Chapter · November 022 citations reads 8,650 author




Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/16
Sana21.07.2024
Hajmi0,53 Mb.
#268146
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
IIBOB

Nazorat savollari 
1.
Metallarning umumiy xossalarini va ularning tabiatda qo’llanilishi.
2.
Foydali qazilma konlaridan qaysi konlarni bilasiz va ushbu konlardan qaysi 
metallar ajratib olinadi? 
3.
Ruda, mineral deganda nimani tushunasiz? 
 
 


§ 11. Metallurgik ishlab chiqarishning vazifasi
Metallurgik ishlab chiqarishning asosiy yakuniy vazifasi, metallarni toza 
metall yoki kimyoviy birikma ko‘rinishda, qayta ishlanayotgan xomashyodan 
olishdir. Amaliyotda bu vazifa xomashyo tarkibidagi qimmatbaho moddani bo‘sh 
porodadan, mahsus jarayon va usullarni qo‘llab, ajratib olish yo‘li bilan yechiladi.
Mahsus jarayonlar va usullar metallurgik jarayonlar deb nomlanadi. 
Murakkab polimetallik xomashyodan yuqori tozalikdagi metallarni olish 
uchun bitta metallurgik jarayon yoki bitta metallurgik dastgohni qo‘llash yetarli 
emas. Bu vazifani yechish uchun, ketma-ket bir nechta jarayonlarni qo‘llab, qayta 
ishlanadigan xomashyodan komponentlarni bosqichma-bosqich bir – biridan, 
ajratib olish talab etiladi.
Barcha qo‘llaniladigan metallurgik jarayonlarning kompleksi (tayyorlovchi, 
yordamchi va asosiy jarayonlar) uchastka, bo‘lim, tsex yoki umumiy korxonaning 
texnologik sxemasini shakllantiradi. Masalan, rangli metallurgiyaning barcha 
korxonalari ko‘p bosqichli texnologik sxemalar bilan tavsiflanadi.
Metallurgik jarayonlarning asosida, qayta ishlanayotgan xomashyoni bir-
biridan tarkibi va fizikaviy xossalari bo‘yicha farqlanadigan, ikki, uch ayrim 
holatlarda undan ko‘p fazalardan tashkil topgan, geterogen sistemaga o‘tqazish 
yotadi. Hosil bo‘lgan fazalardan bittasi, ajratib olinadigan qimmatbaho modda 
(metall) bilan boyitilishi va unsur elementlar bo‘yicha kambag‘allashishi lozim, 
qolgan fazalar esa aksi qimmatbaho modda bo‘yicha kambag‘allashishadi. Hosil 
bo‘ladigan fazalarning fizikaviy hossalarini (agregat holati, zichligi, o‘zaro 
namlanuvchanligi, uchuvchanligi va h.) farqi, komponentlarni bir-biridan sodda 
usullar bilan (tindirish, filtrlash va h.) ajratib olishni ta’minlashi kerak.
Metallurgik 
ishlab 
chiqarishning 
amaliyotida 
quyidagi 
fazalar 
kombinatsiyasi keng tarqalgan: G+S; G+Q; S+S; S+Q; G+S+S; G+S+Q, bu yerda 
“G”, “S”, “Q” harflari bilan gaz, suyuq va qattiq fazalar belgilangan.
G+S va G+Q fazalarda gaz, suyuq va qattiq fazalarning zichliklari farq 
qilishi sababli, ularni bir birida oddiy tindirish usuli bilan ajratib olish mumkin. 
Agar gazlrada gaz fazasida qattiq faza juda mayin dispers ko‘rinishda bo‘lsa, 


tindirish usuli bilan fazalarni ajratib olishi juda sekin boradi, bu holda mahsus 
usullardan fodylaniladi, masalan chang tutish. 
S+S fazalar bir-biridan tindirish yoki sentrifugirlash (sentrifugirovanie) 
usulida ajratib olinishi mumkin. S+Q tizmi uchun, fazalarni bir-biridan ajratib olish 
uchun tindirish yoki filtrlash jarayonlarni qo‘llash mumkin. G+G fazalar kimyoviy 
texnologiya usullaridan foydalanib ajratiladi, Q+Q fazalar esa boyitish usullari 
bilan ajratib olinishi mumkin. 

Download 0,53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Chapter · November 022 citations reads 8,650 author

Download 0,53 Mb.
Pdf ko'rish