5.
Reaksion eritish
qayta ishlanayotgan xom ashyo
tarkibida bir vaqtning
o’zida sulfid va oksidlarning o’zaro ta’siri natijasida metall olishga asoslangan:
2MeO + MeS → 3Me + SO
2
.
Reaksiyali eritish usuli bilan mis shteynlarini konverterlash jarayonida
xomaki mis va qo’rg’oshin olinadi.
Tozalovchi eritish
olingan xomaki metallarni qo’shimchalardan tozalash
maqsadida o’tkaziladi.
Uning asosini, tozalanayotgan metall va aralashmalarning
fizik–kimyoviy xossalaridagi farqlanishi tashkil qiladi. Rangli metallurgiya
amaliyotida tozalovchi eritishning bir necha turi uchraydi:
1)
likvasion tozalash;
2) distillyasion tozalash;
3) oksidlovchi tozalash;
4)
xlorli tozalash;
5) sulfidlovchi tozalash;
6) karbonatli tozalash
Ko’pgina hollarda oksidlovchi va likvasiyali tozalash usullari qo’llaniladi.
Oksidlovchi (olovli)
tozalash usuli, eritmaga oksidlab ishlov berilganda
shlak tarkibiga asosiy metallga qaraganda kislorod bilan tez birikadigan keraksiz
qo’shimchalarni o’tkazishga asoslangan.
Bunday jarayonga misol qilib, misni
olovli tozalashni keltirish mumkin.
Likvasiyali tozalash - biri tozalanayotgan metall bo’lgan ikki faza hosil
qilish va uni zichligi (likvasiya) bo’yicha bo’linishiga asoslangan.
Keraksiz
qo’shimchalar bu vaqtda asosiy metallda erimaydigan boshqa bir fazada jamlanishi
kerak. Zichligiga bog’liq holda tarkibida keraksiz qo’shimchalar bo’lgan faza
yuzaga qalqib chiqadi yoki idish tubiga cho’kadi. Ikkinchi fazaning hosil
bo’lishiga sabab, sovutish vaqtida keraksiz qo’shimchalarning tozalanayotgan
metallda erishining pasayishi hisoblanadi. Likvasiya vaqtida fazalardan biri suyuq,
ikkinchisi esa suyuq yoki qattiq bo’lishi mumkin.
Likvasiyali tozalash usuli
qo’rg’oshin metallurgiyasida keng qo’llaniladi.
Distillyasiya – qayta ishlanayotgan metall komponentlarini ularning
uchuvchanligiga bog’liq holda qaynash haroratidan biroz yuqori haroratda
bug’latish (haydash) imkonini beradigan jarayondir.
Distillyasiyali jarayonlar
rudali xom ashyoni, shuningdek, metallarni
tozalashda tez uchuvchan
qo’shimchalarni ajratish yoki metall qotishmalarni ajratishda ishlatiladi. Tozalash
maqsadida o’tkaziladigan distillyasiya rektifikasiya deyiladi. Distillyasiya
jarayonlar yaqin vaqtgacha rux metallurgiyasida keng qo’llanilardi va hozirda bir
qator noyob va engil metallar olishda ham qo’llanmoqda.