MeS + 2O
2
= MeSO
4
Oksidlovchi kuydirish shixtasi tarkibiga turli metallarni sulfidlari (pirit,
xalkopirit, xalkozin, kovellin, bornit,
sfalerit, galenit, ayrim hollarda arsenopirit,
surma yaltirog’i va boshqalar), jins hosil qiluvchi minerallar (kvars, oxaktosh,
glinazem, kremnazem va boshqalar), uncha ko’p bo’lmagan
miqdorda sulfatlar,
nodir metallar, namlik va boshqalar kiradi.
Mahsulotlarni
gidrometallurgik
ishlov
berishga
tayyorlash
uchun
sulfatlovchi kuydirish
qo’llanadi. Bu jarayonda ajratilishi kerak bo’lgan metallar
suvli eritmalarda oson eruvchi birikmalar (sulfatlar va oksidlar) shakliga,
hamda
qiyin eruvchi oksidlar shakliga o’tkaziladi.
Sulfatlovchi kuydirish shixtasi, oksidlovchi kuydirish shixtasidan keskin
farq qilib, faqat ruda yoki konsentratdan iborat bo’ladi.
Tiklovchi kuydirish
temir rudalari: qizil va qo’ng’ir temirtoshni qayta
ishlash uchun qo’llanadi. Natijada, magnitlanmaydigan
oksidlar Fe
2
O
3
va
Fe
2
O
3
·H
2
O magnetit holiga o’tadi:
Fe
2
O
3
+ CO = Fe
3
O
4
+ CO
2
,
bu esa temir rudalarini boyitishning eng samarali usuli – elektromagnit boyitishni
qo’llash imkoniyatini yaratadi.
Tiklovchi kuydirishning yana bir turi
velslash
dir. Bu qattiq fazadagi bir
qator metall oksidlarini ugletermik tiklash jarayoni bo’lib, yuqori haroratda vozgon
holida gaz fazaga o’tadi. Bunday nisbatan
uchuvchan metallar guruhiga Hg, Cd,
Na, Zn, Mg kiritish mumkin. Velchlash jarayoni rux ishlab chiqarishda
(t
qaynash
=907
0 C
) keng qo’llanadi. Rux bilan birga kadmiy,
ayrim hollarda
qo’rg’oshin vozgon holida o’chadi. Ushlab olingan vozgonlardan metall
gidrometallurgik qayta ishlash usuli bilan ajratib olinadi.