• 13- bob. Quvib o‘tish bobi 6 bandni o‘z ichiga oladi
  • 14- bob. To‘xtash va to‘xtab turish bobi 8 bandni o‘z ichiga oladi
  • - mavzu: Harakatlanish tezligi, quvib o‘tish, to‘xtash va to‘xtab turish




    Download 10.44 Mb.
    bet7/20
    Sana04.09.2022
    Hajmi10.44 Mb.
    #25568
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
    Bog'liq
    uslubiy qo\'llanma
    Integral, 1 - маъруза, Qisqa tutashuv rejimi, 2120538225
    7- mavzu: Harakatlanish tezligi, quvib o‘tish, to‘xtash va to‘xtab turish.


    Tayanch iboralar. Tezliklar. Tezlik miqdorlari. Tezlikni o‘zgarishi. Quvib o‘tish. To‘xtash. To‘xtab turish.


    Harakatlanish tezligi bobi o‘z ichiga 5 bandni oladi:
    1- band. Haydovchi sharoitlarni hisobga olgan holda transport vositasini cheklangan tezlikdan oshirmasdan boshqarishini;
    2- band. Aholi yashaydigan joydagi ruxsat etilgan tezlikni;
    3- band. Aholi yashaydigan joylardan tashqaridagi ruxsat etilgan tezliklarni;
    4- band. Har qanday yo‘llardagi haraqat tezliklarini;
    5- band. Haydovchilarga taqiqlangan holatlarni izohlaydi.
    13- bob. Quvib o‘tish bobi 6 bandni o‘z ichiga oladi:
    1-band. Haydovchining quvib o‘tish holatlarini;
    2- band. Quvib o‘tish shartlarini;
    3- band. Quvib o‘tishdagi haraqat tezligi;
    4- band. Quvib o‘tishni tugallagandan keyingi holatlarni;
    5- band. Quvib o‘tishni taqiqlovchi holatlarni;
    6- band. Aholi yashaydigan joylardan tashqaridagi yo‘llarda quvib o‘tish hollarini.
    14- bob. To‘xtash va to‘xtab turish bobi 8 bandni o‘z ichiga oladi:
    1- band. Transport vositalarida yo‘lning o‘ng yoki chap tomonida to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini;
    2- band. Transport vositalarini piyodalar harakatiga xalaqit bermasdan yo‘l yoqasida qo‘yishni;
    3- band. Transport vositalarini aholi yashaydigan joylardan tashqarida to‘xtash va to‘xtab turishi mumkinligi;
    4- band. To‘xtash taqiqlangan joylar:
    -tonnellarda, temir yo‘l kesishmalarida, piyodalar o‘tish joylarida va ularga 5 metrdan kamroq masofa qolganda;
    -to‘xtash taqiqlangan yo‘l belgisi (3.27) hamda chizig‘i (1.4) ning ta’siri doirasida.
    5- band. To‘xtab turish taqiqlangan joylar:
    - temir yo‘l kesishmalariga 50 metr qolganda;
    - to‘xtash va to‘xtab turishni taqiqlovchi yo‘l belgilari (3.27-3.30) va chiziqlari (1.14-1.10) ta’sirlari doirasida.
    6-band. To‘xtash taqiqlangan joyda majburiy to‘xtagan haydovchining ko‘radigan choralari haqida;
    7-band. To‘xtagan transport vositalarini boshqa transport vositalari harakatiga xavf tug‘dirmasligi to‘g‘risida;
    8- band. Transport vositasini o‘z-o‘zidan harakatlanishini yoki undan foydalanishni istisno qiladigan ehtiyot choralar to‘g‘risida ma’lumot beradi.


    Nazorat savollari:


    1. Aholi yashash joylarida eng yuqori tezlik qancha?
    2. Aholi yashash joylaridan tashqarida eng yuqori tezlik qancha?
    3. Quvib o‘tish nima?
    4. Qanday holatlarda quvib o‘tish taqiqlanadi?
    5. Qayerlarda to‘xtash man etilgan?
    6. Qayerlarda to‘xtab turish man etilgan?



    Download 10.44 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




    Download 10.44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - mavzu: Harakatlanish tezligi, quvib o‘tish, to‘xtash va to‘xtab turish

    Download 10.44 Mb.