-Mavzu: Ogohlantiruvchi va falokat ishoralari, falokat sababli to‘xtash belgisining qo‘llanilishi. Harakatlanishni boshlash, yo‘nalishlarni o‘zgartirish




Download 10.44 Mb.
bet6/20
Sana04.09.2022
Hajmi10.44 Mb.
#25568
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
uslubiy qo\'llanma
Integral, 1 - маъруза, Qisqa tutashuv rejimi, 2120538225
6-Mavzu: Ogohlantiruvchi va falokat ishoralari, falokat sababli to‘xtash belgisining qo‘llanilishi. Harakatlanishni boshlash, yo‘nalishlarni o‘zgartirish.


Tayanch iboralar. Ogohlantiruvchi ishoralar falokat ishoralari. Falokatda to‘xtash belgisi. Harakatlanishni boshlash. Yo‘nalishni o‘zgartirish.

Yo‘lning qatnov qismida transport vositalarining joylashishi. Ogohlantiruvchi va falokat ishoralari, falokat sababli to‘xtash belgisining qo‘llanilishi bobi 9 bandni o‘z ichiga oladi:


1-band. Ogohlantiruvchi ishoralarga qanday ishoralar kirishini. Bunda burilishni ko‘rsatuvchi miltillovchi chiroq, ko‘k bilan beriladigan ishoralar, tovush ishoralari fara chiroqlari nazarda tutiladi;
2-3-band. Burilish ishoralarini berilish tartibini. Bunda ishorani berilish shartligi, berish va tugallash vaqtlari izohlanadi;
4-band. Harakatlanishda boshqa TVlariga xalaqit bermaslikni ta’kidlaydi;
5-band. Tovushli ishora berish holatini;
6-band. Quvib o‘tishda qo‘shimcha fara chirog‘idan foydalnish mumkinligini;
7-band. Falokat ishorasi va uni borilish vaqtlarini;
8-band. Falokat sababli to‘xtash belgisini o‘rnatish holatlarini;
9-band. Shatakka olish holatida falokat sababli to‘xtash belgisini qo‘llashni izohlaydi.
Harakatlanishni boshlash, yo‘nalishni o‘zgartirish bobi 11 banddan iborat bo‘lib:
1-band. Haydovchini harakatlanishini boshlashi, yoki yo‘nalishni o‘zgartirishga tayyorlovchi holatni izohlaydi. Ya’ni u o‘zidan boshqa TV lariga xalaqit qilmayotganligiga ishonch hosil qilishi kerak;
2-band. Yondosh xududdan chiqishni;
3-band. O‘rin almashtirishdagi holatni;
4-band. O‘ng va chapga burilishdagi holatni izohlaydi;
5-band. O‘ng va chapga burilishni amalga oshirish tartibini;
6-band. Gabarit o‘lchami katta bo‘lgan TVlarini burilishini amalga oshirish tartibini;
7-band. Chapga burilish va qayrilib olish tartibini belgilaydi;
8-band. O‘ng qo‘l qoidasiga amal qilinadigan holatni;
9-band. Tezlanish va sekinlashish bo‘lagi bor yo‘llarda burilish tartibini 10-band. Qayrilib olish ta’qiqlangan joylarni izohlaydi;
11-band. Orqaga harakatlanish tartibini belgilaydi.
Yo‘lning qatnov qismida TV larining joylashuvi bobi 12 bandni o‘z ichiga oladi:
1-band. Relssiz transport vositalarining harakatlanish bo‘laklarini tanlash tartibini belgilaydi.
2-band. To‘rt va undan ortiq bo‘lakli yo‘llardagi cheklanishni;
3-band. Ikki tomonlama 3 bo‘lakli yo‘llarda harakatlanishni;
4-band. Harakatlanish bo‘laklarini o‘zgartirish holatlarini izohlaydi;
5-band. Tezligi 40 km/soatdan kam bo‘lgan yo‘llarning harakatlanish tartibini belgilaydi.
6-band. Tramvay izlariga chiqish holatini;
7-band. Bo‘laklar chiziqlar bilan ajratilgan holatni;
8-band. Reversiv harakatlanishni yo‘lga chiqish holatini;
9-band. Trotuar va piyodalar yo‘lakchasiga chiqishga ruxsat etilgan holatni izohlaydi;
10-band. Oraliq masofa saqlash tartibini;
11-band. Aholi yashash joylaridan tashqarida og‘ir yuk tashuvchi TV haydovchilarini harakatlanish tartibini belgilaydi;
12-band. To‘siq bo‘lgan holatni izohlaydi.

Nazorat savollari:


1. Qanday ishoralar ogohlantiruvchi ishoralar deyiladi?
2. Qanday ishoralar falokat ishoralari deyiladi?
3. Falokat sababli qanday to‘xtash belgisi qo‘llaniladi?
4. Harakatlanishni boshlashda qanday qoidalar mavjud?
5. Yo‘nalishni o‘zgartirishda qanday qoidalar mavjud?

Download 10.44 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 10.44 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu: Ogohlantiruvchi va falokat ishoralari, falokat sababli to‘xtash belgisining qo‘llanilishi. Harakatlanishni boshlash, yo‘nalishlarni o‘zgartirish

Download 10.44 Mb.