- mavzu: Chorrahalarda harakatlanish




Download 10.44 Mb.
bet8/20
Sana04.09.2022
Hajmi10.44 Mb.
#25568
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
uslubiy qo\'llanma
Integral, 1 - маъруза, Qisqa tutashuv rejimi, 2120538225
8- mavzu: Chorrahalarda harakatlanish.


Tayanch iboralar. Chorraha. Tutashma. Chorraha xududi. Chorraha turlari. Chorrahalarni jihozlash. Chorrahada o‘tish tartibi.

Chorrahalarda harakatlanish bobi 13 bandni o‘z ichiga oladi va tartibga solingan chorrahalar va tartibga solinmagan chorrahalarda harakatlanish tartiblarini belgilab beradi:


1- band. Chapga yoki o‘ngga burilayotgan transport vositasining haydovchisi piyodalarga yo‘l berish kerakligini;
2- band. Tirbandlik tufayli to‘xtashga majbur bo‘lgan haydovchining vazifalarini belgilaydi;
3- band. Haydovchilarning imtiyoz belgilariga amal qilish shartlarini izohlaydi;
4-band. Svetoforning yashil ishorasida haydovchining amal qilish kerak bo‘lgan shartlarni;
5-band. Svetoforning qizil ishorasida haydovchining amal qilishi kerak bo‘lgan shartlarni;
6-band. Relssiz transport vositalariga nisbatan tramvayning oldin o‘tish huquqini belgilaydi;
7- band. Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi undan chiqishda belgilangan yo‘nalishda harakatni davom ettirish kerakligini;
8- band. Svetoforning ruxsat beruvchi ishorasida haydovchi chorraha orqali harakatlanishni tugallayotgan transport vositalari va qatnov qismidan tegishli yo‘nalishda o‘tishni tugallayotgan piyodalarga yo‘l berish shartligini;
9- band. Asosiy yo‘ldan kelayotgan transport vositasining haydovchisiga ikkinchi darajali yo‘ldan kelayotgan transport vositasining haydovchisi yo‘l berishi kerakligini izohlaydi;
10- band. Teng ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar kesishgan chorrahada tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o‘tish huquqiga ega ekanligini belgilaydi;
11- band. Asosiy yo‘lning yo‘nalishi chorrahada o‘zgarganda asosiy yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilar o‘zaro teng ahamiyatli yo‘llar chorrahasidan o‘tish qoidasiga amal qilishlari kerakligini izohlaydi;
12- band. Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisiga teng ahamiyatli yo‘ldan qarama-qarshi yoki o‘ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi kerakligini;
13- band. Agar haydovchi o‘zi harakatlanayotgan yo‘lning qoplamasi bor-yo‘qligini aniqlay olmasa va imtiyoz belgilari bo‘lmasa, unda u o‘zini ikkinchi darajali yo‘lda deb hisoblash kerakligini belgilaydi.


Nazorat savollari:


1. Chorraha nima?
2. Tutashma nima?
3. Chorrahaning xududi qanday belgilanadi?
4. Qanday chorrahalar teng ahamiyatli?
5. Qanday chorrahalar teng ahamiyatsiz?
6. Qanday hollarda piyodalarga yo‘l berish kerak?



Download 10.44 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Download 10.44 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- mavzu: Chorrahalarda harakatlanish

Download 10.44 Mb.