Buxoro davlat universteti fizika matematika fakulteti umumtexnika fanlari kafedrasi




Download 1.54 Mb.
bet14/37
Sana01.08.2021
Hajmi1.54 Mb.
#16616
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
Ishqalab moslash (yoki o’lchamga yetkazish) shundan iboratki, bunda pritr va mayda donali erkin abraziv yordamida suyuq moy muhitida zagatovkaning ishlov beriladigan yuzasidan metal zarrachalari qirib tashlanadi. Pritrlar: kulrang cho’yan, rangli metall va ularning qotishmalari, plastmassalar va boshqa materiallardan tayyorlanadi.

Ishqalab moslash uchun ishlatiladigan abraziv materiallar : tabiiy korund, elektr-korund, donadorligi 5-16 mk bo’lgan kremniy karbidi, GOI pastasi ( 76%xrom oksid, 22% stearin, 2% kerosin ), olmos kukuni, bor karbidining kukuni. Ishqalab moslash (o’lchamiga yetkazish ) uchun abraziv donalari o’lchami detallarning ishlov beriladigan yuzalari g’adir-budirligi va aniqligiga nisbatan qo’yiladigan talablariga qarab tanlanadi. Ishqalab mosalsh yo’li bilan slindrik, yassi va boshqa yuzalarga ishlov beriladi.



Xoninglash usulida ochiq va berk slidrik va konussimon teshiklar donadorlik raqamlari 4-6 bo’lgan standart qayroq toshlar yordamida pardozlanadi. Amalda xoninglash usulidan aylanish kesimlarining tashqi slidrik va konussimon yuzalariga, masalan, tirsakli val bo’yinlariga, shuningdek, tekis va shakldor yuzalarga pardoz berishda foydalaniladi. Xoninglashda xon deb ataladigan maxsus asbob korpusiga abraziv brusoklar joylanadi. Ishlov beriladigan yuzalariga qarab, brusoklar xoninglash kallagining tashqi yoki ichki yuzalariga o’rnatiladi va mahkamlanadi. Xoninglashda elektr-korund brusoklar (po’latga ishlov berishda) va kremniy-barbid brusoklari (cho’yanga va rangli metallarning qotishmalariga ishlov berishda ) ishlatiladi. Xoninglash brusoklari metal bog’lovchili mayda olmoslardan ham tayyorlanadi. Olmos brusoklarning turg’unligi abraziv brusoklarnikiga qaraganda 100-120 baravar yuqori bo’ladi va ular yuqori unumli, ishlov berilgan yuzaning aniq va toza chiqishini ta’minlaydi.



Download 1.54 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Download 1.54 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxoro davlat universteti fizika matematika fakulteti umumtexnika fanlari kafedrasi

Download 1.54 Mb.