Chapter · November 022 citations reads 8,650 author




Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/16
Sana21.07.2024
Hajmi0,53 Mb.
#268146
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
IIBOB

metall eritmasi
va asosan keraksiz jins komponentlari hamda qiyin 
qaytariladigan birikmalardan iborat 
erimagan qoldiq
(kek) olinadi. 
Erituvchi sifatida suv, kislota, ishqor yoki tuz eritmalari ishlatiladi. Erituvchi 
arzon, qayta ishlanayotgan materialga nisbatan yaxshi ta’sir kiladigan, texnologik 
jarayon borayotganda qayta tiklanish imkoniga ega bo’lishi kerak. 
Eritmalarni keraksiz qo’shimchalardan tozalashdan maqsad eritmalardan 
cho’ktirish vaqtida ajratib olinayotgan metallga qo’shimchalarni tushmasligi yoki 
cho’ktirish jarayoniga salbiy ta’sirni oldini olish hisoblanadi. 
Tanlab eritish eritmalarini keraksiz qo’shimchalardan tozalash uchun 
kimyoviy birikmalar ko’rinishida noorganik va organik reagentlar yordamida 
cho’ktirish, gidroliz, durlash yoki sementasiya usullari ishlatiladi. Durlash vaqtida 
eritmani to’yinishi, masalan, undan suv bug’latib chiqarilishi natijasida keraksiz 
qo’shimcha cho’kma ko’rinishida cho’kadi. Sementasiya usulida cho’ktirish 
eritmadan bir metallni unga nisbatan faol bo’lgan metall bilan siqib chiqarishga 
asoslangan. Sementasiya usulida tozalashga sulfatli eritma tarkibidan misni rux 
yoki nikel bilan siqib chiqarish usuli misol bo’la oladi: 
CuSO
4
+ Me→ Cu + MeSO



Eritmalardan metallarni erkin holda cho’ktirish suvli eritmalarni elektroliz, 
cho’ktirish yoki bosim ostida, hamda kimyoviy birikmalar ko’rinishida gazsimon 
qaytaruvchilar yordamida amalga oshirish mumkin. 
Rangli metallar gidrometallurgiyasida (ayniqsa noyob va nodir metallar 
metallurgiyasida) sorbsiya va ekstraksiya jarayonlari keng tarqalmoqda. Bu 
jarayonlarni qo’llashdan maqsad qo’yidagi masalalarni yechish hisoblanadi: 
- tanlab eritishda olingan eritmadan qimmatli metallni tarkibi bo’yicha 
keyingi qayta ishlash jarayonlariga qulay bo’lgan boshqa eritmaga o’tkazish; 
- suyultirilgan eritma va bo’tanadan metallni jamlab olish; 
- eritmalardan metallni samarali ajratib olish va uni keraksiz 
qo’shimchalardan tozalash; 
- sorbsiya bilan birlashtirilgan tanlab eritish. 
Ion almashinuv jarayonlari ayrim qattiq birikmalarni (ionitlar) eritmalar 
bilan ta’sirlashuvi natijasida eritmadan ion yutib olish va ionit tarkibidan 
o’shanday zaryadli va o’shancha miqdordagi ionlarni almashishga asoslangan. 
Ionit sifatida ko’pincha yuqori sig’imli, kimyoviy barqaror, mexanik 
mustahkamlikka ega, yuqori molekulyarli sintetik birikmalar (smolalar) ishlatiladi. 
Ekstraksiya deb erigan metall kimyoviy birikmalarini suvli fazadan, suv 
bilan aralashmaydigan boshqa suyuq organik fazaga o’tkazish jarayoniga aytiladi. 
Ekstragent sifatida organik kislota va ularning tuzlari, amin va aminli ishqorlarni 
tuzlari, spirtlar, efirlar ishlatiladi. 

Download 0,53 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Chapter · November 022 citations reads 8,650 author

Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish