-Mavzu: Yo‘l belgi guruhlari. Ularni yo‘l - ko‘cha sharoitida qo‘llash




Download 10.44 Mb.
bet3/20
Sana04.09.2022
Hajmi10.44 Mb.
#25568
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
uslubiy qo\'llanma
Integral, 1 - маъруза, Qisqa tutashuv rejimi, 2120538225
3-Mavzu: Yo‘l belgi guruhlari. Ularni yo‘l - ko‘cha sharoitida qo‘llash.


Tayanch iboralar: Yo‘l belgilari. Ogohlantiruvchi belgilar. Imtiyoz belgilari. Taqiqlovchi belgilar. Buyuruvchi belgilar. Axborot-ishora belgilari. Servis belgilari. Qo‘shimcha axborot belgilari. Belgilarni o‘rnatishga qo‘yiladigan talablar.

4. Buyuruvchi belgilar


Buyuruvchi belgilar transport vositalariga ko‘rsatilgan yo‘nalishda yoki faqat ma’lum yo‘nalishlarda harakatlanishlari kerakligini buyuradi.
Buyuruvchi belgilar doira shaklda bo‘lib, foni ko‘k, tasviri oq rangda bo‘ladi. Ular 8 ta bo‘lib, birinchi va ikkinchi belgilar turlanishlarga ega, ya’ni 4.1.1, 4.1.2, 4.1.3, 4.1.4, 4.1.5, 4.1.6 kabi.
Belgilarni ta’sir doirasi va dahldorligi:
4.1.1-4.1.6 belgilarining belgilangan yo‘nalishdagi transport vositalariga dahli yo‘q.

            1. belgilarining ta’siri qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o‘rnatilsa, shu kesishmaga tadbiq etiladi.

4.1.1 belgisi yo‘l boshlanishiga o‘rnatilsa, unga yaqin chorrahagacha amal qilinadi. Belgi o‘ng tomonda joylashgan hovli va yo‘lga tutash boshqa xududlarga burilishni taqiqlamaydi.
4.4. «Engil avtomobillar harakatlanadi» yengil transport vositalari, avtobus, mototsikllar, to‘la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk tashuvchi transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat etiladi.
Belgining ta’sir oralig‘ida yashovchi va ishlovchi fuqarolarga tegishli ularga va korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalariga bu belgi tadbiq etilmaydi.
Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga eng yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak.
5. Axborot–ishora belgilari
Axborot-ishora belgilari harakat qatnashchilariga yo‘ldagi harakat tartibi xususiyatlari hamda aholi yashaydigan joylar va manzillarning joylashuvi haqida ma’lumot berish uchun qo‘llaniladi.
Axborot-ishora belgilari asosan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, foni ko‘k, yashil, oq va sariq rangda bo‘ladi. Tasviri esa oq va qora rangda bo‘ladi. Axborot-ishora belgilari 40 ta bo‘lib, ma’lum belgilar turlanadi.
Yashil fonli axborot-ishora belgilari avtomagistralga ta’luqli ekanligini bildiradi. Oq fonli axborot-ishora belgilari aholi yashash joyidaligini bildiradi. Sariq fonli axborot-ishora belgilari esa ta’mirlash ishlari ketayotgan yo‘llarga o‘rnatiladi.
6. Servis belgilari
Servis belgilari transport vositalari, yo‘lovchilar va haydovchilarga xizmat ko‘rsatish joylari haqida ma’lumot berish uchun qo‘llaniladi.
Servis belgilari to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘lib, foni ko‘k va oq rangda, tasviri esa qora rangda berilgan bo‘ladi. Servis belgilari 12 ta bo‘lib, asosan bevosita joyning o‘ziga o‘rnatilgan bo‘ladi.

7. Qo‘shimcha axborot belgilari


Qo‘shimcha axborot belgilari ular bilan birgalikda qo‘llangan belgilarga aniqlik kiritish yoki ularning ta’sirini cheklash uchun qo‘llaniladi.
Qo‘shimcha axborot belgilari ham to‘rtbo‘rchak shaklida bo‘lib, foni oq, tasviri qora rangda bo‘ladi. Qo‘shimcha axborot belgilari 18 ta bo‘lib, ba’zilari turlanadi.
Qo‘shimcha belgilar qaysi belgi bilan birga joriy etilsa, bevosita shu belgi tagiga joylashtiriladi. 7.2.2-7.2.4, 7.13 qo‘shimcha belgilari yo‘lning, yo‘l yoqasining, piyodalar yo‘lkasining tepasiga o‘rnatilgan belgining yoniga joylashtiriladi.
Vaqtinchalik (ko‘chma tirgakdagi) va doimiy belgilar mano jihatidan bir-biriga zid kelgan hollarda haydovchilar vaqtincha o‘rnatilgan belgilarga amal qilishlari kerak.
Eslatma: Ogohlantiruvchi, taqiqlovchi, buyuruvchi, axborot-ishora yo‘l belgilarining tagida mazkur yo‘l belgisining ta’sir oraligini ko‘rsatuvchi 7.2.1 qo‘shimcha axborot belgisi o‘rnatilgan bo‘lsa, yo‘l belgilarining ta’sir oraligi oxirini ko‘rsatuvchi yo‘l belgisi o‘rnatilishi shart emas.


Nazorat savollari:


1. Buyuruvchi belgilarga misollar keltiring.
2. Axborot – ishora belgilariga misollar keltiring.
3. Servis belgilarga misollar keltiring.
4. Qo‘shimcha – axborot belgilariga misollar keltiring.

Download 10.44 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 10.44 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-Mavzu: Yo‘l belgi guruhlari. Ularni yo‘l - ko‘cha sharoitida qo‘llash

Download 10.44 Mb.