Mantiqiy tiplar. Mantiqiy tiplar
bool xizmatchi so‘zi orqali e’lon qilinadi.
bool o‘zgaruvchisi faqat ikkita
true (rost) yoki
false (yolg‘on) qiymatga ega
bo‘lishi mumkin. Har qanday nolga teng bo‘lmagan qiymat
true deb talqin qilinadi
va butun songa aylantirilganda 1 ga teng bo‘ladi.
false esa xotirada 0 sifatida
ifodalanadi. Mantiqiy tipdagi o‘zgaruvchilarni tavsiflashga quyidagi misolni
keltirish mumkin:
bool k, m;
void tipi. Ushbu tipdagi qiymatlar bo‘sh to‘plam hisoblanib, hech qanday
qiymat qabul qilmaydi. Bundan faqat qiymat o‘zlashtirmaydigan funksiyalar
(protseduralar) ni e’lon qilishda foydalaniladi.
O‘zgarmaslar. Ba’zi hollarda dasturlarda o‘zgarmas qiymatlar bilan ishlash
lozim bo‘ladi. Masalan,
, n=20, e=2.71 kabi sonlar
C++ dasturlash tilida
quyidagi
ko‘rinishda
e’lon
qilinadi:
const
toifa_nomi
konstanta_nomi=konstanta_qiymati.
Misol uchun: const double E=2.718282; const float PI=3.1415; const long
m=99999999.
const r=50 misolda konstanta toifasi ko‘rsatilmagan, bu konstanta
int
toifasiga tegishli deb hisoblanadi.
Shu bilan birga, o‘zgarmaslarni
#define direktivasi yordamida ham aniqlash
mumkin. Ushbu ko‘rsatma tez-tez ishlatiladigan o‘zgarmaslarni, kalit so‘zlarni,
operatorlarni yoki ifodalarni ba’zi identifikatorlar bilan almashtirish uchun
ishlatiladi. Matn yoki raqamli o‘zgarmaslarni almashtiradigan identifikatorlar
nomlangan o‘zgarmaslar deyiladi.
Ushbu
#define direktivasidan foydalanish quyidagicha:
#define identifikator matni
Masalan:
#define PI 3.141592653589793 int main ()
…