• II BOB. METALLAR VA ULARNING SINFLANISHI. METALLURGIK ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARI § 9 Metallar va ularning sinflanishi
  • Chapter · November 022 citations reads 8,650 author




    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/16
    Sana21.07.2024
    Hajmi0,53 Mb.
    #268146
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    IIBOB



    See discussions, stats, and author profiles for this publication at: 
    https://www.researchgate.net/publication/365423630
    Metallar va ularning sinflanishi. Metallurgik ishlab cjhiqarish muammolari
    Chapter
    · November 2022
    CITATIONS
    0
    READS
    8,650
    1 author:
    Saodat Mirzajonova
    Tashkent State Technical University
    130
    PUBLICATIONS
    118
    CITATIONS
    SEE PROFILE
    All content following this page was uploaded by 
    Saodat Mirzajonova
     on 16 November 2022.
    The user has requested enhancement of the downloaded file.


    II BOB. METALLAR VA ULARNING SINFLANISHI.
    METALLURGIK ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARI 

    § 9 Metallar va ularning sinflanishi 
    D.I. Mendeleevning elementlar davriy sistemasi o’z ichiga 109 kimyoviy 
    elementni oladi. Tabiatda 89 element tabiiy holda uchraydi, qolganlari su’niy 
    ravishda yadro reaksiyalari natijasida olinadi. Kimyoviy elementlarni metal va 
    metalmaslarga ajratish qabul qilingan. Metalmaslarga quyidagi 19 element kiradi: 
    vodorod (H
    2
    ), bor (B), uglerod (C), kremniy (Si), azot (N), fosfor (P), kislorod 
    (O
    2
    ), oltingugurt (S), ftor (F), xlor (Cl), brom (Br), yod (I), astat (At), va inert 
    gazlar: galiy (Ga), neon (Ne), argon (Ar), kripton (Kr), ksenon (Xe), radon (Rn). 
    Qolgan 86 element metallik xususiyatlarga egadir. Metallik holatini metallik 
    yaltiroqligi va shaffofligi, yuqori issiqlik va elektr o’tkazuvchanlik, egiluvchanlik, 
    kristall tuzilishi, och va to’q kulrang rangi kabi umumiy xususiyatlar belgilaydi. 
    Bundan tashqari tipik metallar uchun elektr o’tkazuvchanlikni haroratga 
    bog’liqligi: harorat oshishi bilan elektr o’tkazuvchanligi kamayishi kabi umumiy 
    xusususiyatlar mavjud. 
    Metallarning ko’pchilik xususiyatlari metallik tuzilishida erkin elektron 
    bo’lishi bilan xarakterlanadi. Metallik tuzilmasida neytral atomlardan tashqari
    ionlangan atomlar bo’ladi, ya’ni ularda ma’lum miqdorda elektronlar bo’lmaydi. 
    Metallning hamma atomi bir xil ionlanish imkoniyatiga ega va ionlashgan 
    atomlardan neytral atomlarga elektronlarni o’tishi energiya sarflanmasdan borishi 
    mumkin. Buning natijasida metall panjarada uzluksiz elektron almashinish jarayoni 
    boradi. Bu vaqtda shu payt hech qaysi ma’lum atomlarga tegishli bo’lmagan 
    ma’lum miqdorda erkin elektronlar bo’ladi. Atomlarga qaraganda elektronlarning 
    o’lchami ancha kichik bo’lishi butun metall panjara bo’yicha ularni erkin harakat 
    qilish imkonini beradi. Metall panjarada erkin elektronlar bo’lishi metall 
    xossalarini belgilab beradi. 
    Elektrokimyoda reaksiya borishi natijasida elektronlarni o’ziga biriktirishga 
    harakat qiladigan metalloidlardan farqli ravishda, elektron berishga moyilligi 
    bo’lgan elementlarga metall deyiladi. Yuqorida aytilganidek, metallik holatini 


    belgilaydigan muhim xususiyatlardan biri, ularning kristall tuzilishi hisoblanadi. 
    Metall bog’lanishning mustahkamligi bilan metallning ko’pgina fizik va mexanik 
    xususiyatlari tushuntiriladi (2.1- jadval). 
    Metall ishlab chiqarish va ishlatishda elektrokimyoviy kuchlanish qatorida 
    metallning tutgan o’rni bilan izohlash mumkin bo’lgan, kimyoviy faolligi muhim 
    o’rin tutadi. 
    2.1- jadval 
    Metallarning fizik va mexanik xususiyatlari 

    Download 0,53 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Chapter · November 022 citations reads 8,650 author

    Download 0,53 Mb.
    Pdf ko'rish