi I kurs magistri 
    Annotatsiya. Ushbu tezisda boshlangʻich ta’lim matematika darslarida 
    axborot kompetentlikni oshirishga qaratilgan ta’lim metodlarining samaradorligi, 
    ularning mazmuni va mohiyati, ulardan foydalanishning didaktik tahlili yoritilgan. 
    Tayanch atamalar: metod, ta’lim metodlari, interfaol, kompetensiya, 
    axborot bilan ishlash kompetentligi, Klaster, Assessment, Tushunchalar tahlili, 
    FSMU, “Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi, … ) ortiqcha. 
    Mamlakatimiz ta’lim sohasida qator islohotalar amalga oshirilayotgan bu 
    davrda jahon tajribalalari ham mamalakatimiz ta’lim tizimida tatbiq etilib, jahon 


    249 
    miqyosida munosib oʻrin egallash uchun odimlamoqda. Bu borada Finlyandiya 
    tajribasi misol qilib olingan. Ushbu mamlakat umumiy savodxonlik, tabiiy fanlar 
    va matematika boʻyicha dunyoda eng ilgʻorlardan biri. Bizning zamonaviy ta’lim 
    ham shu tajribalar asosida andoza olib, oʻzining yutuqlar va samaradorlikka 
    erishish yoʻlini tanladi. 
    Rivojlanayotgan mustaqil davlatimiz rahbari ta’kidlaydiki, avvalo, 
    maktablarda oʻquv yuklamasi va darslar sonini qayta koʻrib chiqish, oʻquvchilarni 
    faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish zarur. 
    Maktabda oʻqitish metodikasi oʻzgarmasa, taʼlim sifati ham, mazmuni ham, muhit 
    ham oʻzgarmaydi, – deydi Shavkat Mirziyoyev oʻz nutqida. 
    Hozirda 
    ta’lim 
    metodlarini 
    takomillashtirish 
    sohasidagi 
    asosiy 
    yoʻnalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. 
    Barcha fan oʻqituvchilari, ayniqsa, matematika fani dars mashgʻulotlari jarayonida 
    interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar. 
    Interfaol ta’lim usullari Oʻzbekistonda qadim zamonlardan beri ta’lim-tarbiya 
    jarayonida oʻqituvchi bilan oʻquvchilar hamda oʻquvchilar bilan oʻquvchilar 
    oʻrtasidagi muloqotlarda muhokama, munozara, muzokara, mushohada, tahlil, 
    mashvarat, mushoira, mutolaa kabi shakllarda qoʻllanilib kelingan. 
    Bu usullar oʻquvchilarning nutq, tafakkur, mulohaza, zehn, iste’dod, 
    zakovatlarini oʻstirish orqali ularning mustaqil fikrlaydigan, komil insonlar boʻlib 
    yetishishlariga xizmat qilgan va hozirga qadar ham xizmat qilib kelmoqda. 
    Hozirda interfaol darslarni olib borishda ma’lumki, asosan, interfaol usullar, 
    ya’ni interfaol metodlar qoʻllanilmoqda. Kelgusida esa bu usullar ma’lum darajada 
    interfaol texnologiyaga oʻsib oʻtishi maqsadga muvofiq.
    Boshlangʻich sinf matematika darslarida axborotlar bilan ishlash 
    oʻquvchining bir nechta kompetentlar qatori axborot bilan ishlash kompetentligini 
    ham oshirishga qaratiladi. Metod oʻzi nima? Uning qanday turlari va koʻrinishi 
    mavjud? 


    250 

    Download 9,63 Mb.
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   352




    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogik ta

    Download 9,63 Mb.
    Pdf ko'rish