1) ruda mahsulotini qayta ishlashga tayyorlash;
2) ajratib olinishi kerak bo’lgan metalni eritmaga o’tkazish – tanlab eritish;
3) eritmani va qattiq cho’kmani bir-biridan ajratish;
4) eritmani zararli qo’shimchalardan kimyoviy usulda
tozalash;
5) eritmadan metalni ajratib olish.
Gidrometallurgik jarayonlarning asosiy ko’rinishlari tanlab eritish jarayoni,
eritmalarni keraksiz qo’shimchalardan tozalash va eritmalardan metallarni
cho’ktirish hisoblanadi.
Tanlab eritish
– qayta ishlanayotgan materialga ko’p
hollarda gazsimon
reagent – kislorod, vodorod va boshqalar ishtirokida erituvchi ta’sir ettirib, ajratib
olinayotgan komponentni eritmaga o’tkazish (eritish) jarayonidir.
Tanlab eritish natijasida keraksiz qo’shimchalar bilan ifloslangan ajratib
olinayotgan