“Metod” soʻzi - (yun. “metodos” — “bilish yoki tadqiqot yoʻli, nazariya,
taʼlimot) — voqelikni amaliy va nazariy egallash, oʻzlashtirish, oʻrganish, bilish
uchun yoʻl-yoʻriqlar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash
usuli” degan ma’nolarni anglatadi.
Oʻqitish metodlari – ta’lim jarayonida oʻqituvchi va oʻquvchi faoliyatining
qanday boʻlishini, oʻqitish jarayonini qanday qilib tashkil etish va olib
borish kerakligini belgilab beradi, ya'ni oʻqituvchi tomonidan oʻquvchilarni bilim,
koʻnikma va malakalar bilan qurollantirish hamda oʻquvchilar tomonidan oʻsha
nazarda tutilgan ilmiy bilim, koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirish faoliyatida
qoʻllaniladigan yoʻllarni oʻz ichiga oladi.
Ta’lim metodlari.
Ta’limning ma’lum bosqichida hal etilishi mumkin boʻlgan didaktik
vazifalarga koʻra ta’lim metodlarini quyidagicha guruhlash mumkin:
- Bilimlarni egallash metodlari;
- Bilimlarni qoʻllash metodlari;
- Koʻnikma va malakalarni shakllantirish metodlari;
- Nazorat (bilim, koʻnikma va malakalarni mustahkamlash va tekshirish)
metodlari.
Umumiy oʻrta ta’lim tizimida oʻquvchilarda fanga oid kompetensiyalar bilan
birgalikda tayanch kompetensiyalar shakllantirilishi belgilab berilgan. Aniq fanlar
251
bloki yoʻnalishidagi fanlar orqali oʻquvchilarda tayanch kompetensiyalarni
shakllantirish ular oʻzlashtirgan bilimlari asosida egallagan koʻnikma va
malakalarini turli vaziyatlarda qoʻllay olishga qaratilishi maqsadga muvofiq.
Xalq ta’limi tizimida matematika fanini oʻqitishni rivojlantirishning asosiy
yoʻnalishlari quyidagilardan iborat boʻlishi maqsadga muvofiq:
- matematika
fani
boʻyicha
darsliklar
va
oʻquv
qoʻllanmalarni
takomillashtirish;
- matematika fani mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek oʻqitish
metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonini individuallashtirish
tamoyillarini bosqichma-bosqich tadbiq etish.
Fanlarni oʻqitishda axborot bilan ishlash kompetensiyasini samarali
rivojlantirish
imkoniyatlarini
kengaytiruvchi
zamonaviy
axborot-
telekommunikatsiya
vositalaridan
muntazam
foydalanish
zarur.
Bunda
oʻquvchilarni darslik va turli oʻquv manbalari bilan ishlash, matematika faniga oid
axborotlarni turli manbalardan izlash, tahlil qilish axborot vositalari bilan ishlash
koʻnikmalarini shakllantirishda turli metodlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Quyida interfaol metodlardan namuna keltiramiz:
Klaster
Klaster (gʻuncha, bogʻlam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning
muayyan shakli boʻlib, u oʻquvchilarga ixtiyoriy muammolar xususida erkin, ochiq
oʻylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam
beradi. Mazkur metod turli xil gʻoyalar oʻrtasidagi aloqalar toʻgʻrisida fikrlash
imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. “Klaster” metodi aniq
obyektga yoʻnaltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya
faoliyatining ishlash tamoyili bilan bogʻliq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod
muayyan
mavzuning
oʻquvchilar
tomonidan
chuqur
hamda
puxta
oʻzlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda boʻlishini ta’minlashga
xizmat qiladi.
|