-Mavzu: Yo‘l belgi guruhlari. Ularni yo‘l-ko‘cha sharoitida qo‘llanilishi




Download 10.44 Mb.
bet2/20
Sana04.09.2022
Hajmi10.44 Mb.
#25568
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
uslubiy qo\'llanma
Integral, 1 - маъруза, Qisqa tutashuv rejimi, 2120538225
2-Mavzu: Yo‘l belgi guruhlari. Ularni yo‘l-ko‘cha sharoitida qo‘llanilishi.


Tayanch iboralar. Yo‘l belgilari. Ogohlantiruvchi belgilar. Imtiyoz belgilari. Taqiqlovchi belgilar. Buyuruvchi belgilar. Axborot-ishora belgilari. Servis belgilari. Qo‘shimcha axborot belgilari. Belgilarni o‘rnatishga qo‘yiladigan talablar.

Yo‘l harakati qoidalarida 7 ta yo‘l belgi guruhlari qo‘llaniladi. Bular:



  1. Ogohlantiruvchi belgilar

  2. Imtiyoz belgilar

  3. Taqiqlovchi belgilar

  4. Buyuruvchi belgilar

  5. Axborot – ishora belgilar

  6. Servis belgilar

  7. Qo‘shimcha axborot belgilar

1. Ogohlantiruvchi belgilar yo‘l harakati qatnashchilariga yo‘lning harakatlanishda vaziyatiga qarab chora ko‘rishni talab qiladigan xavfli qismlarini joylashuvi hamda ularni xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumot berish uchun qo‘llaniladi.
Ogohlantiruvchi belgilar 31 ta bo‘lib, ularni asosiy qismining ko‘rinishi uchburchak shaklida, xoshiyasi qizil, foni oq va tasviri qora rangda berilgan bo‘ladi. 1.3.1 va 1.3.2 hamda 1.31.1, 1.31.2 1.31.3 belgilarini ko‘rinishi boshqa shaklda berilgan. 1.1, 1.2, 1.5-1.30 ogohlantiruvchi belgilar aholi yashaydigan joylarda xavfli joydan 50-100 metr, aholi yashaydigan joylardan tashqarida esa 150-300 metr oldin o‘rnatiladi. Zarurat bo‘lganda bu belgilar 7.1.1 qo‘shimcha belgida ko‘rsatilgan boshqa masofada ham o‘rnatilishi mumkin.
Agar nishablik va balandlik ketma-ket keladigan bo‘lsa, 1.13 va 1.14 belgilari bevosita nishablik va balandlik oldiga o‘rnatilishi mumkin.
Aholi yashaydigan joylardan tashqarida 1.1, 1.2, 1.9, 1.10, 1.21 va 1.23 belgilari takrorlanadi. Ikkinchi belgi yo‘lning xavfli qismi boshlanishiga kamida 50m qolganda o‘rnatiladi.
Agar qatnov qismida qisqa muddatli yo‘l ishlari olib borilayotgan bo‘lsa, 1.23 belgisini ish bajarayotgan joyga 10-15 metr masofa yetmasdan (7.11 qo‘shimcha belgisi) o‘rnatish mumkin.
1.3.1 va 1.3.2 belgilari bevosita temir yo‘l kesishmasining oldiga o‘rnatiladi.
2. Imtiyoz belgilari – chorrahalarda, alohida joylashgan qatnov qismlari kesishgan joylarda, shuningdek, yo‘lning tor qismida yo‘l harakati qatnashchilarining harakatlanishi navbatini belgilash uchun qo‘llaniladi.
Imtiyoz belgilari 7 ta bo‘lib, ular ko‘rinishi jihatidan har xil, chunki bu belgi guruhi boshqa yo‘l belgi guruhlaridan tashkil topgan.Shuning uchun ham uchburchak, to‘rtburchak va doira shaklidagi ko‘rinishga ega. Bu belgilar bevosita kesishma, tutashma va yo‘lning tor qismlariga o‘rnatiladi.
3.Taqiqlovchi belgilar – yo‘l harakatiga ma’lum cheklanishlar kiritish yoki ularni bekor qilish uchun qo‘llaniladi.
Taqiqlovchi belgilar 31 ta bo‘lib, ularning asosiy qismining ko‘rinishi doira shaklida bo‘lib, hoshiyasi qizil, foni oq va tasviri qora va qizil ranglarda berilgan bo‘ladi.
3.1-3.3, 3.18.1, 3.18.2, 3.19, 3.27 belgilarining belgilangan yo‘nalishli transport vositalariga, 3.2-3.8 belgilari ta’sir oralig‘ida yashovchi yoki ishlovchi fuqarolarga tegishli yohud ularga va korxonalarga xizmat qiluvchi transport vositalariga dahli yo‘q. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak. Ushbu qoidalarning 28.3 bandiga binoan «Nogiron» taniqli belgisi bilan belgilangan avtomobillar va kajavali mototsikllarni boshqarayotgan nogiron haydovchilar 3.2, 3.3 va 3.28 belgilari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. 7.18 qo‘shimcha axborot belgisi bo‘lganda 3.27 belgining ta’siri oraligida to‘xtashga ruxsat etiladi.
3.28-3.30-belgilari taksometri ishlab turgan taksilarga dahli yo‘q.3.18.1 va 3.18.2 belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o‘rnatilsa, shu kesishmaga tadbiq etiladi. 3.16, 3.20, 3.22, 3.24, 3.26-3.30 belgilarining ta’siri belgi o‘rnatilgan joydan keyingi eng yaqin chorrahagacha, chorrahasi bo‘lmagan aholi yashaydigan joylarda aholi yashaydigan xududning oxirigacha, yo‘lga yondosh xududlardan dala va o‘rmonlarning yo‘l bilan tutashgan hamda ikkinchi darajali yo‘llardan chiqish joylarida, ularning oldida tegishli belgilar o‘rnatilmagan bo‘lsa, bu belgining ta’siri bo‘lmaydi.
Aholi yashaydigan joylarga yetmay o‘rnatilgan 3.24 belgining ta’siri 5.22 belgisigacha kuchini saqlaydi.
Belgilarning ta’sir doirasi:
3.16 va 3.26 belgilari 7.2.1 qo‘shimcha belgisi orqali 3.20, 3.22, 3.24 belgilari 3.21, 3.23, 3.25 va 7.2.1 qo‘shimcha belgi orqali.
3.27-3.30 belgilarining amal qilish oraligi 3.27-3.30 belgilari 7.2.3 qo‘shimcha belgisi bilan birga takror o‘rnatiladi yoki 7.2.2 bilan qo‘llaniladi.
3.27 belgisi 1.4 yotiq chizig‘i bilan birgalikda, 3.28 belgisi esa 1.10 yotiq chizigi bilan birgalikda qo‘llanilishi mumkin, bunda belgilarning ta’sir doirasi chiziqlar uzunligi bilan aniqlanadi.
3.10, 3.27-3.30 belgilari yo‘lning qaysi tomoniga o‘rnatilgan bo‘lsa, ularga faqat o‘sha tomonda amal qilinadi.












Nazorat savollari:


1. Yo‘l belgilari nechta guruhga bo‘linadi?
2. Ogohlantiruvchi belgilarga misollar keltiring.
3. Imtiyoz belgilariga misollar keltiring.
4. Taqiqlovchi belgilarga misollar keltiring.



Download 10.44 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 10.44 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu: Yo‘l belgi guruhlari. Ularni yo‘l-ko‘cha sharoitida qo‘llanilishi

Download 10.44 Mb.